Iv semestr 1-mavzu: O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari. O`qish malakasi haqida tushuncha Reja


Boshlang’ich sinf o’qish darsliklaridagi hikoya janri haqida



Download 0,91 Mb.
bet27/54
Sana10.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#170963
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Bog'liq
4-sem maruza matn oom

4.Boshlang’ich sinf o’qish darsliklaridagi hikoya janri haqida.

Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida hikoya janrining ham nasriy, ham ham nazmiy turlari uchraydi. Lekin, o’quvchilar ushbu hikoya turlaridan ko’proq nazmiy hikoyalar bilan tanishadilar.

T. G’afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdiyevalar tomonidan 2013-yilda nashr ettirilgan 1-sinflar uchun “O’qish” darsligida jami 17 ta hikoyalar keltirilgan bo’lib, ularning hammasi nasriy hikoyalarni tashkil qiladi. Ushbu darslikda nazmiy hikoyalar keltirilmagan. Darslikda quidagi hikoyalar keltirilgan:
- “Suv shifo” ;

- “Alisherning yoshligi” ;

- “Toshbaqa va quyon” ;

- “Kapalak” ;

- “Chiroyli salom” ;

- “Soqi bilan onasi” va boshqalar.

T. G’afforova, Sh. Nuraliyeva, Z. Mirzahakimovalar tomonidan 2013-yilda nashr ettirilgan 2-sinflar uchun “O’qish” darsligida jami 16 ta hikoya keltirilgan bo’lib, ularning barchasi nasriy hikoyalarni tashkil qiladi. Bular:

- “Toza suv oqsin orolga” ;

- “Mukofot” ;

- “Sayoq bola” ;

- “Ayrilganni…” ;

- “Tog’ malikasi”

- “Ibn Sinoning bolaligi” ;

- “Amir Temur haqida hikoya” va boshqalar.

M. Umarova, X. Hamraqulova, R. Tojiboyevalar tomonidan 2013-yilda nashr ettirilgan 3-sinflar uchun “O’qish” darsligida jami 15ta hikoyalar keltirilgan bo’lib, ulardan 1 tasi nazmiy hikoya, 14 tasi nasriy hikoyalardir. Ushbu darslikdagi Anvar Obidjonning “So’nggi axborot” hikoyasi nazmiy hikoyadir. Nasriy hikoyalar esa quidagilar:

- “Olma” ;

- “Bebaho boylik”;

- “Ilmli ming yashar” ;

- “Jaloliddin Manguberdi” ;

- “Bobonur” ;

- “Quyoncha” va boshqalar.

S. Matjonov, A. Shojalilov, X. G’ulomova, Sh. Sariyev, Z. Dolimovlar tomonidan 2013-yilda nashr ettirilgan 4-sinflar uchun “o’qish” darsligida jami 29 ta hikoya keltirilgan bo’lib, ulardan 4 tasi nazmiy hikoyalar, 25 tasi nasriy hikoyalarni tashkil qiladi. Nazmiy hikoyalar:

- ”Nurxon bilan Burxon” (Miraziz A’zam);

- ”Sharq hikoyasi” (Abdulla Oripov);

- ”To’g’risoz bola” (Hamza Hakimzoda Niyoziy);

- “Ola buzoqcha” (G’ofur G’ulom).

Nasriy hikoyalar esa quidagilar:


  • “Qovun sayli” ;

  • “Qor odamning sovg’asi” ;

  • “Shaxzodaning bolaligi” ;

  • “Qodir bilan Sobir” ;

  • “Tushovli toy” ;

  • “Buzilmagan uya” va boshqalar.

Hikoyani o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g’oyani bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, savollarga javob berish, hikoya qismiga o’zlari savol tuzishi, so’z bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o’qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi.

Kichik badiiy hikoyani izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi reja varianti sxemasi e’tiborga olinadi:

1) hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti, davrga qisqa xarakteristika...);

2) hikoyani (to’liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) o’qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o’quvchining ifodali o’qishi;

3) idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat);

4) hikoyani qayta o’qish (hikoyani qismlarga bo’lish, o’quvchilarga o’qitish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish);

5) hikoyaning har bir bo’limi yuzasidan suhbat o’tkazish va sarlavha topish;

6) hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish;

7) reja asosida qayta hikoyalash;

8) hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda);

9) hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash.

Bu hikoyani o’qish darsi rejasining varianti bo’lib, o’zgarishi ham mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o’qish darsida uning mazmunini, asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o’quvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish