DAVLAT BUYURTMA QO’RIQXONALARI (ZAKAZNIKLAR) - Alohida ahamiyatga ega bo’lgan tabiat komplekslari yoki ularning komponentlarini saqlash, qayta tiklash va ekologik balansini qo’llab – quvvatlash maqsadida buyurtma qo’riqxona oldiga qo’yilgan vazifani bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriyalar) hisoblanadi.
DAVLAT MILLIY BOG’LARI - Tabiat muhofazasi, ekologik - ma’rifiy, ilmiy – tadqiqot muassasalari bo’lib, ular tabiat muhofazasi, ma’rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda va tartibga solinadigan turizmda foydalanishga yo’naltirilgan. Ularning hudud (akvatoriya)lari alohida ekologik, tarixiy va estetik qiymatga ega bo’lgan tabiat komlekslari va obyektlarini egallaydi. Milliy parklar atrofida tabiatdan foydalanishning tartibga solingan rejimiga ega bo’lgan muhofaza zonalari barpo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |