Iv kurs bitiruvchisi rajabov nizomiddinning abduvali qutbiddin ijodida lirik tuyg



Download 230 Kb.
bet12/20
Sana14.01.2022
Hajmi230 Kb.
#361581
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
diplom ishi tayyor[1] — копия[1]

Hiyla begonamiz bilsak jahona.
Hiyla makrlaring sehrli emas,

Balo ham urmaydi na ajuz- majuz.

Hiyla nayranglarim yo’ldan ozdirmas,

Hiyla soching emas sening chanqovuz.
Ishq orqali anglangan dunyoni komilliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Dunyoning o‘zi ham mukammal uyg‘unlikdan tashkil topgan. Inson ham uning bir bo‘lagi sifatida kamolotga yetishmog‘i lozim. Axir odamzodning o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan qiziqishi, intilishi hech qachon tinch qo‘ymagan. O‘zni anglash esa bir umr davom etadigan uzluksiz jarayon. Insonning kamoloti ham xuddi mana shu o‘zlikni anglashdan boshlanadi.
Payg’omlar yo’lladim uyg’on hilolim,

Junun oqshomlari ochdi jamolin,

Poyalar bog’ladim domingga sening,

Sen mening,

Sen mening,

Sen mening.
Tiyra giryonlarda otliq dard hokim

Ki zulfi otashi ajdardir balkim,

Yig’laydi do’zaxiy olovdan ashki,

Sen mening,

Sen mening,

Sen mening.

Ko‘plab shoirlar kabi Abduvali Qutbiddin uchun ham yashashning ma’no-maqsadini, umr va hayot mazmunini, tiriklikning mohiyatini anglashga, insonning insonlik sha’niga, qadr-qimmatini, millatning taqdiri o‘zining bo‘yidan bir necha enlik(qarich) balandroq ekanligini anglashga yo‘l topib bergan mo‘jizaviy qurol so‘z bo‘ldi. Bor-u yo‘qlik ichida bularning barchasini anglatishga urinib, iztirob ichida qolgan, otashlar bag‘rida o‘zini izlab topgani so‘z bo‘ldi.
Dag’i dovonlarga xanjar ko’tarib,

Dag’i kokiliga dildor g’arq etgan.

Dag’i ishq sharobi jon jomi ichra,

Dag’i xubob qonda sho’x azob qonda.
Dag’i ayrolig’ning ayrolig’ida

Qayrilgan qoshingday dovonlar tushdi.

Dag’i dovonlarga xanjar ko’tarib,

Bizni yomon ko’rgan yomonlar tushdi.

She’r – dilning tarjimoni, dedik. Biroq Abduvali Qutbiddin she’rlari faqat dilning emas, tabiatning tarjimoni, shoirning o‘zi ruhiyat tarjimonidir. Shoir umri davomida o‘zini anglash yo‘lida nechog‘li harakat qilgan bo‘lsa, bosgan har bir qadamida vatanni anglashga urindi. Shu bois xalq, jasorat, kurash singari muhim mavzu va g‘oyalar yonida qalbdagi cho‘ng og‘riqlar ifodasi she’rxonni ham o‘zligi haqida o‘ylashga undaydi, uning mudrab yotgan yuragini uyg‘otadi. Chinakam she’riyatning vazifasi ham shu:


Sendan qafas hidi ufurar nechun?

Sendan chirqillaydi qayg’u vahima,

Agar jonim kerak bo’lsa, olaqol,

Faqat,

Yig’lama, Osima!
Yetti gul husningni tomosha qilsin,

Yetti qush seni deb cheksin dard-u g’am.

Tila tilagingni ko’zim ko’r bo’lsin.

Faqat,

Yig’lama, Osima!

Lirik qahramonning botinini ayovsiz iztirobga solayotgan tuyg’u uning oshiqligi, muhabbatiga talpingan va unga juda ko’p ozorlar berganligiga iqror bo’lib, unga yolborayotganligini his etish mumkin. «O’ttiz yil davomida she’r haqida o’yladim, uning ifoda shakllari, vositalari, prinsiplari, ruhi haqidagi fikrlar juda ko’p marta o’zgardi: she’r turmush o’chog’idan olingan laxcha cho’g’, hayotiy epizodga asoslangan, sujetli bo’lishi kerak, deb she’rning bo’lak turlarini tan olmay ancha yil yurdim; she’r yalt etgan oniy tuyg’u, zavq-shavq tug’yoni, uni faqat muzika janrlari bilan qiyos qilish mumkin, degan ruhda ham ancha vaqt ishladim; she’r hayot falsafasining essensiyasi, fikr, fikr, fikr! Fikrsiz poeziya yo’q deb, anchagina biryoqlama ratsionalistik she’rlar yozdim…», - deb yozadi iste’dodli shoir Asqad Muxtor.

Darhaqiqat, she’riyat – murakkab jarayon.

U so’z san’atining boshqa turlaridan o’zining nafisligi, his-tuyg’ularga boyligi, obrazliligi, badiiy bo’yoqdorligi va ta’sirchanligi bilan ajralib turar ekan, shu sababdan ham inson qalbining tub-tubidan otilib chiqayotgan tug’yoni, voqelikka bo’lgan ehtirosli, ba’zida esa murosasiz munosabatining ifodasidir. Lirik qahramonning murakkab, ziddiyatli, turfa xil to’lg’onishlarga, his-tuyg’ularga, ehtiroslarga boy bo’lgan qalbisiz she’riyat chinakam badiiyat namunasiga aylanishi mumkin emas. Biroq shunga qaramay, badiiyatning shunday umumiy qonuniyatlari borki, ular ma’lum darajada she’riyat olamini tushunishga, idrok qilishga imkon beradi.



Subhlar ho’playdi patli havoni,

Bir kun yolg’onchilik qiladi aprel.

Men sening kelishing hech istamayman,

Biroq kel.
Jarangdor soching ham bo’lar po’pakli,

Tillaqosh topilar ko’k sandig’ida.

Uch gaz bulut kessa bo’lar chimildiq,

Visol tog’ida.
Ma’lumki, har qanday hayot hodisasi inson qalbiga doir, har qanaqa fikr-tuyg‘u she’riyatda obraz orqali bevosita obrazli tilda aksini topadi. Abduvali Qutbiddin she’rlarida ham tabiat bag‘ridan tanlab olingan timsollar go‘zal va betakrordir.

Ko‘z oldimizda so‘zni qilichday qayrayotgan shoir qiyofasi namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat, Abduvali Qutbiddin she’rdagi har bir unsurni qayrashga toblashga astoydil harakat qilgan. Jumladan, bu yuqorida ta’kidlaganimizdek bugungi kunda ko‘p shoirlar e’tibor bermay qo‘ygan yoki bira to‘la voz kechib qo‘ya qolgan qofiyalash sanatiga ham daxldordir. Shoir she’rlarini o‘qirkanmiz, yangicha, o‘ziga xos qofiyalash uslublarini o‘rganib borish bilan bir qatorda, shoir to‘liq qofiyalardan imkon qadar qochadi.

Har bir iste’dodli shoirning ijodida bevosita o‘z qismatiga daxldor, o‘z yozug‘ini bashorat qiluvchi, hech bo‘lmasa, bitta she’ri bo‘ladi. Abduvali Qutbiddinda bunday she’rlar ko‘plab uchraydi. Biroq uning quyidagi she’ri shoir qismatini to‘liq belgilab bergandek taassurot uyg`otadi.
Hukmi ravonimg’a bo’ysunmas taqdir,

Endi yo’l birgina ruhlar ko’shkiga.

Tinch qumga men qanday tushaman axir,

Ishqiga to’ymadim,

Ishqiga.

Shoir she’riyatida lirik kechinma ko’ngilning bir lahzalik tasvirini bersa ham bu holat poetik taassurotning oniyligini bildirmaydi. Aksincha, poetik taassurotlarni umumlashtiradi.

Abduvali Qutbiddin she’riyatida aql va tuyg’u, fikr va tushunchaning o’zaro birligi turfa xil darajada aks etgan. Shu tariqa, lirik kechinma orqali shoir she’riyatidagi g’oyalar yanada teranroq o’z aksini topgan.



Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish