Ninachi qanotin hijob qilsaydi,
Qil ko’prik yo’l topib berib bilsaydi,
G’am cheksak binafsha ovuntirsaydi,
To’lg’ona,to’lg’ona jon berar edik
Yo semurg’ bizlarni bola qilsaydi,
Muhabbat nahrida cho’miltirsaydi,
Ikkimiz bir lahza birlashtirsaydi,
To’lg’ona, to’lg’ona jon berar edik.
Azoblar ichra to’lg’onadi, qiynaladi, iqrorlarini o’quvchilariga ulashadi. Dardchil satrlari ila kitobxonga borlig’ini tuhfa etadi. Ilinadi. Haqiqat va adolat tarannum etishni o’ziga g’urur va burch deb biladi. Unga Vatan ham, suyukli yor ham, ona ham do’st-u birodarlar ham, yaproq va daraxtlar ham birday azizdir. Ana shu azizlikning qadrini ham his eta oladi. Qolaversa, shuni o’quvchisiga tushuntiradi.
Bahorning ilk yomg’irlaridan,
Ko’ngil toshib ketgandek Dargom.
To’kay dedim men ham bargimni,
Yuragimning yomg’iri –
Nayson.
Cho’ponota qirlari yongan,
Lovullaydi rangin mash’ala.
Tili bilan dilimga tekkan,
Qanday qilib aytmay ashula.
Zamon har doim ham shoirning ko‘nglidagi gaplarni ochiq aytishga imkon bermadi. Shu bois u chechaklar-u giyohlardan, toshlarning gullashi-yu, yulduzlarning qulashidan, tog‘larning uyg‘oqligidan biz va siz izlab topgandan ham ko‘proq ma’no istadi. Ularni o‘z fikrlarini ifodalash vositasiga, timsol-u ramzlarga, majoziy ifodalarga aylantirdi:
Ko’zing tikma bu mening boshpanam,
Poygakdan mo’ltayma aslo qo’ymayman.
Yurak deb atalgan qizil oftobadan,
O’zim qon ichgayman senga quymayman
.
Yo’l-u yo’rig’ingga yurmasman zinhor,
Eshit faryod chiqar o’pgan toshimdan.
Illoyo, boshingni teshmasin do’l- qor,
Illoyo, yorilma yegan oshingdan.
Shoirning bezovtaligi nimada? Shu sodda misralarda yashiringan uning qalb va hayot falsafasi nimlarni ifoda etmoqda? San’at-chi? Samimiyat-chi? Bugunning g’amini o’ylab, kechasini unutib, ertasini o’ylamaydigan insonning ahvol, ruhiyati chizilganmi? Umrning mazmunli-yu, ma’nosiz lahzalarini qanday tushuntirmoqda? Muhabbati-chi? Bu kabi o’nlab savollarning javobi esa har bir misra bag’rida yuz ochilib turmayaptimi? Shaxslik xislatini isbotlayapti. Ifodalayapti. Shunday ekan, shoirlar qalbidagi yuzlab qismatlar yashiringani, ayni haqiqat ekanligi emasmi, shu satrlarda mujassamlashgan.
Abduvali Qutbiddinning qaysi she’rini olib, o’qib ko’rmaylik uning yoniq chehrasi, o’ychan qiyofasi, bezovta ruhiyati aks etgan yuzi ko’z oldimizga keladi. Unday bo’lsa shoirning eng buyuk g’ami nima ekan, buni o’sha samimiy satrlarda ilg’ab, tushunib bo’ladimi? Ha, degan javob keladi tilimizga. Sababi u qanchalik ochiq yuz chehrali ekanligi, bu ham mayli dilidagi taskin izlayotgan lirik qahramon siz va biz yoki barchamiz ekanimiz ayonlashadi.
Shuning uchun U.Normatov qayd etganidek: «Fikrni, asar g’oyasini o’quvchiga sodda, tushunarli qilib yetkazish orqali hayot voqealarini, inson kechinmalarini yorqin tasvirlay olish san’ati har qanday ijodkor mahoratining darajasini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri»5, - ekanligiga urg’u beradi.
Abduvali Qutbiddin she’rlari faqat dilning emas, jasoratning ham tarjimonidir. Shoir ijodini kuzatib borgan o’quvchi uning she’rdan-she’rga yuksalib, kurashchanligi ortib borganligini ko’radi. Ruh manzaralarini tasvir-u talqin etgan she‘r iztirobning mevasi, sog’inch-u armonning mahsuli, sevgi va nafratning namoyishi sifatida dunyo yuzini ko‘radi. Shoir bu serg‘alva, foniy dunyoda ishqni yagona tayanch deb biladi. Undan boshqa narsalarning hammasi bekor:
Hiyla kech tushibdi sevaylik desak,
O’g’ri oralabdi bog‘-u ravona.
Chinniday ro’yodan eshitdik cho’pchak,
Do'stlaringiz bilan baham: |