Iv- bob. Nazorat o‘lchov asboblari


Termobimetall impulsli manometr



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana28.04.2023
Hajmi1,33 Mb.
#932797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
7-мавзу

Termobimetall impulsli manometr.
Termobimetall impulsli manometr 
datchik va ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, bimetall plastinali ko‘rsatkichning 
tuzilishi impulsli termometr ko‘rsatkich tuzilishi bilan aynan bir xil (4.3-rasm). 
Manometr datchigi (4.7-rasm) bronzadan tayyorlangan membrana 12 ga ega 
bo‘lib, uning markaziy qis-miga turtib chiqqan joyi 14 bilan elastik plastina 3 ta-
yanib turadi. Elastik plastinaning uchiga joylashtirilgan kontakt «massa» bilan 
ulangan.
Datchikda 

simon termobimetall plastina joylashtirilgan va u «massa» dan 
izolyatsiya qilingan. Plastinaning ishchi yelkasi 4 ga konstantan simli chulg‘am 
o‘ralgan bo‘lib, uning bir uchi termobiplastinaga payvandlangan bo‘lsa, ikkinchi 
uchi 11 elastik qalin sim 7 orqali chiqish qisqichi 8 ga ulan- gan. Termobimetall 
plastinaning ishchi yelkasining uchiga ikkinchi kontakt 6 o‘rnatilgan. Membrana 
ostida bosim bo‘lmaganda kontakt 6, elastik plastina 3 dagi kontakt bilan tutash 
holda bo‘ladi. Termobimetall plastinaning ikkinchi termokompensatsiya yelkasi 
elastik tutqich 9 ga mahkamlangan va uning datchik bo‘shlig‘idagi holatini 
rostlagich 10 ni burash yo‘li bilan o‘zgartirsa bo‘ladi. Masalan, rostlagichni soat 
4.6-rasm. Bevosita ta‘sirlanuvchi manometr mexanizmi. 


134 
strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha buralsa, 
elastik tutqich va u bilan birga termo-
biplastina pasayadi va kontaktlarning 
bir-biriga qadalish darajasi ortadi. 
Datchik mexanizmi, asosi 1 bilan bir-
galikda himoya qobig‘i 2 bilan yopil-
gan. Datchik nazorat qilinayotgan mu-
hitga shtutser 13 yordamida ulanadi. 
Termobimetall 
impulsli 
manometr 
quyidagicha 
ishlaydi 
(4.8-rasm). Membrana 8 ostida bosim 
bo‘lmaganda (o‘t oldirish kaliti 
ulangan, lekin dvigatel ishlamayotgan 
hol) datchikdagi kontaktlar bir-biriga 
minimal kuch bilan tiralgan va termo-
bimetall plastina chulg‘ami 7 dan o‘ta-
yotgan tok uning ishchi yelkasini 
qizdiradi va u egilib kontaktlarni 
uzadi. Bir necha daqiqadan keyin plas-
tina soviydi va to‘g‘rilanib, kon-
taktlarni yana tutashtiradi. Shu tarzda 
datchik kontaktlari davriy ravishda 
tutashib-uzilib turadi. O‘z navbatida, 
ko‘rsatkichdagi 

simon plastinaning 
ishchi 
yelkasi, 
unga 
o‘ralgan 
chulg‘amdan o‘tayotgan effektiv tok 
I
eff
 
ta’sirida qiziydi va u egilib ko‘rsat-
kich strelkasi 10 ning ishchi holatga, 
ya’ni shkalaning nol belgisiga kelti-
radi. 
Datchik membranasi ostida bosim 
paydo bo‘lganda (dvigatel ishga tushgandan keyingi hol) elastik plastina 9 kontakt 
bilan birgalikda ko‘tariladi va termobimetall plastinani yuqori tomonga egadi. 
Endi kontaktlar uzilishi uchun bimetall plastinadagi chulg‘amdan ko‘proq vaqt 
tok o‘tkazilishi talab qilinadi. Bu esa, ko‘rsatkichdagi termobimetall plastina ish-
chi yelkasining ko‘proq qizishiga, ko‘proq egilishiga, va demak, strelkaning kat-
taroq burchakka og‘ishiga olib keladi. Ko‘rsatkich bimetall plastinasining ishchi 
yelkasi qanchalik ko‘p egilishi, ya’ni strelka qanchalik katta bosimni ko‘rsatishi, 
datchik membranasi ostidagi bosimning kattaligiga va elastik plastinadagi kontakt 
bimetall plastina ishchi yelkasidagi kontaktga qanchalik katta kuch bilan tiralib, 
uni deformatsiya qilish darajasiga bog‘liq. 
Termobimetall plastinalarning ishchi yelkalari atrof-muhit harorati ta’sirida 
ham qizishi mumkinligini hisobga olib, bu turdagi manometrlardagi bimetall plas-
tinalarning har ikkalasida ham termokompensatsiya yelkalar ko‘zda tutilgan. 
4.7-rasm.Terobimetall impulsli manometr 
datchigi.
4.8 - rasm. Termobimetall impulsli manometr: 
1–shtutser; 2–asos; 3–qobiq; 4–rezistor; 5–kontakt 
vinti; 6–termobimetall plastina; 7– ishchi yelka
chulg‘ami; 8–membrana; 9–elastik plastina; 10–
ko‘rsatkich strelkasi 


135 
Impulsli asboblarning tuzilishi nisbatan sodda va ularda tashqi muhit harorati 
o‘zgarishini yaxshi kompensatsiya qilish mexanizmi mavjud. Ammo kontaktlarn-
ing tutashib-uzilish jarayoni, ular orasida uchkun chiqishiga va bu sezilarli radi-
oxalaqitlarni vujudga kelishiga olib keladi. Ish jarayonida kontaktlar kuyadi, 
yemiriladi, o‘lchamlari o‘zgaradi va natijada, datchikning ham dastlabki ko‘rsat-
kichlari o‘zgaradi, o‘lchash aniqligi pasayadi. Shuning uchun oxirgi vaqtda bu 
turdagi bosim o‘lchash asboblari reostat datchikli logometrik manometrlar bilan 
almashtirilmoqda. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish