Orttirilgan belgilar – zot ( nav )ning ajdodlarida uchramaydigan belgilar. Bular organizmning individual rivojlanishi davomida shakllanadi va nasldan – naslga o’tmaydi. Asosan zot ( nav ) yashayotgan muhit sharoitlari ta’sirida paydo bo’ladi.
Osmos, bosim – ikki eritma orasiga qo’yilgan yarim o’tkazgich membrane orqali erigan moddalarning o’tish hodisasi.
Otolitlar – barcha umurtqali va ba’zi umurtqasiz hayvonlar muvozanat a’zosidagi mexanoretseptorlik xususiyariga ega bo’lgan hujayralar yuzasidagi karbonat kalsiy kristallari. Ularning siljishi vestibular apparatga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |