Iv kurs bitiruvchisi rajabov nizomiddinning abduvali qutbiddin ijodida lirik tuyg



Download 230 Kb.
bet19/20
Sana14.01.2022
Hajmi230 Kb.
#361581
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
diplom ishi tayyor[1] — копия[1]

1

XULOSA

Hayotda shunday odamlar borki, ular o`z hunari va kasb-korini nuridiydasi qatorida qadrlaydi, ardoqlaydi. Ularning tirikligi hunar-ilmi yoki san`ati bilan bog`liq. Sevgan hunarsiz – san`atsiz hayot ularuchun o`z ma`nosini yo`qotadi. Buning sababi shundaki, bu xildagi odamlar uchun san`at – uning qaysi turida bo`lishidan qat`iy nazar – yashash quroli, kurash vositasi, o`zligini namoyish qilish, jo`nroq qilib aytganda, hayotda borligini anglatib turish belgisidir”. (M.Qo`shjonov, S.Meli “Abdulla Oripov” ) . Abdulla Oripovga nisbatan aytilgan ushbu fikrlar o`z o`rnida Usmon Azim hayoti va ijodi uchun ham o`z ahamiyatiga ega. Usmon Azim uchun ham shoirlik uning kasbi emas balki butun bir hayotiga aylanib ulgurgan. Buni uning “Tazarru bog`lari” she`riy turkumi tahlilida ham ko`rib o`tdik. Yuqoridagi tahlillardan quyidagilarni xulosa sifatida keltirishimiz mumkin:

Har bir shoirning tug`ilib o`sgan yerining nafasi, albatta, ijod yo`liga ta`sir ko`rsatgani kabi U.Azimning ham ona yurti Boysun va undagi xilma-xil urf-odatlar-u an`analar shoir ijodiga o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. Buni shoirning baxshiyona she`rlari-yu ona yurt sog`inchi haqidagi yorqin ijodidan anglashimiz qiyin emas. Qolaversa, ko`plab ijod sohiblari U.Azimdagi jo`shqinlik, jarangdorlik, kuchli ohang, dangallik, haq so`zni sevish kabi sifatlarning barchasi shoirga ona yurti tabiatidan me`ros deb bilishadi.

Usmon Azim yangicha tafakkurga ega inson. Shuning uchun ham shoir asarlarida hech kimda uchramaydigan ohang, uslub va tafakkur bor. Tabiat shoirning ruhiyatiga singigan. Go`yo tabiat va shoir qalbi birdek. U.Azim tabiat tasviri orqali olam mohiyati, odamzot tabiati va azaliy va abadiy haqiqatlariga ishora qilishga harakat qilganligini ko`rishimiz mumkin. Fasllarga xos xususiyatlar va haqiqatlar shoirga sevgi, tirikliknig qadri, sabr kabi ko`plab tushunchalar haqidagi haqiqatlarni ochishga yo`l ochganligining guvohi bo`lamiz. Umuman, shoirning barcha she`rlari ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy qimmatga ega.

U.Azimning ushbu “Tazarru bog`lari” she`riy turkumi shoirning nafaqat badiiy tafakkuri, balki ruhiyat dunyosi ham yuksalganidan dalolatdir. Ushbu turkumdagi lirik kechinmalar tasvirining murakkabligi, insoniy tuyg`ularning yuksak darajada anglab , uni tasvirlash uslubining originalligi shoir iste`dodining yuksalishidan darakdir. Usmon Azim bugungi o`zbek she`riyati uchun muhim hissa qo`shgani shubhasizdir. Uning rang-barang janrlardagi asarlari adabiyotimiz namoyondalari uchun muhim manba bo`lib xizmat qiladi.

Usmon Azimning “Tazarru bog`lari” she`riy turkumi yana rang –barang, turli-tuman badiiy ifodalarga boyligi bilan ham e`tiborlidir. Shoirning badiiy mahorati beqiyosdir. Usmon Azimda adabiyotimiz vakillarida kamdan-kam uchraydigan “ruhiy energiya” mavjud. U. Azim hech bir detalni shunchaki qo`llamaydi, unga Alloh bergan iste`dod borki, uni уuksak darajaga ko`targan. Shoir ijodida keyingi yillarda ilohiyot bilan bog`liq masalaga e`tibor kuchayganini, insonning ruhiy va ma`naviy kamolotga yetishishidagi unsurlar haqidagi o`y – fikrlarining kamolotini aynan shu “Tazarru bog`lari” she`riy turkumida ko`rishimiz mumkin. Bundan tashqari U.Azim she`riyati chuqur lirik kechinmaga boyligi bilan ham qadrlanadi.

Yuqorida tahlillarimizdan yana shuni xulosa qilishimiz mumkinki, U.Azim inson umrini to`rt faslni boshdan kechiradigan katta bir bog` misolida tasavvur qiladi. Va ushbu tasavvurlarini lirik kechinmalar asosida yorqin ifodalab bera oladi. Asar nomi nega aynan “Tazarru bog`lari” degan savolimizga endi javobni anglab yetdik. Inson tabiatan shunday yaratilgan: Navqiron yoshlikda bolalikni, qariganda yoshlikni qumsaydi. Va har birdavr o`ziga xos yutuq va kamchiliklarga ega. Inson har doim yutuqlaridan sevinib, xatolari uchun yaratgandan izn so`raydi. Usmon Azim ham xuddi shu hodisalarni tabiat tasviri orqali ochib bergan.

Usmon Azim she`riyatda Rauf Parfi, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Mirzo Kenjabek singari badiiy mahoqati o`tkir shoirdir. Biz va kelajak avlodning vazifamiz ushbu shoirlar ijodini shuqur o`rganish.




Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish