Iv semestr 1-mavzu: O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari. O`qish malakasi haqida tushuncha Reja


-mavzu: She`riy nutqning xususiyatlari



Download 0,91 Mb.
bet29/54
Sana10.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#170963
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
4-sem maruza matn oom

6-mavzu: She`riy nutqning xususiyatlari.

Reja:

  1. She`rni tahlil qilish usuliyati.

  2. She`rni o`qish darsida asosiy ish turi ifodali o`qish ekani.

  3. Lirik she`rni o`qishga tayyorlash.

Tayanch so`z va iboralar: lirik she`r, suhbat o`tkazish, she`riy misra, lirik qahramon kechinmalari, she`riy sintaksis, qofiyalanish sxemasi, ritmik bo`lak, ritmik vosita .

1. She`rni tahlil qilish usuliyati.

Badiiy nutqning ikki shaklga — she`riy (tizma) va nasriy (sochma) ko`rinishlarga ega ekanligi bungacha aytildi. Nasriy nutq o`zining qurilishi jihatidan kundalik muloqotda qo`llaniluvchi nutqqa yaqin bo`lsa, she`riy nutq so`z san`atiga xos maxsus hodisa sanaladi. Zero, o`zining kelib chiqishi jihatidan ham badiiy nutqning she`riy shakli nasriy shakldan qadimiyroq, aniqrog`i, o`z vaqtida badiiy nutqning yagona shakli bo`lgan. Sababi, she`riy nutqdagi o`ziga xos tashkillanishning o`ziyoq uni odatdagi nutqdan farqlagan, she`riy nutq vositasida aytilgan informatsiyaning san`atga aloqadorligini ta`kidlab turgan. Bunga amin bo`lish uchun adabiyot tarixiga nazar solish kifoya: milliy adabiyotlar tarixining ilk bosqichlarida adabiy asarlar she`riy yo`lda yozilgan, nasrda yozilgan badiiy asarlarning paydo bo`lishi, baski, nasrning badiiy nutq ko`rinishi sifatida shakllanishi esa nisbatan keyingi davrlarga to`g`ri keladi.

She`riy nutq muayyan bir o`lchov (vazn) asosidagi ritmga ega bo`lgan, o`zining musiqiy jarangi, hissiy to`yintirilganligi bilan farqlanuvchi nutqdir. She`riy nutqdagi o`ziga hos intonatsiya, musiqiylik ritmik bo`laklar va ritmik vositalar, o`ziga xos fonetik tashkillanish, turli sintaktik usullar yordamida vujudga keladi. She`riy yo`lda yozilgan lirik asardagi kayfiyatning hosil qilinishi, kechinmaning o`quvchiga "yuqtirilishi"da uning ritmik-intonatsion tomoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ya`ni, she`rning ritmik-intonatsion xususiyatlari uning mazmuni bilan belgilanadi, mazmun bilan uyg`unlik kasb etadi. She`riy nutqning o`ziga xosligini, o`ziga xos tashkillanishini tasavvur qilish uchun, avvalo, uning ritmik-intonatsion xususiyatlarini belgilovchi unsurlar, vositalar haqida tushunchaga ega bo`lish zarur.

She`riy nutq haqida gapirganda, avvalo, uning muayyan vaznga solingan ritmga egaligi ta`kidlanadi. Ritm juda keng tushuncha bo`lib, u borliqdagi juda ko`p narsa, hodisalarda kuzatilishi mumkin. Shunga ko`ra, keng ma`noda ritm deganda muayyan bo`laklarning ma`lum vaqt oralig`ida tartibli takrorlanib turishi tushuniladi. Bu ma`nodagi ritm borliqdagi juda ko`p narsa-hodisalarda, jumladan inson organizmida mavjuddir. Masalan, tarnovdan tomchilab turgan tomchilar chiqarayotgan tovushda, ariq suvining maromli shildirab oqishida, yil fasllarining, kun bilan tunning almashinuvida; insonning yurak urishi, nafas olishi, ma`lum bir harakatni bajarishi — bularning barida ritm kuzatiladi. Tabiiyki, kundalik muloqot nutqida ham ma`lum bir ritm mavjud. Avvalo, har bir odamning gapirishida o`ziga xos ritm bo`lib, bu ritm uning fiziologik imkoniyatlari (mas., har bir odamda nafas olish o`ziga xos, nutq ritmi esa shunga ko`p jihatdan bog`liq) bilan belgilanadi. Kundalik muloqot nutqidagi ritmga ichki va tashqi omillar (kasallik, ruhiy holat — ichki; biror narsadan ta`sirlanish, tez harakat qilish, — tashqi) ta`sir qilishi hamda uni o`zgartirishi mumkin. Og`zaki nutqda kuzatiluvchi bu ritm tabiiy ravishda yozma nutqqa ham ko`chadi, zero, yozganimizda "miya"da gapiriladi, o`qiganda "tasavvurda" eshitiladi. Demak, o`z-o`zidan ayonki, nasriy asarda ham ritm mavjud va u asarning o`qishli, ta`sirli bo`lishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Agar badiiy nasrdagi nutq ritmi umuman nutq ritmi bilan izohlansa, she`riy nutq ritmi maxsus hosil qilingan hodisadir.




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish