GLOBAL EKSTERNALIYA - ifloslantirishning transchegara tarqalishi bilan bog’liq va ularga qarshi kurashda maxsus xalqaro konvensiyalar va shartnomalarni tuzish zaruratini ko’zda tutadi.
DAVLAT QO’RIQXONALARI - xo’jalik faoliyatida foydalanishdan to’liq olingan alohida muhofaza qilinadigan tabiat komplekslari va obyektlari (Yer, suv, Yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonot olami) bo’lib, tabiat muhofazasi, ilmiy, ekologik – ma’rifiy ahamiyatga ega funksiyani bajaradi. Ular tabiiy muhitning tabiiyligini, tipik yoki kamyob landshaftlar, o’simlik va hayvonot olamining genetik fondlarini asrash va saqlash joylari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |