Immun tizim –Himoya qiluvchi tizim – organizmdagi kimyoviy moddalarni aniqlash, bilish xususiyatiga ega bo’lgan tizim. Butizimning vazifasi hayvon va odam organizmiga kirgan har qanday begona modda ( mikroorganizm )ni aniqlash va uni bartaraf etishdan iborat.
Immunologiya, organizmning himoya reaksiyalari – immunitet haqidagi fan.
Ingibitorlar -O’simliklarning o’sish ingibitorlari – o’simliklar o’sishini sekinlashtiruvchi tabiiy yoki sintetik moddalar. Bularga etilen, abssizat kislota, xlorxolinxlorid ( tur ) kabilar kiradi.
Inokulyatsiya -tirik kikroorganizmlarni ozuqa muhitiga, o’simlik yoki hayvon organizmiga kiritish. Masalan, dukkakli o’simliklar urug’ini tuganak bakteriyalar bilan emlash ( yuqtirish ).
Introduksiya – joriy etish , kiritish – hayvon yoki o’simlik turlarini ilgari yashamagan yoki o’smagan, tabiiy sharoiti boshqacha joylarga ko’chirish, tarqatish. Yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish.
Ipakchilik, pillachilik – ipak qurtlarini ko’paytirish, boqish, pilla tayyorlash va yangi ipak qurti zot hamda duragaylarni yaratish bilan shug’ullanadigan fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |