TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
•
kompyuter, mobil ilovalar, raqamli texnologiyalar kabi
elektron vositalar bilan
ishlashning dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalariga egaligi;
• aniq dasturiy muhitlarda ishlash bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma va malakalar asosida
shakllangan dasturiy muhitlarda ishlay olishi;
• axborotlar bilan ishlashning bilim, ko‘nikma va malakalariga egaligi;
• kompyuter, mobil ilovalar, raqamli texnologiyalar kabi vositalar orqali kiberfazoda
muloqot kommunikativligiga egaligi;
• fuqarolarni huquq va majburiyatlarining axloqiy-huquqiy vakolatlar, noqonuniy xatti-
harakatlar uchun javobgarlikning huquqiy va etik bilimlariga egaligi;
• axborot-kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari
sohasidagi kasbiy va maxsus
fazilatlarga egaligi.
Yuqorida keltirilgan jami kiberkompetensiyalarni egallash tinglovchining kiberfazodagi
kasbiy faoliyatida innovatsion pedagogik faoliyatini shakllanishida muhim o‘rin egallaydi.
Shuningdek, malaka oshirish tizimidagi onlayn mashg‘ulotlarda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan samarali foydalanish quyidagi didaktik vazifalarni hal qilishda muhim omil
hisoblanadi:
• onlayn o‘quv jarayonini tashkil etish va sifatini oshirish;
• ta’limni individuallashtirish
darajasini oshirish;
• ta’lim oluvchilarni mustaqil ishlash sifati va unumdorligini oshirish;
• tinglovchi faoliyatini individuallashtirish hamda o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan
videomateriallar va ishlanmalardan mustaqil foydalanish imkoniyatini berish;
• tinglovchilarda o‘quv materialini o‘rganish motivatsiyasini oshirish;
• tinglovchilarni tadqiqot faoliyatiga jalb qilish orqali o‘quv
jarayonini faollashtirish;
• o‘quv jarayonida moslashuvchanlikni ta’minlash.
Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, axborot-kommunikasiya
texnologiyalarining rivojlanishi va ta’lim tizimiga samarali tatbiq
etilishi natijasida onlayn
mashg‘ulotlarda ham tinglovchilarning innovatsion pedagogik faoliyatini shakllantirish
mumkin. Tinglovchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish,
ularning pedagogik dasturiy
vositalardan samarali foydalanishlari, virtual borliqning ta’lim muhitiga tatbiq etilishi onlayn
darslarning sifat va samaradorligini oshirish bilan birga ta’limda kiberpedagogikaning kirib
kelishiga zamin yaratadi
1
. Bu esa an’anaviy pedagogikadan kiberpedagogikaga o‘tish
masalalarini keltirib chiqaradi. Bu masalalarning yechimi o‘z-o‘zidan tinglovchilarning
innovatsion faoliyatini shakllanishida va rivojlanishida muhim qadam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: