Iv-bob. Detallarga isahlov berishdagi aniqlik aniqlik tushunchasi


-rasm. Tokarlik stanogi old babkasi o‘qining markazlarda ishlov berganda haroratdan qizishida gorizontal siljishi



Download 236,59 Kb.
bet13/16
Sana20.06.2022
Hajmi236,59 Kb.
#682904
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
006.Аниклик

3.5 -rasm. Tokarlik stanogi old babkasi o‘qining markazlarda ishlov berganda haroratdan qizishida gorizontal siljishi
Vujudga keladigan sistematik o‘zgaruvchan xatolik oldingi babka shpindeli o‘qini gorizontal surilishining ikkilangan miqdoriga teng. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, zagotovkalarni patronda ishlashdagi gorizontal surilish, markazlarda ishlashdagiga qaraganda ko‘proq bo‘lib, 17 mkm gacha etadi. SHpindelning aylanishlar chastotasi orttirilganda uning siljishi proporsional ravishda ortadi. SHpindel o‘qining siljishi oldingi babkaning dastlabki 3–5 soat ishlashida haroratning o‘zgarishida kuzatiladi. Keyin esa harorat va shpindel o‘qining holati muvozanatlashadi. Stanok to‘xtatilganida, u asta–sekin sovib, shpindel o‘qi o‘z holatiga siljib qaytadi. Shuning uchun stanokning harorat deformatsiyasi bilan bog‘liq ishlov berish xatoligini yo‘qotish maqsadida stanokni dastlab harorat muvozanati vujudga kelgunicha salt yurishida boshlang‘ich qizdirish talab etiladi.
Ishlov berish jarayonida kuchli qiziydigan kesuvchi asbobning issiqlik deformatsiyalari ham ishlov berish aniqligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kesish zonasida ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi keskich asbobga o‘tib, uning qizishiga va o‘lchamlarini o‘zgarishiga olib keladi.
Tokarlik ishlov berishda texnologik sistemaning issiqlik deformatsiyasidan bog‘liq xatoligining katta qismini keskichlarni qizishi natijasidagi uzayishi vujudga keltiradi. T15K6 plastinkali, quloch uzunligi 40 mm va ko‘ndalang kesimi 20x30 mm bo‘lgan keskich bilan legirlangan v=1080 MPa (110 kgs/mm) po‘lat yo‘nilganda, keskichning issiqlik muvozanati taxminan 20– 24 daqiqa uzluksiz ishlagandan keyin ro‘y beradi (3.6–rasm). YUmshoq po‘latga ishlov berishda ko‘rsatilgan qonuniyatning umumiy xarakteri saqlanib, keskichning issiqlik muvozanati 12 daqiqa uzluksiz ishlagandan keyin ro‘y beradi. Kesish tezligi, kesish chuqurligi va surish oshirilganda qizish tezlashadi va keskich ham uzayadi. Keskich uzayishiga uning dasta qulochi uzunligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, keskich qulochini 40 mm dan 20 mm gacha kichiklashtirilganda uning uzayishi 28 mkm dan 18 mkm gacha kamaygan. Keskichning qizishi va uzayishi ishlov beriladigan material qattiqligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Sovitishsiz ishlaganda keskichning uzayishi 30–50 mkm gacha etadi. Ko‘p miqdorda sovitgichlar sarflab sovitilganda keskichlarning uzayishi 3–3,5 marta kamayishi kuzatiladi.
Issikliq muvozanatlashgan sharoitlarda keskichning uzayishini (mkm) quyidagi formula bilan taxminan hisoblash mumkin,
(3.7)
bu erda: –doimiy ( =100–200 m/min, mm, mm/ayl, =4,5 bo‘ladi); –keskich qulochining uzunligi, mm; –keskich ko‘ndalang kesimi, mm2.
Issiqlik muvozanati vujudga kelgunga qadar boshlang‘ich ishlash davrida keskichning uzayishi ishlov beriladigan detal o‘lchamining yoki yuzalarning shaklni uzluksiz o‘zgarishiga olib keladi.

3.6-rasm. Keskich tanaffus bilan ishlashini uning issiqlik deformatsiyasiga ta’siri: 1-keskichning sovishi; 2- keskichning uzluksiz ishlashidan qizishi;


3 tanaffus bilan ishlash sharoitida. - keskichning mashina vaqtidagi uzayishi; - keskichni tanaffusda qisqarishi

Detallarga mashina vaqtiga teng tanaffus bilan ishlov berishda, kesuvchi asbob asta-sekin sovib, u qisqarib boradi. Bu sovish navbatdagi zagotovkani kesish davrigacha davom etadi. 3.6–rasmdagi grafik shuni ko‘rsatadiki, zagotovkalarga mashina vaqti tanaffusi bilan ishlov berilganda keskichning issiqlik deformatsiyasi, va natijada ishlov berishning harorat xatoligi sezilarli miqdorda kamayadi. Ritmik ishlaganda zagotovkaning issiqlik deformatsiyasi doimiy bo‘ladi. Keskich mashina vaqti tanaffusi bilan ritmik ishlatilganda uning uzayishi quyidagi formuladan taxminan aniqlanishi mumkin


mm, (3.8)
bu erda - keskich ishlashining tanaffus vaqti, min.
Ishlov berish jarayonida zagotovkaning harorat deformatsiyasi ham ishlov berish aniqligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi yo‘nish, frezalash, randalash, ichki yo‘nish, tashqi sidirish operatsiyalarini bajarishda kesish zonasida vujudga keladigan issiqlikning katta qismi asosan qirindida to‘planadi. Zagotovkaga esa kam miqdordagi issiqlik o‘tadi. Parmalashda esa issiqlikning katta qismi zagotovkada qoladi. Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, tokarlik ishlov berishda 50–86 %, yuqori tezlikda kesishda esa 90 % gacha issiqlik qirindi bilan chiqib ketadi, 10–40 % issiqlik keskichga o‘tadi; 3-9 % issiqlik zagotovkada qoladi va 1 % ga yaqini tashqi muhitga tarqaladi. Parmalashda 28 % issiqlik qirindi bilan chiqib ketadi; 14,5 % parmaga o‘tadi; 52,5 % zagotovkada qoladi va 3 % tashqi muhitga tarqaladi.
Zagotovkalarni uzunligi bo‘yicha harorat deformatsiyasi quyidagi formuladan aniqlanishi mumkin
, (3.9)
bu erda: –haroratdan kengayish; –zagotovka materialining chiziqli kengayish koeffitsienti; –zagotovka uzunligi; va –harorat darajasining farqi.
Ishlov berish xatoligi detal matierialidagi ichki kuchlanishlar ta’siri ostida vujudga keladigan deformatsiyalar natijasida ham sodir bo‘lishi mumkin. Ichki kuchlanishlar quyib , bolg‘alab, shtamplab tayyorlangan zagotovkalarning, hamda soviq holatda bosim ostida ishlov berilgan, payvandlangan, termik ishlov berilgan, kesib ishlov berilgan detallarda alohida qismlarini notekis sovishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Ichki kuchlanishlar ayniqsa murakkab konfiguratsiyadagi yirik quymalarda katta miqdorda vujudga keladi. Vaqt o‘tishi bilan ichki kuchlanishlar asta-sekin zaiflashib, tekislanadi va yo‘q bo‘lib ketadi, bunda detal deformatsiyalanadi (koroblanadi). Metallga kesib ishlov berilganda zagotovkaning yuza qatlami qirqib olinadi, metallda (ayniqsa quymada) ichki kuchlanishlarning qayta taqsimlanishi yuz beradi va detal deformatsiyalanadi. Ichki kuchlanishlar ta’sirida vujudga keladigan zagotovkalarning bunday deformatsiyalari detallarda sistematik geometrik shakl xatoliklarini paydo bo’lishiga ichki manba bo’lib xizmat qiladi. SHuning uchun ham xomaki (shilish) operatsiyalar detal shaklini to‘g‘rilaydigan va unga yakuniy o‘lcham beradigan toza ishlov berish operatsiyalaridan alohida bajariladi.
Yirik quymalarda ichki kuchlanishlarni kamaytirish yoki yo‘qotish uchun eskirtirish (tabiy va sun’iy) foydalaniladi. Eskirtirishdan asosiy maqsad, quymaning strukturasini muvozanat holatiga keltirish, ya’ni metalni sovishida, dastlabki mexanik (dag‘al-shilib) ishlov berishda vujudga keladigan zagatovkadagi ichki kuchlanishlarni yo‘qotishdan iborat.
Tabiiy va sun’iy eskirtirish foydalaniladi. Tabiiy eskirtirishda quyma va shtamplangan katta gabaritli zagotovkalar birlamchi dag’al ishlovdan keyin 0,5 – 1 yil ochiq havoda atmosfera ta’siri (yomg’ir, qor, quyosh nuridan qizishi, shamol tegishi) ostida ushlanadi. Natijada ichki kuchlanish asta-sekin 70...80% gacha kamayishi mumkin. Bu jarayonningg uzoqligi tufayli ko‘pincha sun’iy eskirtirish qo‘llanadi. sun’iy eskirtirish zagotovkaga pechlarida (elektrik, gazli, neftli) 450-500 0S da qizdirib termik ishlov berish, 12-15 soat davomida ushlab turish va 2,5-3 soat davomida pechka bilan sovitish, keyin zagotovkani ochiq havoda yakuniy sovitish bilan amalga oshiriladi. Ba’zida suniy eskirtirish boshqa usullarda ham amalga oshiriladi. Masalan, osib quyilgan zagatovkani bolg‘a bilan taraqlatib bolg’alash, titratish, o’zgaruvchan tok o’tkazish, yuvish mashinasida detalni sovuq va issiq suv bilan yuvish, detalning ishlov berilmaydigan yuzalarini dastaki jilvirlash mashinalari bilan jilvirlash. Zagotovkadan o’zgaruvchan tok o’tkazish, taraqlatib bolg’alash va boshqa kabilar yaxshi natija bermaganligi sababli juda kam qo’llaniladi.
Eskirtirish asosan shakl va o‘lchamlarining yuqori stabilligi talab qilinadigan yirik quyma detallarda, masalan stanok staninalarida talab qilinadi.


  1. Download 236,59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish