Mikrobiologiya - mikroorganizmlar hayot faoliyatini, sistematikasi, tarqalishi, tabiatda moddalar aylanib turishidagi ahamiyatini, odam, hayvon va o’simliklar hayotida tutgan o’rnini o’rganadigan fan. Mikrobiologiyaga fransuz olimi Lui Paster asos solgan.
Milliy bog’ – alohida qo’riqlanadiga tabiiy katta maydon. Dam oluvchilarning kiritilishi bilan qo’riqxonalardan farq qiladi. O’zbekistonda Zomin, Ugom – Chotqol milliy bog’lari bor.
Mimikriya – Taqlid – o’simliklar yoki hayvonlarning rang va shakli jihatidan yashab turgan atrof – muhitiga o’xshab ketish hodisasi; tabiiy tanlash natijasida shakllanadi. Bu hodisadan organizmlar o’zini himoya qilish uchun foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |