BIOTIK UYUSHMA - Fizik va biotik omillar (raqobat, o‘lja yirtqich munosabatlari) orqali o‘zaro bog‘liq hayvon hamda o‘simliklar majmui.
BIOTOP - Ma’lum biotsenoz egallagan relyefi, iqlimi va boshqa abiotik omillari o‘xshash bo‘lgan joy. Biotop organizmlarning tur tarkibi va ularning yashash xususiyatlarini ham belgilab beradi.
BIOTROFLAR – Geterotrof organizmlarga mansub bo‘lib, boshqa tirik organizmlar bilan oziqlanadigan organizmlar. Masalan, fitofaglar va zoofaglar.
BIOTSENOZ – Yashash sharoitlari ma’lum darajada bir (xil bo‘lgan hudud (masalan, ko‘l, o‘tloq) ni egallagan o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar majmui.
BIOFILTRATSIYA – Sanoat korxonalari, chorva korxonalari yoki shaharlardan chiqadigan oqava suvni biologik yo‘l bilan tozalash.
BIOEKOSAN – O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi negizida tashkil etilgan ilmiy – uslubiy yoshlar markazi. Uning ilk ko`rishi – “Yosh Tabiatshunoslar” 1929 yilda tashkil etilgan. 1995 yilda o`quv – uslubiy majmua sifatida qayta tashkil etildi. Uning tarkibida to`rtta bo`lim va ikkita laboratoriya faoliyat ko`rsatadi. “Bioekosan” ning asosiy maqsadi – maktabdan tashqari o`qitish ishlarida biologiya, ekologiya va sog`lomlastirish yo`nalishlarida to`garaklar, klublar tashkil etish, yosh avlodga sog`lom turmush tarzini singdirish maqsadida turli tadbirlar uyushtirish va mazkur faoliyatni yorituvchi ilmiy – ommabop va uslubiy adabiyotlar nashr ettirish.
GEOBIONT – Tuproqda yashovchi organizmlar majmui.
GEOBOTANIKA - O‘simliklar qoplamining yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. Ko‘pchilik olimlar geobotanikaga fitotsenologiya va botanik geografiyani ham kiritadilar.
GEOEKOLOGIYA – Ekologik geografiya ma`nosini beruvchi atama. Atamasining atamani fanga 1939 yilda nemis georaf – landshaftshunosi K. Trol kiritgan.
GETEROTROF ORGANIZMLAR – Oziqlanishida boshqa turdagi organizmlar tomonidan sintezlangan tayyor organik moddalardan foydalanuvchi organizmlar. Bularga barcha hayvonlar, tekinxo‘r o‘simliklar, ko‘pchilik mikroorganizmlar kiradi.
GIGROFILLAR – Namsevarlar namligi yuqori darajada bo‘lgan sharoitda yashashga moslashgan yer usti organizmlari.
GIGROFITLAR - Namsevar o‘simliklar, suvga boy sharoitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar.
GIDROBIOLOGIYA – Suv ekosistemasi va uning komponentlarini, asosan suv organizmlari hamda ularning yashash qonuniyatlarini o‘rganadigan biologiyaning bir bo‘limi.
GIDROPONIKA – O‘simliklarni mineral tuzlarning suvli eritmalarida toshli asosga ega bo‘lgan joylarda o‘stirish.
GIDROTAKSIS – Suvga intilish, organizmlarning namlik ko‘p yoki namlik kam tomonga harakati.
GIDROFITLAR – Suvchan o‘simliklar, tanasining pastki qismi bilan suvga ko‘milgan va ildizi gruntga birikkan suv o‘simliklari. Masalan, qamish (Phragmites).
Do'stlaringiz bilan baham: |