Ikki pallali o’simliklar – murtaklari ikkita urug’ pallaga ega yopiq urug’li o’simliklar. Masalan, g’o’za, loviya, beda va hokozo.
Ikki uyli o’simliklar – changchi (otalik) va urug’chi (onalik) gullarning boshqa-boshqa o’simliklarda bo’lishi. Masalan, tol, terak.
Ikkilamchi struktura –oqsillar, nuklein kislotalar va uglevodlarning vodorod bog’lar yufayli hosil bo’ladigan tuzilishi.
Ildiz – o’simlik asosiy vegetative a’zolaridan biri. O’simlik tanasining substratga mahkam o’rnashishini hamda undan ozuqa moddalarni tanaga yetkazib berishni ta’minlaydi va boshqa vazifalarni bajaradi.
Ildizpoya, yertana – ba’zi ko’p yillik o’simliklarning ko’rinishi o’zgargan yer osti poyasi. Jamg’arma moddalar to’plash, vegetative yo’l bilan qayta tiklanish va ko’payish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |