Savollar, testlar va masalalar.
1. Aholi-statistikasining o ‘rganish ob’ekti
va bu sohada statistikaning
vazifalari nimalardan iborat.
2. SHaxs, oila va uy xo‘jaligi kategoriyalarini ta’riflang. Oila va uy
xo‘jaligi orasidagi farq nimada?
3. Aholi bo‘yicha m a’lumot manbalari nimalardan iborat.
4. Aholi soni bo‘yicha qanday ko‘rsatkichlar aniqlanadi..
5. Aholi ro‘yhatini o ‘tkazishdagi kritik
moment nima va u qanday
tanlanadi.
6. Kritik moment - bu:
a) aholi ro‘yhati o ‘tkaziladigan vaqt
b)xonalarda yashovchi kishilardan so‘rov o ‘tkaziladigan vaqt
v) aholi haqida m a’lumot to ‘planadigan vaqt
g) aholi soni tenglashtiriladigan vaqt.
7. To‘g ‘ri ta’rifni belgilang.
Doimiy aholi - bu:
a) m a’lum aholi yashaydigan punktdan hech qachon chiqib
ketmaydigan kishilar;
b) doimiy ro‘yhatda turuvchi kishilar
v) hisob o ‘tkazilayotgan vaqtda qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar odatda
shu hududda yashovchi kishilar
Mavjud aholi - bu:
a) m a’lum aholi yashaydigan punktda doim yashovchi kishilar
b) doimiy ro‘yhatda turuvchi kishilar
v) qaysi hududda ro‘yxatda turishidan qat’iy nazar, ro‘yhat
o ‘tkazilayotgan vaqtda shu aholi punktida bo‘lgan kishilar
8. Vaqtincha yashayotgan kishilar - bu:
a) m a’lum aholi yashaydigan punktda doimiy yashovchilar
b) doimiy ro‘yxatda turuvchi kishilar
v) doimiy ro‘yxatda
boshqa punktda turib, ro‘yhat o ‘tkaziladigan
vaqtda bu punktga vaqtincha kelib qolgan kishilar.
9. Vaqtincha yo‘q bo‘lgan kishilar - bu:
a) m a’lum aholi punktida vaqtincha yashayotganlar
b) vaqtincha ro‘yhatda turuvchi kishilar
v) doimiy ro‘yhatda m a’lum aholi punktida turuvchi, lekin ro‘yhat
o ‘tkazilayotgan vaqtda shu punktda bo‘lmagan kishilar.
10. Aholini tabiiy harakatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tanlang:
a) tug‘ilganlar soni
b) doimiy yashash uchun kelgan kishilar soni
69
v) vafot etganlar soni
g) tabiiy o ‘sish koeffitsienti
d) vafot etishning yosh koeffitsientlari
e) mexanik o‘sish soni.
11. Aholining mexanik harakatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni
tanlang:
a) yashash koeffitsienti
b) doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni
v) mexanik o ‘sish koeffitsienti
g) bolalarning vafot etish koeffitsienti.
12. Vafot etish jadvali ko‘rsatkichlarini tanlang:
a) m a’lum yoshgacha yashay olish koeffitsienti
b) bolalarning vafot etish koeffitsienti
v) vafot etishning umumiy koeffitsienti
g) m a’lum yoshgacha yashovchilarning o ‘rtacha soni.
13. Mayatnikli migratsiyani to ‘g ‘ri ta’rifini aniqlang:
a) aholining ishi yoki o ‘qishi bilan bog‘liq bo‘gan bir
aholi punktidan
ikkinchisiga vaqti-vaqti bilan borib-kelib turishi
b) aholining dam olish joyiga borishi va kelishi bilan bog‘liq harakati
v) aholining doimiy yashash joyini o ‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan
harakati.
14. O ‘zbekiston aholisining yosh tarkibi bo‘yicha yillar bo‘yicha
doimiy yashash joyini o ‘zgartirishini tahlil qiling:
Do'stlaringiz bilan baham: