Ызбек диалектологияси


O’zbek dialektologiyasining XX asrning 60-yillaridan keyingi yutuqlari. Milliy istiqlol va xalq shevalari ravnaqi masalalari



Download 2,04 Mb.
bet27/117
Sana14.04.2022
Hajmi2,04 Mb.
#551190
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua (1)

O’zbek dialektologiyasining XX asrning 60-yillaridan keyingi yutuqlari. Milliy istiqlol va xalq shevalari ravnaqi masalalari.


Darsning maqsadi: O’zbek xalq shevalarining o’rganilish bosqichlari, ayniqsa, XX asrning 60-yillaridan so’ng xalq shevalarining o’rganilishi bilan bog’liq masalalarni talabalar ongiga singdirish. Turli davrdagi tilshunos-dialektologlar asarlariga sharh berish orqali talabalarni xabardor qilish. Milliy istiqlol sharofati bilan xalq shevalarining istiqbollarini belgilash, muammolarni talabalarga yetkazish.

Identiv o’quv maqsadi


3.1.XX asrning 60-yillaridan so’ng o’zbek shevalarining o’rganilish ahvolini biladi.
3.2.Dialektolog olimlarning asarlari orqali o’zbek xalq shevalarining tarqalish hududini aniqlaydi.
3.3.Sho’rolar davridagi xalq shevalarining o’rganilishini milliy istiqlol davri bilan taqqoslaydi, yutuqlarini isbotlaydi.
Dialektologiya fani haqida ma’lumot berish. Uni o’rganish makonini misollar orqali sharhlash. Dialektologiyaning maqsad va vazifalari, uning ona tilini o’qitishdagi ahamiyatini talabalar ongiga singdirish.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Leksik norma, grammatik normalar orfografiya va orfoepiya, urug’-qabilalar, joylashish hududi, onomastika, etnonimlar, toponimlar, gidronimlar, qarnoq shevasi,turk shevasi, xalqaro atama, umumlingvistik tushuncha, ravish, tarz, yo’sin, shevalarning tarqalish chegarasi, o’xshash lingvistik xususiyatlar tarqalish kartasi, shevalarni kartalashtirish, lingvistik atlas, transkriptsiya, qayta yozuv, ma’naviy alifbo, transliteratsiya, fonetik va fonologik transkriptsiya, fonema, turkshunos va russhunoslar, qattiq va yumshoq unli, indifferent tovush, oraliq tovush, spirantizatsiya, konvergentsiya (birlashish), palatalizatsiya, reduktsiya.
60- yillar o’zbek dialektologiyasi taraqqiyotida muhim o’rin tutgan, ko’plab dialektologik kadrlar etishtirib bergan Rossiya va O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi A.K.Borovkovdir. U faqat o’zbek dialektologiyasida emas, umuman, o’zbek tilshunosligi fanining taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Chunki o’zbek tilshunosligining hamma sohalari bo’yicha chuqur ilmiy asosga qurilgan asarlar yaratdi.
Olim o’zbek dialektologiyasining ulkan mutaxassisi sifatida ko’pgina asarlar yaratdi, o’zbek shevalarini tasnif qildi. Uning sof dialektologik asarlariga «Voprosnik dlya sobiraniya materialov po uzbekskim govoram» da esa birinchi tajriba sifatida savol-javoblardan iborat anketa usulini qo’llab ko’rdi. Bu bilan olim o’zbek shevalarini lingvo-geografik usulda o’rganish ishiga ham asos qo’ydi. A.K.Borovkov o’z qarashlarida o’rta o’zbek dialekti vakillari bilan qipchoq lahjasi vakillarining qadimgi vaqtlardayoq aralashuvi jarayoniga o’tganiga ishora qildi.
30-yillardan boshlab professorlar E.D.Polivanov,G’.Olim, K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov bilan birga o’zbek shevalarini o’rganishda juda katta ishlarni bajarishgan. Rossiya Pedagogika Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor V.V.Reshetovdir. V.V.Reshetov olib borgan ilmiy dialektologik tadqiqotlar Vatan urushidan keyingi davrning xarakterli xususiyatlaridan bo’lib, ko’plab dialektologik kadrlarni tayyorladi.
V.V.Reshetov xilma-xil o’zbek shevalarining fonetik, morfologik, leksik xususiyatlarini yoritadigan ishlarini ikkinchi jahon urushi arafasida boshlagan edi. Uning «Nekotoro’e zamechaniya po konsonantizmu i morfologii margelanskogo govore uzbekskogo yazo’ka», «K voprosu o termine «Kurama» i o «kuraminax», «Klassifikatsiya uzbekskix govorov Angrenskoy dolinu», «K voprosu ob izuchenii uzbekskix govorov narodno’x govorov», «O dialektnoy osnove uzbekskogo literaturnogo yazo’ka», «O’zbek dialektologiyasi va navbatdagi vazifalar», «O’zbek shahar shevalari tasnifi», «O’zbek shevalarida leksik moslik va ularning adabiy tilda normasini belgilash», «O’zbek tilining dialektologik atlasi» kabi muhim ilmiy maqolalari bilan dialektologiya fanining keyingi taraqqiyoti yo’nalishini belgilashga ulkan hissa qo’shmoqda.
Hududiy dialektlarni atroflicha o’rganish ishlarini amalga oshirishda professorlar F.A.Abdullayev, M.Mirzayev, A.Aliyev, A.Shermatov, B.Jo’rayev bajargan ishlar g’oyat muhim ahamiyatga egadir. O’zbek shevalari leksikasini o’rganishning yo’nalishini belgilashda S.I.Ibrohimovning ishlari etakchi rol o’ynaydi.
O’zbek dialektologiyasida qipchoq lahjasi o’zining dialektal va hududiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qipchoq dialektlari bo’yicha yirik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan olim X.Doniyorov va N.Rajabovlardir.
Hozirgi vaqtda o’zbek dialektologiyasining turli sohalari bo’yicha ish olib borayotgan dialektologlardan N.Rajabov, Q.Muhammadjonov, O.Madrahimov, A.Jo’rayev, Sh.Nosirov, Y.Ibrohimov kabi olimlarni ham alohida ta’kidlab o’tmoqchimiz, chunki nomlari qayd etilgan kishilar Toshkent, Qo’qon, Qashqadaryo, Xorazm (o’g’uz), Qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston va Qoraqalpog’iston respublikasidagi o’zbek shevalarining fonetik, morfologik, strukturasi, leksikasi, dialektal leksikasining ayrim qatlamlarini qiyosiy-tarixiy usulda yoritish bo’yicha ish olib bordilar va bormoqdalar.
Shu bilan birga, o’zbek tilining dialektologik atlasini tuzish bo’yicha ham jiddiy tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish