Iv- bob. Nazorat o‘lchov asboblari


BOSIM VA SIYRAKLANGANLIKNI O‘LCHASH ASBOBLARI



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana28.04.2023
Hajmi1,33 Mb.
#932797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
7-мавзу

4.3. BOSIM VA SIYRAKLANGANLIKNI O‘LCHASH ASBOBLARI
Avtomobillarda o‘rnatilgan bosim o‘lchash asboblari dvigateldagi va 
gidromexanik uzatmalardagi moy, pnevmatik tormoz tizimidagi havo bosimini 
nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Moy va havo bosimini nazorat qiluvchi as-
boblari nosoz bo‘lgan avtomobillarni ishlatish qat’iyan man etilgan, chunki bu 
avariya rejimlarini yuzaga keltirishi mumkin. Haydovchi diqqatini shoshilinch 
tarzda jalb qilish maqsadida, deyarli hamma avtomobillarda strelkali manometr 
bilan birga avariya bosimi xabarchisi ham o‘rnatiladi. 
Hozirgi zamon avtomobillarida kiritish kollektoridagi havoning siyraklangan-
ligini nazorat qiluvchi asbob - ekonometr keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Bu as-
bobdan olgan ma’lumot asosida haydovchi eng kam yonilg‘i sarf bo‘ladigan hara-
kat rejimini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
O‘lchash usuliga ko‘ra, manometrlar bevosita ta’sirlanuvchi (mexanik) va el-
ektr asboblarga bo‘linadi. Bevosita ta’sirlanuvchi asboblar turiga naychasimon 
prujinali manometrlar, elektr asboblariga termobimetall impulsli va reostat 
datchikli logometrik manometrlar kiradi. 
Naychasimon prujinali manometrlarning (4.6-rasm) o‘ziga xos tomoni shun-
dan iboratki, ularda sezuvchi element naychasimon prujina va ko‘rsatkich bitta 
qilib ishlangan va asboblar paneliga joylashtirilgan, nazorat qilinayotgan mu-
hitdan suyuqlik yoki havo bosimi ostida naycha orqali sezuvchi elementga uza-
tiladi. Naychasimon prujinali manometrning asosiy elementi sifatida elastik
yassi naycha 4 ishlatilib uning ko‘ndalang kesimi asosiy o‘qlar X va Y ga nis-
batan simmetrik holda yasalgan. Naycha aylana yoyi bo‘ylab bukilgan bo‘lib, 
bitta to‘la tugatilmagan o‘ramdan iborat. Naychaning bir uchi shtuser 7 ga 
kavsharlangan bo‘lib, u orqali suyuqlik yoki havo nazorat qilinayotgan tizimdan 
naychasimon prujinaga uzatiladi. Naychaning ikkinchi uchi tortma 6 ga biriktiril-
gan bo‘lib, u korpus 1 ga mahkamlangan uzatma mexanizmi orqali asbob strelkasi 
2 ni harakatga keltiradi. Ichidagi bosim ta’sirida naycha kengayadi (ko‘ndalang 
kesim o‘lchami Y o‘qi bo‘yicha kattalashadi, X o‘qi bo‘yicha - kichiklashadi), 
lekin A va A
1
yoylarning uzunligi amalda o‘zgarmaydi. Natijada prujina yoyining 
egriligi kamayadi, naycha to‘g‘rilanadi. Naycha to‘g‘rilanish vaqtida tortma 6 va 
uzatma mexanizmi orqali strelka 2 ni harakatga keltiradi. Yuritish mexanizmi tar-
kibiga tishli sektor 5 va tribka (aylanish o‘qi bilan birga yasalgan 6 tadan 16 
tagacha kichik modulli tishchalarga ega bo‘lgan g‘ildirak) 10 kiradi. Strelka 
o‘qidagi qil prujina 3, uzatma mexanizmidagi tirqishlarning asbob aniqligiga 
ta’sirini kamaytiradi. Manometr murvat 9 ni bo‘shatib, uzatma mexanizm asosi 8 
ni kerakli tomonga harakatlantirish hisobiga rostlanadi.


133 
Oxirgi vaqtda avtomobillarda keng joriy qilinayotgan ekonometrning tuzilishi 
va ishlash prinsipi ham yuqorida keltirilgan naychasimon prujinali manometrning 
ishlash prinsipiga aynan o‘xshashdir. Ekonometrlarga o‘rnatilgan naychasimon 
prujinalar bosimdan emas, balki havoning siyraklanishidan ta’sirlanadi. 
Ekonometr shkalasidagi strelkaning holatiga qarab, tanlangan harakat rejimining 
tejamkorligiga baho berish va dvigatelning bir qator nosozliklari haqida ma’lumot 
olishi mumkin.
Naychasimon prujinali manometrlarning sezuvchanlik darajasi yuqori bo‘lib, 
ular o‘lchashni katta aniqlik bilan ta’minlaydilar. Shu bilan birga, bu turdagi as-
boblar katta bosimlarga va vibratsiyaga chidamsiz bo‘ladi. Shuning uchun, 
naychasimon prujinali manometrlar asosan, pnevmatik tormoz tizimlarida tatbiq 
topdi. Bu tizimlarda havo bosimi belgilangan maksimal qiymatidan uzog‘i bilan 
25% gacha ortishi mumkin.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish