Tungi manzara{Sh. Rahmon)
O`rmonlar jim, yig`lamas shamol,
Soy sayramas, baqalar jimdir,
Ingroqlarga to`lib kеtgan tun –
G`amgin qo`shiq aytadi kimdir.
Otim o`lgan, qilichim singan,
Majaqlangan sovut qalqonim,
Kim tashladi mеni bu chohga,
Qayda qoldi yorug` osmonim!
Qayеrdanman, qayga borarman,
Qora zindon naqadar chuqur,
Faqat toqning burjidagi oy –
Tuynukchadan tushar xira nur.
Barcha azob kamlik qilganday
Soy sayramas, baqalar jimdir,
Go`yo mazax qilganday goh-goh
Yopib turar tuynukni kimdir...
Do'stlaringiz bilan baham: |