INFERENS METODI
«Inferens» ingliz tilida «xulosa» degan ma’noni bildiradi. Ushbu metodni har qanday mavzuga qo’llash mumkin. O’qituvchi mavzuni tushuntirib bo’lgach, talabalarga bo’sh kartochka tarqatadi. Talaba mavzu bo’yicha o’zi tushungan narsani bo’sh kartochkaga yozadi. Kartochkaga hech qanday ism-sharif yozilmaydi. O’qituvchi uchun bu fikrni kim yozganligi emas, mavzuni talabaning qanday tushungani va uni qanday xulosalay olgani muhim hisoblanadi. Keyingi darsning takrorlash qismida o’qituvchi talabalarning o’tgan dars yuzasidan bildirgan xulosalariga munosabat bildirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |