Irsiylanish, nasldan naslga o’tish – organizmlarning irsiy informatsiyasini avloddan avlodga o’tkazish jarayoni.
Induksiya (lot. Industio to’g’rilash, tartibga keltirish) – oddiydan murakkabga qarab fikrlash.
Irsiyat – 1) organizmning o’z belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodga o’tkazish, ya’ni organizmning o’ziga o’xshash nasllarni bunyod etish xossasi; 2) anatomik, fiziologik, psixologik jihatlar, uning qobiliyat va iqtidorini rivojlantirishga yo’naltirilgan, ota-onasidan o’tgan belgilari.
Ixtifoauna – biron – bir suv havzasi yokiuning ma’lum qismida yashovchi baliqlar majmui.
Kaatinga –qurg’oqchilikka chidamli ( kserofil ) tropik o’rmon tipi. Tikanli o’simliklar, ayniqsa, kaktuslar juda ko’p. Ko’proq Braziliyada o’chraydi.
Kaktusdoshlar – ikki pallali o’simliklar oilasi; poyasi sersuv, etli, tikanlar yoki tuklar bilan qoplangan. Manzarali o’simliklar sifatida o’stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |