ANALITIK (TAHLILIY) EKOLOGIYA – Organizmlarning tabiiy muhit bilan o’zaro munosabatlarining asosiy qonuniyatlarini o’rganish.
ANTROPOGENEZ – Odamning paydo bo‘lishi va jamiyatning vujudga kelishida uning tur sifatida shakllanishi.
ANTROPOGEN YUK – Tabiat yoki uning ayrim ekologik komponentiga odamning bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatish darajasi.
ANTROPOXORIYA - O‘simlik urug‘ va mevalarining odam faoliyati vositasida tarqalishi.
ANTEKOLOGIYA - O‘simliklarning gullashi va changlanish ekologiyasini o‘rganuvchi botanikaning bir bo‘limi.
AREAL – Maydon , joy o‘simlik va hayvonlarning ma’lum turi, turkumi yoki oilasi tarqalgan geografik hudud, maydon.
Do'stlaringiz bilan baham: |