Ix – XII asrlarda o’zbek davlatchiligi. Uyg’onish davri madaniyati



Download 2,01 Mb.
bet5/7
Sana24.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#507184
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
esonturdiyev qudratilla 5-k -21 kem talabasi

Madaniyat va ilm-fan rivoji. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning madaniy hayotida yangi davr boshlanadi. Arablar hukmronligining barham topishi va Somoniylar davlatining qaror topishi bilan madaniy hayot jonlanishi uchun keng yo’l ochiladi. Buxoro, Samarqand, Gurganj (Urganch), Marv va boshqa shaharlar yirik iqtisodiy va madaniy markazlarga aylanadi. O’rta Osiyo xalqlari ma‘naviy madaniyatining o’sishida islom madaniyatining ahamiyati katta boldi. Islom faqat dingina emas, balki yangi ma‘naviy yo’nalish sifatida ham butun madaniy jarayonga, barcha musulmon mamlakatlari orasida ijtimoiy–madaniy va ma‘rifiy aloqalarning kuchayishiga sezilarli ta‘sir ko’rsatdi. Ilk Uygonish davri nomini olgan IX – XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksalishi natijasida ko’plab yangi ilmiy yo’nalishlar va ilmiy sohalar paydo bo’ldi. So’nggi Uyg’onish davridan birmuncha farqli ravishda Ilk Uyg’onish davrida, ayniqsa, dunyoviy fanlar, xususan, matematika, algebra, astronomiya, meditsina, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa yuqori darajada rivojlandi. Somoniylar, Qorahoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX – XII asrlarda Movarounnahrda nisbatan tinchlik, osoyishtalik o’rnatildi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlandi, shaharlar, savdo-sotiq va hunarmandchilik o’sdi. Ma‘rifatparvar hukmdorlar ilm-fan va madaniyatga homiylik qilishdi. Ana shularning barchasi Ilk Uyg’onish davrining siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy omillaridan bo’ldi.
O‗zbekiston hududidan etishib chiqqan chiqqan ilk qomusiy olim, Bag’doddagi ―Bayt ul-hikma‖ (―Donishmandalar uyi‖)ning rahbari Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783 – 850) edi. Al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlarda 20 dan ortiq asarlar yozgan. Uning ―Al jabr val muqobala‖ (―Tenglamalar va qarshilantirish‖), ―Hisob al-hind‖ (―Hind hisobi‖), ―Kitob surat al-Arz‖ (―Er surati haqida kitob‖), ―Kitab at-Tarix‖ (―Tarix kitobi‖), ―Kitob al-Amal Bil Usturlabat‖ (―Usturlob bilan ishlash haqida kitob‖) kabi asarlari unga olamshumul shuhrat keltiradi. Al-Xorazmiy o’zining ―Aljabr va al-muqobala‖ asari orqali algebra faniga asos soldi. ―Algebra‖ atamasi ushbu kitobning ―Al-jabr‖; deb yuritilgan nomning lotincha ifodalanishidir. O’rta asrlarda esa G’arbiy Yevropada Xorazmiy nomi matematikada ―algoritm‖ atamasi shaklida o’z ifodasini topdi. Uning ―Al-jabr‖ asari XII-asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropaga tarqaladi. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o’nlik pozitsion hisoblash tizimi dunyo fanida ulkan ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, Al-Xorazmiyning ―Kitob at-Tarix‖ (―Tarix kitobi‖)da Xuroson, Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII – IX asrlar tarixiga ma‘lumotlar berilgan. Xorazmiyning ―Zij‖ (―Astronomik jadval‖), ―Quyosh soati haqida risola‖ nomli ilmiy asarlari astronomiya rivojiga katta hissa qo’shgan.
Muhammad Muso al-Xorazmiy
O’rta Osiyolik buyuk qomusiy olimlardan Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg’oniy (797 – 865) bo’lib, u Farg’onaning Quva shahrida tug’ilgan va umrining katta qismini Bag’dodda o’tkazgan va ―Bayt-ulhikma‖da ilmiy faoliyat olib borgan. Ahmad al-Farg’oniy matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qilgan. Uning ―Kitob fi Usul ilm an-Nujum‖ (―Falakiyot ilmining usullari haqida kitob‖), ―Falakiyot risolasi‖, ―Falak asarlari sababiyati‖, ―Al-Majistiy‖, ―Ilm-xayya‖, ―Al Farg‗oniy jadvallari‖, ―Usturlob bilan amal qilish haqida‖, ―Oy, erning ustida va ostida bo’lgan vaqtni aniqlash risolasi‖, ―Etti iqlim hisobi‖, ―Usturlob yasash haqida kitob‖ kabi asarlari jahon fani va madaniyatining rivojlantirib, ularning qo’lyozmalari hozirda Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda. Uning asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. ―Musulmon Renessansi‖ning yana bir dahosi Abu Nasr Forobiy (873 –950) bo’lib, u fan, falsafa tarixida yuksak o’rinni egallaydi. Abu Nasr Forobiy yilda Forob (O’tror) shahrida tug’ilgan bo’lib, avval O’trorda, keyin Samarqand, Buxoro va Bag’dodda bilim olgan, umrining oxirida esa Halab (Aleppo) va Damashqda yashagan. Forobiy qomusiy olim, ya‘ni bir vaqtning o’zida bir nechta fanlar bilan shug’ullanib, ularning har birida ulkan yutuqlarga erishgan. Uning ―Al – Muallim as – soniy‖ – ―Ikkinchi muallim‖ (―Birinchi muallim‖ Aristoteldan keyin), ―Sharq Arastusi‖ deb nomlanishining o’zi ham Forobiy dahosining mavqeni ko’rsatadi. Forobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan va 160 dan ortiq asarlar yaratgan.
―Aristotel (Arastu)ning ―Metafizika‖ asari maqsadlari haqida‖‖, ―Musiqa kitobi‖, ―Baxtsaodatga erishuv haqida‖, ―Tirik mavjudot a‘zolari haqida‖, ―Siyosati almadaniya‖ (―Shaharlar ustida siyosat yurgizish‖) shular jumlasidandir. Forobiy o’rta asrlar sharoitida aql va ilm tantanasi, ma‘naviy ozodlik, inson baxt-saodati va adolatli jamiyat uchun kurashgan buyuk mutafakkirdir. Mazkur davrda Xorazm madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan edi. Xorazmshoh Abul Abbos Ma‘mun ilm-fan homiysi bo’lib, poytaxt Gurganjdada ―Ma‘mun akademiyasi‖ tashkil etgan vaunda buyuk Ibn Sino va Beruniydan tashqari, tarixchi Miskovayx, matematik Abu Nasr Arroq, faylasuf Abu Sahl Masihiy, tabib Ibn Hammorlar va boshqalar ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishgan. Vatanimizdan etishib chiqqan ulug’mutafakkirlardan biri Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048) bo‗lib, u Xorazmning Kat shahri (hozirda Qoraqalpog’istonning Beruniy shahri)da tug’ilgan. Beruniy falsafa, astronomiya, geografiya, matematika, mineralogiya, geologiya, geodeziya, tarix va boshqa bir qancha fanlar bo’yicha 154 ta asar yozgan. U Ptolemeyning geosetristik 79 nazariyasiga qarama qarshi ravishda Nikolay Kopernikdan besh asr oldin Erning Quyosh atrofida aylanishi, Amerika qit‘asi mavjudligini haqidagi farazni ilgari suradi, Erning sharsimon ekanligini isbotlaydi. Beruniy o’zining ilmiy va falsafiy asarlari bilan jahon fani rivojiga ulkan hissa qomusiy olimlardandir.
Insoniyatsivilizatsiyasi, jahon fani tarixida o’chmas iz qoldirgan yana bir buyuk vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sino (980 – 1037)dir. Shunisi hayratlanarliki, uning ilmiy asarlarining o’zi 450 dan ziyoddir.
Ibn Sino o‗sha davrdagi fanning deyarlik barcha sohalarida, hatto nazm va nasrda ham ijod qilgan. Uning ―AlQonun fit-tib‖ asari XII-asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan va XVII asrgacha Yevropa universitetlarining tibbiyot fakultetlarida asosiy qo’llanma bo‗lgan. Ibn Sino Sharqda ―Shayxur-rais‖, G‗arbda esa ―Avitsenna‖ nomi bilan shuhrat topgan. Ilk Uyg’onish davrida ijtimoiy bilimlar ham rivojlangan va unga Abu Bakr Muhammad ibn Ja‘far Narshaxiy (899 – 959) ham katta hissa qo’shgan. U Buxoro atrofidagi Narshax qishlog’ida tug’ilgan. Narshaxiydan faqat ―Tarixi Buxoro‖ (―Buxoro tarixi‖) asari etib kelgan. ―Tarixi Buxoro‖ noyob asar bo‗lib, u Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy ijtimoiy hayotiga oid muhim ilmiy manba hisoblanadi. Asarda Movarounnahr va Xuroson mehnatkashlarining arab istilochilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo’zg’oloniga oid ma‘lumotlar ham bor. Uyg’onish davrining yorqin vakillaridan Mahmud Zamahshariy (1074 – 1144) bo‗lib, u Xorazmning Zamahshar qishlog’ida tug’ilgan. Zamahshariy arab grammatikasi, lug‗atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqh (islom qonunshunosligi)ga oid 50 dan ortiq asarlar yozgan. Ayniqsa uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‗ishlangan ―Al-Mufassal‖, Xorazmshoh Otsizga bag’ishlangan ―Muqaddimat ul-adab‖, ―Kitob al-Jibol va-lamkina val-miyoh‖ (―Tog‗lar, joylar va suvlar haqidagi kitob‖) kabi asarlari fan tarixida muhim o’rin tutadi. . Allomaning Qur‘on tafsiriga oid ―Al-Kashshof‖ asari musulmon dunyosida juda mashhur. Hozirgacha Misr (Qohira)dagi mashhur Al-Azhar madrasasida ―AlKashshof‖ asosida Qur‘on o’rganiladi.
Mahmud Zamahshariy ―Ustoz ul-arab val 80 ajam‖ (―Arab va g‗ayri arablar ustozi‖), ―Faxrul Xorazm‖ (―Xorazm faxri‖) kabi nomlar bilan ulug’langan. Xullas, islom ta‘limoti tarqalishidan keyin O’rta Osiyoda fan, madaniyat va san‘atning barcha sohalarida keskin rivojlanish sodir bo’ldiki, bu davr milliy tariximizda Uyg’onish davri nomi bilan qoldi. Vatanimizdan etishib chiqqan allomalar esa jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo‗shganlar.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish