etish va tabiiy o ‘sish absolyut sonini mamlakatning o ‘rtacha yillik aholi
soniga bo‘lish kerak. Statistikada bunday ko‘rsatkichni har bir ming
kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
Aholining tabiiy xarakatini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlarga
quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko‘rsatkichlarini
aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o ‘rtacha yillik
soniga bo‘lib aniqlanadi.
1. Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti m a’lum
xududdagi aholining
xar 1000 tasiga nechta tug‘ilish to ‘g ‘ri kelishini ifodalaydi
Tug‘ilish umumiy Kt=T x 1000%/A;
«A» shahrining o‘rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda
5,6 ming kishi tug‘ilgan
Umumiy tug‘ilish K -5,6/400 x 1000%=14%0;
Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug‘ilganini ifodalaydi.
Bu ko‘rsatkichni ham vaqt bo‘yicha, ham xududlar bo‘yicha solishtirish
mumkin.
2. Vafot etishning umumiy koeffitsienti xar ming kishidan nechtasi
vafot etganini ifodalaydi.
Umumiy vafot etish K -V E /A x 1000%0
«A» shaxrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan.
Umumiy vafot etish K-4,0/400x1000% =10% 0
Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini
ifodalaydi.
3. Aholining tabiiy o ‘sish koeffitsienti xar 1000 kishiga to ‘g ‘ri
kelgan
tabiiy o ‘sish darajasini ko‘rsatadi.
Tabiiy o ‘sish K*=T-VE/A x 1000%
«A» shahri uchun tabiiy o ‘sish koeffitsienti
Tabiiy o ‘sish K -5,6-4,0/400 x 1000%=4%0 yoki
Tabiiy o ‘sish Kt=14-10=4%
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko‘payish to ‘g ‘ri
kelgan.
O ‘zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz
berdi: bular ayniqsa aholi tug‘ilishi, tabiiy takror paydo bo‘lishi,
migratsiya va urbonizatsiya sohalarida yuz berdi.
Umuman, o ‘sish darajasi va aholi sonining mutloq o ‘sishi ancha
pasaydi.
Keyingi o ‘n yil ichida (2001-2010 yy.) O ‘zbekiston aholisi 3,4 mln.
kishiga ortdi va 28,3 mln. kishini tashkil etdi. O ‘rtacha har yil aholi
60
1,4%ga ortdi, yoki o ‘rtacha yillik absolyut o ‘sish - 375
ming kishini
tashkil etdi.
Avvalgi o ‘n yillikda (1991-2000 yy.) O ‘zbekiston aholisi 3,9 mln.
kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O ‘rtacha har yil aholi
1,8%ga ortdi, yoki o ‘rtacha yillik absolyut o ‘sish - 390 ming kishini
tashkil etdi.
Undan avvalgi o ‘n yilda (1981-1990 yy.) O ‘zbekiston aholisi 4,1 mln.
kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o‘rtacha o‘sish tempi 2,5%ni
tashkil etgan.
Undan ham avvalgi o ‘n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi
o ‘rtacha 3,8%ga ortgan.
4.
Yashash koeffitsienti tug‘ilish va vafot
etish orasidagi nisbatni
ifodalaydi:
Yashash K -T /V E x 100%0; yoki
Yashash Kt=Umumiy tug‘ilish Kt/Umumiy vafot etish K
Yuqoridagi misolda «A» shaxrida yashash koeffitsienti =1,4
(tug‘ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko‘p)ga teng.
Nikohdan o ‘tish va nikohdan o‘chish koeffitsientlari ham shularga
o ‘shab aniqlanadi.
Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlar - maxsus va yakka koeffitsientlar
demografik jarayonlar sonini o ‘sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu
ko‘rsatkichlar mamlakatdagi demografik ahvolni keng m a’noda o ‘rganish
imkoniyatini beradi.
1. Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti yil davomida bola tug‘ish
yoshidagi xar 1000 ayoldan (yosh guruhi 15-49 yosh) qanchasi bola
ko‘rganini ifodalaydi:
Maxsus tug‘ilish Kt=T/A15-49 yosh x 1000%
Bunda, A 15-49 yosh - 15-49 yoshdagi ayollarning o‘rtacha
yillik soni
tug‘ilishning umumiy va maxsus koeffitsientlari orasida quyidagicha
bog‘lanish mavjud:
Maxsus tug‘ilish Kt=Umumiy tug‘ilish Kt/d
Bunda d=A15-49/A - 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi
salmog‘i.
«A» shahridagi 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi
salmog‘i 24,5% bo‘lsa,
Maxsus tug‘ilish K -14% /0,245=57,1% 0
2. Tug‘ilish va vafot etishning yosh koeffitsientlari. Masalan, vafot
etishning yosh koeffitsienti m a’lum yoshdagi kishilarning vafot etish
darajasini ifodalaydi:
61
Vafot etish K -X yoshda vafot etganlar soni/Ax х 1000%
Uchinchi guruh - andozaviy koeffitsientlar bo‘lib, ular aholini takror
paydo bo‘lishini hududlar bo‘yicha yoki bir hududdagi har xil vaqtlar
orasidagi o ‘zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: