127
bog‘liq. Termobimetall plastina atrofidagi muhit harorati qanchalik baland bo‘lsa,
uning egilib kontaktlarni uzgandan keyin sovushi shunchalik qiyin bo‘ladi, kon-
taktlar tutashgandan keyin esa tez qizib ketadi.
Termometr chulg’amlaridan o’tayotgan va ko’rsatkichning
-simon
bimetall
plastinasini qizdiradigan effektiv tok
I
ef
qiymatini quyidagi ifoda orqali aniqlash
mumkin:
I
I
T
T
T
ef
о
t
t
u
=
+
;
Bu yerda
I
o
- datchik kontaktlari tushash bo’lganda termometr chulg’am-lari-
dan o’tayotgan tok;
T
t
- kontaktlarning tutash turgan vaqti;
T
u
- kontaktlarning uz-
ilgan holda turgan vaqti.
O‘t oldirish kaliti ulanib, termometr chulg‘amlariga
tok berilganda, dvigatelning sovitish tizimidagi, demak
datchik atrofidagi harorat ham past bo‘ladi. Bu holda
datchik kontaktlarining tutashib-uzilish chastotasi katta
(40
0
C da minutiga taxminan 80-120 marta) va demak,
I
eff
qiymati ham katta bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichdagi bimetall
plastinani ko‘proq egilishiga va strelka shkalaning o‘ng
tomoniga, ya’ni past temperaturalar tomonga og‘ishiga
olib keladi.
Dvigatelning ish jarayonida uning sovutish tizimidagi
suyuqlik isiy boshlaydi va bu, albatta shu muhitga joy-
lashtirilgan datchikning termobimetall plastinasiga ta’sir
qiladi.
Natijada, kontaktlar uzilgandan keyin plas-
tinaning sovush tezligi sekinlashadi, kontaktlarning
tutashib-uzulish chastotasi
4.1-rasm. Termobimetall impulsli termometr
4.2-rasm
.
Termore-zis-
torli temperatura
datchigi.
128
ham kamayadi. (110
0
C da minutiga taxminan 8-10 marta). Bu ko‘rsatkich bi-
metall plastinasi chulg‘amidan o‘tayotgan
I
eff
tokning kamayishiga, plastina
sovub, egilgan holdan sekin-asta to‘g‘rilanishiga va
strelkani shkalaning chap
tomoniga, ya’ni yuqori temperaturalar tomoniga og‘ishiga olib keladi.
Ko‘rsatkichdagi termobimetall plastinaning qizishi nafaqat uning chulg‘ami-
dan o‘tayotgan
I
eff
tokka , balki ko‘rsatkich joylashtirilgan asboblar paneli atrofi-
dagi muhit haroratiga ham bog‘liq. Atrof-muhit haroratini termometrning
o‘lchash aniqligiga ta’sirini istisno qilish maqsadida ko‘rsatkichning termo-
bimetall plastinasida termokompensatsiya yelka mavjud (4.1-rasmda u sektor 11
ga mahkamlangan). Asboblar paneli atrofidagi harorat o‘zgarganda, masalan ort-
ganda, bimetall plastinaning har ikkala yelkasi baravar
egiladi va strelkaning
shkalaga nisbatan holati o‘zgarmaydi.
Termobimetall impulsli termometr-
larning tuzilishi sodda va tannarxi past. Lekin termometrning ishonchli ishlashini
pasaytiradigan, radioqabulga xalaqit beradigan kontaktlarning mavjudligi bu
turdagi termometrlarning jiddiy kamchiligi hisoblanadi. Bundan tashqari, termo-
bimetall impulsli termometrlarning o‘lchash aniqligi tok manbaining barqarorli-
giga bevosita bog‘liq. Agar tok manbaining kuchlanishi biror sababga ko‘ra
o‘zgarsa, termometrning o‘lchash aniqligi keskin kamayadi.
Xozirgi vaqtda avtomobillarda yuqorida keltirilgan kamchiliklardan ko‘p ji-
hatdan holi bo‘lgan magnitoelektr (logometrik) termometrlar keng tatbiq top-
moqda.
Do'stlaringiz bilan baham: