Neogenez – to’qimalarning tiklanishi.
Neolamarkizm – J. B. Lamark nazariyasining asosiy mazmunini rivojlantirishga urinuvchi evolutsion qarashlar yig’indisi. Neolamarkizm orttirilgan belgilarning nasldan – naslga o’tishini tan olsa-da, evolutsiyaning asosiy omili – tabiiy tanlanishni inkor etadi. Neolamarkizm ilmiy jihatdan asosga ega bo’lmasa – da , hozir ham yangi ko’rinishlarda namoyon bo’lmoqda.
Nerv sistemasi – Asab tizimi – neyron va boshqa asab tuzilmalaridan tashkil topgan va organizmda idrok qilish, boshqarish vazifalarini bajaradigan, shuningdek, tashqi hodisalarga juda tez moslashib javob berish xususiyatiga ega asab tolalari tizimi.
Neyrogormonlar – maxsus neyronlar ishlab chiqaradigan fiziologik faol moddalar. Ular qon yoki to’qima suyuqliklariga o’tib, gormon vazifasini bajaradi; tuzilishiga ko’ra peptidlardir. Ba’zilari katexolaminlarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |