Bog'liq esonturdiyev qudratilla 5-k -21 kem talabasi
Somoniylar davlati. IX asr boshlarida Movarounnahrda somoniylar davlatini vujudga keladi. Bu vaqtda abbosiylar xalifalik sharqiy viloyatlarni boshqarishda davlat ishlariga mahalliy zodagonlarni jalb qilish orqali viloyatlarni o’z tasarrufida saqlab qolishga intilishadi. Shuning uchun ham xalifa Ma‘mun taxtni egallashda unga xizmat qilgan balxlik (ba‘zi manbalarda esa, Termiz yaqinidan bo’gan) mahalliy hukmdorlardan bo‗lgan Somonxudot nabiralariga Movarounnahrni boshqarish huquqini beradi. Nuh Samarqandga, Ahmad Farg’onaga, Yahyo Shosh va Ustroshonga, Ilyos Hirotga noib etib tayinlandi. IX asr o‗rtalarida Ahmad va uning katta o’g’li Nasr (856 – 888) Movarounnahrni birlashtiradi va Samarqandni poytaxt etib belgilaydi. 873-yilda Xurosonda tohiriylar sulolasi ag’darilgach Buxoroda somoniylar hukmronligi o’rnatiladi. Nasr ibn Ahmad ukasi Ismoilni 874-yilda Buxoroga noib etib tayinlaydi va shu bilan deyarli butun Movarounnahrda somoniylar hukmronligi o’rnatiladi. Ammo Ismoil Buxoroda o’z hokimiyatini kuchaytira borgach, vassallik mavqeini tan olmay qo’yadi. Oqibatda aka-uka hukmdorlar o’rtasida o’zaro urush boshlanadi. 888-yilda Nasr va Ismoil o’rtasidagi jang bo’lib o’tadi. Jangda Ismoil g’olib chiqadi va Movarounnahrga hukmdor bo’ladi.
Ismoil Somoniy qobiliyatli davlat arbobi va etuk sarkarda edi. U 893-yilda ko‗chmanchi qabilalarga qarshi yurish qilib, ularning bosqinlariga barham beradi. Xalifa Mu‘tazid (892 – 902) esa safforiylar va somoniylarni to’qnashtirishga harakat qiladi. 900-yilda Balx yaqinida safforiylar va somoniylar o’rtasida jang bo’lib o’tadi va unda Ismoil Somoniy g’alaba qozonadi. Ismoil Somoniy (907 – 914) Movarounnahr, Xuroson, Eronning sharqiy va shimoliy viloyatlarini o’z ichiga olgan qudratli davlat tuzadi. 70 907-yilda Ismoil Somoniy vafotidan so’ng taxtga uning o’g’li Ahmad keladi. Ahmad davrida davlatni idora etishda arab tili qayta tiklanadi va boshqa bir qancha o’zgarishlar amalga oshiriladi. Bu esa zodagonlar va saroydagi turk g’ulomlari orasida norozilik uyg’otadi. 914-yilda Ahmad o’ldiriladi, taxtga uning 8 yoshli o’g’li Nasr ibn Ahmad o’tqaziladi. 922-yilda esa Ilyos ibn Ishoq qo’zg’oloni bo’lib o’tadi. Qo’zg’olonlar va isyonlar girdobida qolgan Somoniylar davlati inqirozga yuz tuta boshlaydi .Harbiy xarajatlar tufayli bo’shab qolgan xazinani to’ldirish uchun soliqlarning ko’payishi, viloyat hokimlarining mustaqilikka intilishi va taxt uchun o’zaro urushlar esa somoniylar saltanatini ichdan emiradi. 992-yil va 999-yilda Qoraxoniy hukmdorlar – Hasan va Nasr Bug‗roxon Buxoroni egallaydilar. Shu vaqtdan Movarounnahrda Qoraxoniylar hukmronligi boshlanadi.