Saljuqiylar davlati. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekiston tarixida Saljuqiylar davlati muhim ahamiyatga egadir. Saljuqiylar turkiy O’g’iz qabilalarining qiniq uruhidan bo‗lib ular Sirdaryoning quyi qismida, Orol dengizi atroflarida ko’chmanchi tarzda hayot kechirganlar. Saljuqiylar sulolasining paydo bo’lishi qiniq qabilasi boshlig’i Saljuq nomi bilan bog’liqdir. 1025-yilda qiniq qabilalari Saljuq nabiralari boshchiligida (to’rt mingdan ziyod oila) sulton Mahmud G’aznaviydan Shimoliy Xurosonga ko’chib o’tishga ruxsat so’raydilar va Saraxs, Farova va Obivard atroflariga joylashadilar. Ammo og’ir soliqlar ostida qolgan qiniqlar g’aznaviylarga qarshi isyon ko’taradi va 1035- yilda Xurosonga hujumi boshlaydi.
SALJUQIYLAR DAVLATI
1037-ular Marv viloyatini egallashadi va Bag’dod xalifasi Saljuqiylarga hukmronlik uchun yorliq beradi. Shu tariqa Xurosonda Saljuqiylar davlati qaror topadi. 1040-yilda Marv yaqinidagi Dandanakon degan joyda sulton Ma‘sud G’aznaviy va saljuqiylar o’ratasida hal qiluvchi jang bo’lib o’tadi va Ma‘sud qo’shinlari butunlay tor-mor bo’ladi. Shundan so’ng Saljuqiylar Gurgon, Dehiston va Xorazmni egallaydilar va Eron, hozirgi Afg’oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik Osiyoga muvaffaqiyatli harbiy yurishlar qiladi. Saljuqiy sulton Tog’rulbek (1038 – 1063) Balx, Shimoliy Iroq, Ozarbayjon, Kurdiston va Qo‗histonni bosib oladi. 1055-yilda Bag‗dod egallanadi va sulton Tog’rulbek nomiga xutba o’qiladi. Ya‘ni, xalifa diniy hokimiyatni saqlab qolgan holda dunyoviy hokimiyatni Tog’rulbekka topshirishga majbur bo’ladi. Saljuqiylar saltanati Sulton Ali Arslon (1063 – 1072) va Sulton Malikshoh (1072 – 1092) davrida yanada yuksaladi. Sulton Malikshoh Samarqand, Buxoro va Farg’onani bo’ysundiradi. 1074-yilda Mansikert yaqinida saljuqiylar Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratadi. Sulton Malikshoh vafotidan keyin esa taxt uchun urushlar boshlanadi, va nihoyat, 1118- yilda Malikshohning o’g’li Sulton Sanjar (1118 – 1147) hokimiyatga keladi.
Saljuqiylar sulolasining so’nggi vakili Sulton Sanjar ulkan hududlarni o’z davlatiga qo’shib oladi. Sulton Sanjar sarkardalik mahorati tufayli ―Ulug’ sulton‖ va ―Sultonlarning sultoni‖ nomlari bilan ulug’langan. Ammo mahalliy hokimlarning mustaqillikka intilishlari, sulola vakillari o’rtasidagi qurolli nizolar va turli qo’zg’olonlar Saljuqiylar davlatini zaiflashtirib qo’yadi.
1141-yilda Sulton Sanjar Samarqand yaqinida Katvon cho’lida qoraxitoylardan engiladi. Vaziyatdan foydalangan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz 1141- yilda Saljuqiylar poytaxti Marvni bosib oladi va 1142-yilda Nishopurga yurish qildi. Bu vaqtda o’zini o’nglab olgan Sulton Sanjar Xorazmshoh qo’shinlarini Xurosondan haydab chiqaradi. Ammo Sulton Sanjar harakatlari tanazullga yuz tutgan saljuqiylar davlatini saqlab qololmaydi. 1153-yilda Sulton Sanjar o’g’uzlardan qaqshatqich mag’lubiyatga uchraydi va asir olinadi. Sulton Sanjar 1156-yilda tutqunlikdan xalos bo’lib, o’z davlatini tiklashga muvafffaq bo’ladi, ammo bir yildan keyin vafot etadi. Sulton Sanjar o’limi bilan Saljuqiylar davlati ham tarixga aylanadi.
Xorazmshohlar davlati. Xorazm qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida O’rta Osiyo va boshqa yaqin va mintaqalarga o’z ta‘sirini o’tkazib turgan. Xorazm hukmdorlari ―xorazmshoh‖ nomi bilan davlatni boshqarganlar. Xorazmshohlar nomi bilan 305 – 995 yillarda afrig’iylar, 995 – 1017 yillarda ma‘muniylar (Ma‘mun I Abdulhasan Ali, Ma‘mun II), 1017 – 1034 yillarda esa Oltintoshlar (Oltintosh, Horun, Handon) va Anushteginiylar (1097 – 1231) sulolalari hukmronlik qilgan. XI asr boshlarida Xorazm davlati G’aznaviylar (1017 – 1044), so’ngra Saljuqiylar ta‘sirida edi. XI asrning 40-yillarida Xorazm qoraxitoylarga ham xiroj to’lab turgan. Anushteginiylar sulolasi (1097 – 1231) davrida Xorazm qudratli davlatga aylanadi. Saljuqiy sultonlardan Malikshoh Anushtegin (1077 – 1097) ni Xorazmga hukmdor etib tayinlaydi va u xorazmshoh unvonini qabul qiladi. 1097-yilda taxt Qutbiddin Muhammadga o’tadi.
Xorazmiylar Davlati
Sulton Jaloliddin Otsiz (1127 – 1156) davrida Xorazm to’la mustaqillikka erishadi. Mohir diplomat va qobiliyatli sarkarda bo’lgan Jaloliddin Otsiz va uning vorislari davrida Xorazm har tomonlama yuksaladi. Xorazmshoh Otsiz turkman va qipchoqlarni boysundiradi, Sirdaryoning quyi yerlarini va Mang’ishloqni egallaydi. Otsiz siyosatini uning vorislari El-Arslon (1156 – 1172) va Alouddin Takash (1172 – 1200) davom ettiradi. Sulton Takash 1187 – 1193 yillarda Nishopur, Saraxs, Ray va Marv shaharlarini davlatiga qo’shib oladi. U 1194-yilda saljuqiylar sultoni To’g’rulni engadi va Eronni to’liq bo’ysundiradi. 1196-yilda Xorazmshoh Takash qo’shinlari Bag’dod xalifasi qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratadi. Bu vaqtda Afg’oniston va Eronning katta qismi Xorazm tarkibiga kiradi va Xorazmshohlar davlati birdaniga ikki barobar kengayadi. 1200-yil Sulton Takash Bag’dod xalifaligini bosib olish uchun yurishga chiqadi, lekin yo’lda Takash vafot etadi. Xorazmshoh Takash davrida iqtisodiy hayot ham taraqqiy etadi. Yangi shaharlar qad rostlaydi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, qishloq xo’jaligi rivojlanadi, ko’plab kanallar qaziladi va savdo-sotiq kuchayadi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi bunday ijobiy o’zgarishlar Alouddin Muhammad Xorazmshoh (1200 – 1220) hukmronligi yillarida ham davom etadi. O‗rta asr muarrixlari asosida tadqiqotlar olib borgan Z. Buniyotov xulosalariga ko‗ra, Xorazmshoh Takash o’z fuqarolariga adolatli bo’lgan. U boshqa sultonlarga nisbatan qobiliyatli, yirik diplomat va zukko lashkarboshi edi. Xullas, sulton Alouddin Takash o’g’li Muhammad Xorazmshohga (1200 – 1220) markazlashgan kuchli davlat va qudratli qo’shinni meros qilib qoldiradi.
1200-yil avgustda Aloviddin Muhammad (1200 – 1221) Xorazm davlati taxtini egallaydi. Sulton Muhammad Xorzamshoh dastlab Xurosonning zabt etilmay qolgan qismini istilo etadi. 1207-yilda Xuroson va Fors Iroqida mustahkamlanibb olgandan keyin Muhammad Xorazmshoh Movarounnahrda o’z hukmronligini o’rnatishga harakat qiladi. Bu vaqtda qoraxoniylarning so’nggi hukmdori Usmon qoraxitoylarga qarshi kurashda Sulton Muhammad Xorazmshohdan yordam so’raydi. Mehnatkash xalq esa qoraxitoylar va mahalliy hukmdorlar tomonidan og’ir soliqlarni to’lashga giriftor qilingan, to’xtovsiz urushlar esa xo’jalik hayotini izdan chiqargan edi. 1206-yilda Buxoroda Malik Sanjar boshchiligida hunarmandlar va dehqonlar sadrlarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Bu vaqtda Buxoroda diniy va dunyoviy hokimiyat sadrlar ixtiyorida edi. Sadr Muhammad qoraxitoylardan yordam so‗raydi. Lekin Xorazmshoh Muhammad qoraxitoylardan oldinroq harakat qilib, Buxoroni egallaydi. Movarounnahrning qoraxitoylarlardan ozod bo’lib, Xorazmshohlar davlatiga birlashishi tarixiy ahamiyatga ega edi. Lekin harbiy yurishlar, soliq siyosatidagi beboshliklar, amaldorlar zulmi oddiy fuqarolar hayotini og’irlashtirar edi. 1210- yilda O‗trorda, 1212-yilda Samarqandda qo’zg’olon ko’tariladi va unda Samarqand hokimi, Muhammad Xorazmshohning kuyovi qoraxoniy Usmon ham ishtirok qiladi. Xorazmshohning qizi shahar ichidagi qal‘aga yashirinadi. Katta qo’shin bilan etib kelgan Muhammad Xorazmshoh qo’zg’olonni shafqatsiz bostiradi Aloviddin Muhammad 1210 va 1212-yillarda qoraxitoylar ustiga yurish qilib, ularni tor-mor keltiradi va Ettisuvga qadar yerlarni o’z davlati tarkibiga kiritadi.
1217-yilga kelib Movarounnahr, Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‗lgan hududlarda Xorazmshohlar hukmronligi o’rnatiladi. Sulton Muhammad davrida Xorazm davlati o’zining yuksak cho’qqisiga chiqadi. Xorazmshohlar davlati Shimolda Orol, G’arbda Kaspiy dengizi, Janubda Xormuz, Fors qo’ltig’i, Iroq va G’aznagacha, Sharqda Ettisuvgacha bo’lgan hududlarni qamrab oladi. Xorazm saltanati XII asr oxiri – XIII asr boshlarida musulmon Sharqining eng qudratli davlatiga aylanadi. Muhammad Xorazmshoh ―Iskandari Soniy‖ (―Ikkinchi Iskandar‖), ―Sulton Sanjar‖ nomlari bilan ulug’langan. Poytaxt Gurganj (Urganch)da saroyda 27 nafar asir hukmdorlar oltin 76 nog’ora chalib, Xorazmshohni olqishlab turishgan. Muhammad Xorazmshoh Bag’dod xalifaligiga qarshi yurish qiladi, ammo qattiq sovuq tufayli orqaga qaytishga majbur bo’ladi. U hatto Xitoyni ham bosib olish maqsadida edi. Ammo Xorazmshohlar davlatida ichki ziddiyatlar ham kuchli edi. Sultonning onasi Turkonxotun boshliq qipchoq harbiy aristokratiyasi markaziy hokimiyatni ichdan kuchsizlantirib qo’ygandi. Xorazmshohlar doimiy qo’shinga ega bo‗lib, Xorazmda aholi uchun harbiy ta‘lim ham joriy qilingan edi. Manbalarda keltirilishicha, 1218- yilda Muhammad Xorazmshoh yalpi qo’shinlar ko’rigi o’tkazgan va unda 150 ming otliq, 100 ming piyoda askar qatnashgan. Boshqa manbalar esa Muhammad Xorazmshohg 400 minglik qo’shinga ega bo’lganligi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |