Badiiy adabiyot rivoji. IX – XII asrlarda adabiyot ham keng rivojlandi, fors adabiy tili taraqqiy etdi. Saolabiyning ―Yatimat ul-bahr‖ nomli asarida qayd etilishicha, Buxoro, Xorazm va Xurosonda 119 arabiy zabon shoirlar ijod qilgan. Bu vaqtda fanda arab tili ustuvor edi. Shu bois tilshunoslik, fiqhshunoslik, falsafa, matematika, tabobat, astronomiya, tarix va boshqa fanlar bo’yicha ilmiy asarlar asosan arab tilida yozilgan. Turkiy (eski o’zbek) adabiyotining asoschilaridan bo’lgan Mahmud Qoshg’ariy (XI asr) O’rta Osiyo Uyg’onish davri madaniy taraqqiyotida muhim o’rin egallaydi. Uning asosiy asari ―Devonu lug‗atit turk‖ (―Turk tilining lug‗ati‖). Unda turkiy xalqlarning etnik tarkibi, geografik joylashishi, ularning urf-odatlari udumlari va an‘analari haqidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lib ular hozirgacha o’zining qimmatini yo’qotmagan. Shuningdek, bu davrda Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlar og’zaki adabiyoti shakllandi, bir qancha poemalar yaratiladi. Bu jarayonda Yusuf Xos Hojib Bolasog’uniyning ―Qutadg’u bilik‖ (―Saodatga boshlovchi asar‖) nomli didaktik, badiiy-falsafiy asari muhim rol o’ynagan.
Ushbu asarda Yusuf Xos Hojib dehqon, chorvador, hunarmand mehnatini nihoyatda qadrlaydi, ilm-ma‘rifatni targ‗ib qiladi, olimlarni ulug‗laydi, davlat boshliqlarini esa olimlardan ta‘lim olishga va olimlar maslahati bilan ish ko‗rishga da‘vat etadi. XII asrda turkiy tilda ijod etgan yana bir shoir va mutafakkir Ahmad Yugnakiy bo‗lib, undan turkiy adabiyotning nodir yodgorligi bo‗lgan ―Hibat ulhaqoyiq‖ nomli asar etib kelgan. Ushbu asarda ilm-fan vakillari, olimlar va fozillar ulug‗lanadi, ma‘rifatparvarlik targ‗ib qilinadi. 81 Ilk Uyg‗onish davri turkiy adabiy tillar, xususan, eski o‗zbek va uyg‗ur tilining vujudga kelishida muhim bosqich bo‗ldi. Turkiy qabilalarning o‗zaro yaqinlashishi natijasida o‗g‗uz, chigil, qipchoq, uyg‗ur tili guruhlari yuzaga keldi. O‗rta asrlarda ―Turk‖ yoki ―Chig‗atoy‖ tili deb yuritilgan adabiy tilning taraqqiy etishida mahalliy aholi o‗rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalar va yozma adabiyotning roli katta bo‗ldi. Ilk Uyg‗onish davrida fors-tojik adabiyoti ham taraqqiy etdi. Fors-tojik adabiyotining buyuk vakillari Abu Abdulloh Ja‘far Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy shu davrda yashab, ijod etdilar. Rudakiy IX asr oxirida Panjikent atrofidagi Panjrudak qishlog‗ida tug‗ilgan. Rudakiyn Nasr ibn Ahmad (914 – 943) saroyida ijod qilgan. Biroq hukmdorlar muhitidagi fisqu fasodlar tufayli keksaygan chog‗ida uning ko‗zlari o‗yib olinadi va Buxorodan badarg‗a qilinadi. Rudakiy o‗z qishlog‗ida qashshoqlik va xoru zorlikda 941-yilda vafot etadi. Rudakiy ijodiy merosidan juda kam etib kelgan, ammo ular shoir iqtidoridan guvohlik beradi.
Rudakiy o‗z she‘rlarida ilmni ulug‗laydi, insoniylikni tarannum etadi, haqsizlik va adolatsizlikni qoralaydi.
Fors adabiyoti klassiklaridan Abulqosim Firdavsiy (934 – 1012) bo’lib, u Daqiqiy boshlab qo’ygan, ammo tugallanmagan ―Shohnoma‖ nomli yirik epik asarni yaratadi. ―Shohnoma‖da Eron va Turon xalqlarining Islomgacha bo’lgan tarixi yoritilgan.
IX – XII asrlarda islom dini va so’fiylik. IX – XII asrlarda islom dini mintaqa xalqlari hayotida etachi mavqega ega bo‗ldi. Arab tili davlat va fan tili darajasiga ko’tarildi. Tarixan jahonsivilizatsiyalarining markazlaridan bo’lgan O’rta Osiyodan nisbatan juda qisqa vaqtda nafaqat arab tilini, balki islomni ham chuqur o’rganib arab tili va shariatning murakkab muammolarini tadqiq-tahlil etadigan ulamolar ham etishib chiqdi. Somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar va g’aznaviylar, xorazmshohlar davrida islom diniga e‘tibor kuchaya boshlaydi. Shaharlarda ko’plab masjidlar va madrasalar quriladi. Islom ta‘limotini targ’ib qilishda 82 Buxoro etakchi o’rinni egallaydi. Xuddi shu davrdan Buxoro ―Qubbatul islom‖ – ―Islom gumbazi‖ yoki Buxoroi sharif deb nomlana boshlaydi. IX asrda O’rta Osiyoda hadisshunoslik ilmi ham rivoj topgan.
. Bu davrda 6 ta ishonchli hadislar to’plami (as-sihoh as sitta) yaratildi. Hadis ilmi tarixida ―Amir al-mo’minin‖ degan sharafli nomga sazovor bo’lgan Imom al-Buxoriy (810 – 870) yuksak darajada e‘tirof etiladi. Imom al-Buxoriy Buxoroda tug‗iladi, butun umrini hadis ilmiga bag’ishlaydi. Imom al-Buxoriy 600 mingdan ortiq hadis to’plab, ulardan eng ishonchlilarini saralab, islom dunyosida Qur‘ondan keyin ikkinchi o’rinda bo‗lgan 4 jildli ―Al-jome as-sahih‖ (―Sahihi Buxoriy‖) to’plamini tuzadi.
Imom Buxoriy shogirdi – Abu Iso Muhammad At-Termiziy (824 – 892) ham hadis ilmi bilan shug’ullangan. At-Termiziy Termiz yaqinidagi Bug’ qishlog’ida tug’ilgan va hadisshunoslikda ―Jome as-Sahih‖ yoki ―Sunani Termiziy‖, ―Kitob Ilal‖, ―Kitob at-Tarix‖, ―Kitob at-Shamoil an-Naboviya‖, ―Kyatob az-Zuhd‖ kabi asarlarning muallifidir. Ilohiyot ilmining zabardast vakillaridan Hakim Termiziy (to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Husayn ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy) bo’lib, u 820-yilda Termizda tavallud topgan. At-Termiziy diniy ilmlar rivojiga qo’shgan ulkan hissasi tufayli ―Al-hakim‖ nomi bilan sharaflangan. XII asrda Qur‘on tafsiri, Hadis va fikhshunoslik Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalilar-Rishtoniy al-Marg’inoniy (1118 – 1197) tomonidan yanada rivojlantirildi. U Farg’onada Rishton qishlog’ida tug’ilgan. Marg’inoniyning 4 jildlik ―Al-Hidoya‖ asari fiqhshunoslikda hozirgacha eng mufassal hisoblanadi. X asrdan Movarounnahrga Yusuf Hamadoniy orqali tasavvuf, ya‘ni so’fiylik diniy-falsafiy oqimi kirib keladi. So’fiylik zohid, taqvodorlik ma‘nosini anglatadi.
Tasavvuf – bu odamlarni halollikka, poklikka undovchi ta‘limot bo’lib, unda bu dunyo lazzatlaridan voz kechish asnosida Allohga etish, uni bilish, unga etishish yo’li ilgari suriladi. Tasavvufda ruh kamoloti, ya‘ni Allohga erishuv to’rt bosqich: shariat, tariqat, ma‘rifat va haqiqatdan iboratdir. 83 Movarounnahrda bir qancha tariqatlar mavjud bo’lgan, ularning eng asosiylari yassaviya, kubroviya va naqshbandiya edi. 1105-yilda Ahmad Yassaviy yassaviya tariqatiga asos soladi. Yassaviy ta‘limoti ―Devoni hikmat‖ asarida bayon etilgan. Ahmad Yassaviy bo’yicha shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma‘rifat, ma‘rifatsiz haqiqat bo’lmaydi va bu yo’l inson kamoloti yo’li, uning hayot mazmunini tashkil etadi. Abduxoliq G‗ijduvoniy (1103 – 1179) ―Xojagon‖ tariqatiga asos solgan. Uning asosiy qarashlari ―Risolai Sohibiya‖, ―Risolai Shayxi buyuk Hazrati Abu Yusuf Hamadoni‖ nomli asarlarda ifodalangan. Najmiddin Kubro (1145 – 1221) ham tasavvuf ilmining yirik vakili bo’lib, kubroviya tariqatining asoschisidir. Kubroviya ta‘limoti negizini ―tavba‖, ―zuhd‖ (―mol-dunyodan voz kechish‖), ―tavakkal‖ (―Alloh yo‗lida‖), ―qanoat‖, ―uzlat‖, ―doimiy zikr‖, ―tavajjuz‖, ―sabr‖, ―muroqaba‖ (―kamolot topish‖) va ―rizo‖ (xalqqa etishish) tashkil etadi. Kubroviyada tarkidunyochilik ma‘qullanmaydi, har doim xalq bilan birga bo’lish, vatan himoyasi ilgari suriladi. O’z g’oyalariga sodiq bo’lgan Najmiddin Kubro mo’g’ullarga qarshi jangda 74 yoshida halok bo’ladi.
ADABIYOTLAR
Buniyodov Z. Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). –T.: G’afur G’ulom, 1998.
Buyuk siymolar, allomalar (I-II kitob). –T.: Meros, 1995
6. O’zbekiston o’rta asrlarda. –T., 2003.
Internet saytlari
- www.president.uz
2. www.ziyonet.uz
- www.press-service.uz
- www.mfa.uz
- www.gov.uz
- www.e-tarix.uz
- www.uza.u
Do'stlaringiz bilan baham: |