Kiparislar , Sarvdoshlar – igna bargli doim yashil buta yoki daraxtlar oilasi.
Klass, sinf – sistematikada yuqori taksonomik mezonlardan biri. Hayvon turkumlari yoki o’simlik qabilalarini o’z ichiga oladi. Masalan, qushlar sinfi, bir pallali o’simliklar sinfi.
Klassifikatsiya, tasnif qilish – biologiyada ko’pdan-ko’p tirik organizmlarni ma’lum bir tartibga solish.
Klimaks, so’nggi ko’tarinkilik – odamlar va maymunlarda jinsiy navqironlikdan keksalikka o’tish davri.
Klimakteriy, so’nggi ko’tarinkilik – mevalar pishib yetilishining oxirgi davrida nafas olishning vaqtincha kuchayishi. Ko’pincha meva yig’ib olingandan so’ng kuzatiladi.
Kod jadvali – kodonlarning qaysiaminokislotalarni ifodalashini ko’rsatib beruvchi jadval.
Koleksiya, to’plam – o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq va boshqalarning ilmiy yoki amaliy maqsadlarda tartibga solingan majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |