Garmonik ta’sirlar orqali olingan rostlash sifatining baholari tizim turgunligini saqlab qolish xususiyatini ko’rsatadi. Tizimni loyihalashda ko’zda tutilgan sharoit bilan real ish sharoiti bir xil bo’lmasligi mumkin. Bu hollarda tizim turgunlik ko’rsatkichlarida og’shlar paydo bo’ladi. Loyihalashda bu og’shlar tizimni turgun holatidan chiqarib yubormasligi choralari oldindan ko’rilishi kerak. Garmonik ta’sirlar orqali rostlash sifatini baholashda ko’riladigan ko’rsatkichlar aynan shu maqsadda foydalaniladi.
Garmonik ta’sirlar orqali tizim sifatini W(j) - amplituda–fazaviy (AFX), A() - amplituda-chastotali (AChX), () - fazachastotali (FChX) va L()-logarifmik chastotaviy xarakteristikalar (LChX) bo’yicha baholalash qabul qilingan. O’tish jarayonini baholashda quyidagi ko’rsatkichlar foydalaniladi: tebranuvchanlik ko’rsatkichi M, rezonansli chastota , tizimni o’tkazish yo’lagi , kesish chastotasi , turgunlik zaxiralari L, . Bu ko’rstkichlar berk tizimning o’zini yoki ochiq tizimini uzatish funksiyalari orqali aniqlanadi.
Berk tizim AChX si bo’yicha:
ko’rstkichlar aniqlanadi.
Demak, garmonik ta’sirlar orqali rostlash sifatini baholashda tizim uzatish funksiyasini chastotaviy ko’rinishidan foydalaniladi. Uni amplituda faza chastotaviy funksiya deb nomlanishini o’tgan mavzulardan(§2.4) bilamiz:
Bu yerda A()=|W(j)| amplituda-chastotali funksiya.
Amplituda-chastotali funksiyaning maksimum qimatini bo’lgandagi qimatiga nisbati tebranuvchanlik ko’rsatkichi deyiladi (4.13-rasm):
4.18-rasm. Tebranuvchanlik ko’rsatkichi .
Tebranuvchanlik ko’rsatkichi tizimni tebranishga qanchalik moil ekanligini xarakterlaydi. M qancha katta bo’lsa tizim shuncha tebranuvchan bo’ladi, bu esa tizimning sifati pastligini bildiradi. Ruxsat etilgan qiymat .
Amplituda-chastotali funksiya maksimumga erishadigan chastota tizimning rezonansli chastotasi deyiladi(4.18-rasm):
Rezonansli chastotada garmonik tebranishlar eng katta qiymat bilan tizim orqali o’tadi.
Tizim o’tkazish yo’lagi – bu dan shart bilan aniqlanadigan chastotagacha bo’lgan interval [0, (4.19-rasm). Bu interval juda ham keng bo’lmasligi kerak, aks holda tizim yuqori chastotali xalaqit ta’sirni yuzaga keltiradi..
4.19-rasm. Tizim o’tkazish yo’lagi
Amplituda-chastotali funksiya qiymati birga teng yani bo’ladigan chastota kesish chastotasi deyiladi. Bu chastota o’tish jarayonining davomiyligini bilvosita xarakterlaydi. Kesish chastotasi bilan rostlanish vaqti bir-biriga teskari proporsional:
Agar o’tish jarayoni bir-ikki tebranishli bo’lsa, u holda o’tish xarakteristikasini birinchi maksimumga erishish vaqti:
Endi berk tizimning ochiq tizimi AFChX si bo’yicha aniqlanadigan sifat ko’rsatkichlarini ko’ramiz.
Berk tizimning ochiq tizimi turgun bo’lsin, ya’ni, xarakteristik tenglamasi ildizlarining haqiqiy qismi qattiy manfiy bo’lsin. U holda turgunlikning Naykvist mezoniga ko’ra godograf haqiqiy o’qni (-1,0) oralikda kesib o’tadi. Agar -1 nuqtani o’zidan o’tsa, tizim turgunlik chegarasida boladi, (-∞, -1) orasidan kesib o’tsa noturgun bo’ladi. Sifat ko’rsatkichi tizim turgunlik chegarasida bo’lishiga qancha masofa va qancha burchak borligini ko’rsatadi. Ular turgunlik zahirasi deyiladi. Turgunlik chegarasida bo’lishiga qancha masofa borligini amplituda bo’yicha turg’unlik zahirasi va qancha burchak borligini faza bo’yicha turg’unlik zahirasi ko’rsatadi. Amplituda bo’yicha turg’unlik chegarasi birga teng: a=1 Amplituda bo’yicha turg’unlik zahirasi – bu tizimni turgunlik sohasi chegarasiga chiqarish uchun zarur qo’shimcha kuchaytirish. U detsibelda o’lchanadi va quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Bu yerda amplituda – chastotali funksiyaning bo’ladigan chastotadagi qiymati (4.20-rasm):
Amaliy masalalarda 6 dB kam bo’lmagan amplituda zahirasini taminlash kerak.
4.20-rasm. Berk tizimning ochiq tizimi uchun .AFChX. Faza bo’yicha turg’unlik zahirasi – bu tizimni turgunlik sohasi chegarasiga chiqarish uchun zarur qo’shimcha faza siljishi. U gradusda o’lchanadi va kesish chastotasi orqali aniqlanadi:
Bu yerda -kesish chastotasi yani amplituda – chastotali funksiyaning qiymati birga teng bo’ladigan chastota (4.20-rasm):
Faza bo’yicha turg’unlik zahirasi 30 dan kam bo’lmasligi talab etiladi.
Amplituda zahirasi va faza zahirasini turgunlikni klassik zahiralarideyiladi
Amplituda zahirasi va faza zahirasini LAChX va LFChX grafigi orqali aniqlash oson.
bo’lganda, bo’lsa, amplituda 0Agar L( )=0 bo’lsa A( ) =1va tizim turg’unlik chegarasida bo’ladi.
LFChX -180 bo’lgandagi chastotada LAChX qiymatidan L=0 chiziqqacha masofa amplituda zahirasi bo’ladi.
LAChX L()=0 chastota ( kesish chastotasi)dagi LFChX qiymatidan chizig’igacha masofa faza zahirasi bo’ladi.
4.21-rasm Berk tizimning ochiq tizimi uchun LAChX va LFChX.
Agar LFChX -180ni kesib o’tmasa amplituda zahirasi cheksiz bo’lishi mumkin.
Yaxshi amartizatorli tizimlarda amplituda bo’yicha zahira 6 dBdan 20dBgacha bo’ladi, faza bo’yicha zahira dan gacha bo’ladi
Ba’zi hollarda turgunlikni klassik zahiralari tizim haqiqatdan turgunlik chegarasiga qanchalik yaqin ekanligini mutloq ishonchli tasvirlab bera olmaydi. Bunday holda (-1,0) nuqtadan godografgacha eng qisqa yo’l yagona xaraktaristika sifatida qo’llaniladi (4.16-rasm).
4.22-rasm. (-1,0) nuqtadan godografgacha eng qisqa yo’l.
Nazorat savollari: Garmonik ta’sirlar orqali olingan rostlash sifatining baholari nimaga kerak?
Garmonik ta’sirlar orqali rostlash sifatini baholashda qanday xarakteristikalar foydalaniladi?
Qanday chastotaviy ko’rsatkichlar bilan sifat baholanadi?
Turgunlini klassik zahiralari nima?
Klassik zahiralari LACHX va LFCHX orqali qanday aniqlanadi?
Tebranuvchanlik ko’rsatkichi nima va u qanday aniqlanadi?