AVTOTROF ORGANIZMLAR — Anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarur organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlar. Jarayon quyosh energiyasi yoki kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiquvchi energiya hisobiga kechadi. Bularga deyarli barcha yashil o‘simliklar, suvo‘tlar, ba’zi bakteriyalar kiradi.
AVTOXORIYA — O‘z – o‘zidan tarqalish, meva, urug‘larni tashqi omillar ishtirokisiz o‘zidan – o‘zi to‘kilishi, sochilishi va tarqalishi.
AVTOXTONLAR — Tub joyli, evolyutsion jarayon natijasida shu erda paydo bo‘lgan va yashayotgan organizmlar. Masalan, o‘rdakburun Avstraliyaning, chumolixo‘r esa Janubiy Amerikaning avtoxtoni hisoblanadi.
AGLOMERATSIYA — Ekologik jihatdan bir xil bo‘lgan turlardan tashkil topgan fitotsenoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |