Molekular biologiya - tiriklik belgilari va asosiy xususiyatlarini molekular darajada o’rganuvchi fan. Asosiy vazifasi muhim biologik birikmalar hisoblangan oqsil va nuklein kislotalarning o’zaro ta’siri, xususiyatlari va strukturasi bilan bog’liq bo’lgan irsiyat, oqsil biosintezi, informatsiyani saqlash hamda uni uzatish kabi hayotga xos xususiyatlarni tadqiq etishdan iborat.
Molekular genetika - genetika va molecular biologiyaning bo’limi. Organizmlar irsiyat va o’zgaruvchanligining moddiy asoslarini hujayradan past bo’lgan organoidlar va molecular darajada o’rganadi. Molekular genetikaning rivojlanishi mutatsion jarayonlar, ya’ni irsiy informatsiyaning o’zgarishini chuqurroq o’rganish imkonini beradi ( q. Gen muhandisligi ) .
Monitoring , ogohlantiruvchi – odamning xo’jalik faoliyati natijasida atrof muhitda ro’y beradigan o’zgarishlarni kompleks ko’zatish, baholash, payqash va oldindan ilg’ash, odam hamda boshqa tirik organizmlar salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi hollarni aniqlab, uning oldini olish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |