—
A1 + A
2
+ A3 + .. . ч—
A n
aniqlanadi:
a = 2 ---------------------------- 2—
;
n - 1
Mamlakat aholisi uning hududi bo‘yicha joylanishi nuqtai nazardan
shahar aholisi va qishloq aholisiga bo‘linadi. Shahar aholisiga shaharlarda
va shahar ko‘rinishidagi posyolkalarda yashovchi, qishloq aholisiga esa
qishloq joylarida yashovchi barcha shaxslar kiradi. (Aholini bunday shahar
va qishloq aholisiga ajratishni, ularni ishlab chiqarish belgisi bo‘lgan
mehnat xarakteriga qarab: qishloq xo‘jaligida va unda bo‘lmagan aholiga
ajratish bilan almashtirmaslik lozim). U yoki bu aholi punktini shaharga
kiritish qonun bilan belgilanadi.
O ‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o ‘rtacha yillik aholi
soni 2010 yilda 28,3 mln. kishini tashkil etgan. Ularning 40 foizdan ortig‘i
qishloq aholisi tarkibiga 60 foizga yaqini esa shahar aholisi tarkibiga
kiritilgan. O ‘zbekistonda Markaziy Osiyo mintaqasining 46,6 foiz aholisi
yashaydi.
56
O ‘zbekistonning o ‘ziga xos demografik xususiyati shundaki, bu erda
aholining o ‘sish sur’atlari yuqori. Keyingi yillarda aholi tabiiy o ‘sishining
bir qadar pasayishiga qaramasdan, respublikamizda bu ko‘rsatkich MDH
davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shunday qilib:
DA=MA-VY a+VY
MA=DA+VYa-VY
DA - doimiy aholi soni
MA - mavjud aholi soni
VY - vaqtincha yo‘q bo‘lgan aholi soni
VYa - vaqtincha yashayotgan aholi soni
Masalan, «A» shahar bo‘yicha quyidagi m a’lumotlar mavjud (ming
kishi):
1) yil boshida mavjud aholi soni - 315
2) shulardan vaqtincha yashayotgan shaxslar soni - 11
3) vaqtincha yo‘q bo‘lgan shaxslar soni - 19
4) yil oxirida shaharda doimiy yashovchilar soni - 307
5) shulardan vaqtincha yashayotganlar soni - 12
6) yil oxirida vaqtincha yo‘q bo‘lganlar soni - 18
U holda:
1) DA yil boshida=315-15+19=323 ming kishi
2) DA yil oxirida=307-12+18=313 ming kishi
3) DA soni o ‘zgarishi = - 10 ming ishi
4) MA yil boshida=323+11-19=315 ming kishi
5) MA yil oxirida=307+12-18=301 ming kishi
6) MA soni o ‘zgarishi = - 14 ming kishi
Bunda aholining yil boshi va oxiridagi ikki xil sonini hisoblashdan
maqsad, har xil ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkchilarni aniqlash hisoblanadi:
ularga uy-joy, bog‘cha-yasli, o ‘quv yurtlari binolari va kasalxonalarni
qurishda har bir aholi yashaydigan punktning doimiy aholisi sonidan,
shaxar transportini to ‘xtovsiz ishlashini va kunlik oziq-ovqat bilan
ta’minlash maqsadida mavjud aholi sonidan kelib chiqishi kerak. Ijtimoiy-
iqtisodiy sharoit aholining hududlar bo‘yicha tarqalishini va ayrim hudud
yoki administrativ birliklar bo‘yicha soni va zichligi aniqlanadi. Zichligini
aniqlash uchun shu xududda yashovchi aholi sonini hudud kengligiga
( k m ) bo‘lib aniqlanadi. Masalan, O ‘zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkich
2010 yilda o‘rtacha 63,1 kishi (28338,9 ming kishi/448,9 km2)ga teng
bo‘lgan. Lekin bu ko‘rsatkich mamlakatning ayrim xududlari bo‘yicha bir-
biridan keskin farq qiladi.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |