Pedagogik dasturiy vositalar
1-topshiriq
1.Dasturiy vosita tushunchasi.
2.Pedagogik dasturiy vositalar. Pedagogik dasturiy vositalarning qo’llanilishi.
3.Pedagogik dasturiy vositalar tasnifi: Elektron darslik. Elektron qo’llanma. Elektron ensiklopediya. Virtual laboratoriya. 4.Pedagogik dasturiy vositalar guruhlari: namoyish etuvchi dasturlar, nazorat qiluvchi dasturlar, o‘rgatuvchi dasturlar, modellashtiruvchi dasturlar haqida tushunchlarni yozing.
1.Pedagogik dasturiy vositalar – komp`yuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o'quv fani bo'yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qo'shimcha va yordamchi vositalar
kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
- o'rgatuvchi dasturlar – o'quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib
yangi bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltiradi;
- test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish yoki baholash
maqsadlarida qo'llaniladi;
- mashq qildirgichlar - avval o'zlashtirilgan o'quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
- o'qituvchi ishtirokidagi virtual o'quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
2. Ta'limni komp`yuterlashtirish muammosi tashkiliy tizim bo'lib, o'ziga xos qator sifatlarga ega:
eng avvalo, ta'limni komp`yuterlashtirish didaktika va xususiy uslubiyat fanlari sohasida o'tkaziladigan tadqiqotlar bilan uzviy bog'liq. Komp`yuterli ta'lim tashkiliy tizim sifatida tadqiqotchining irodasi, mahorati, komp`yuterlashtirish bo'yicha egallagan bilimlari, orttirgan tajribasiga bog'liq. Masalan, IHTA o'quv predmetini komp`yuterlashtirish uchun uning logikasi o'quv materiallarini o'rganish tizimi, har bir mavzuga oid o'quv elementlari ajratiladi, o'quvchilarning real bilish imkoniyatlari o'rganiladi.
Endi mehnat jarayoni nuqtai nazaridan muammo tarkibini tahlil qilishga o'tamiz. «Mehnat jarayoni o'zida uch momentni aks ettiradi: mehnatning o'zi, mehnat vositasi, mehnat predmeti».
Mehnat va uning momentlari jihatidan o'zaro daxldor uchta tizimni ajratamiz:
1. Ta'lim va komp`yuter. Ushbu tizimda komp`yuterli ta'limni alohida ta'lim turi sifatida qayd etamiz.
2. O'qitish faoliyati va komp`yuter. Mazkur tizimda komp`yuterli ta'lim sharoitida o'qituvchi bajaradigan ishlarni belgilaymiz.
3. O'qish faoliyati va komp`yuter. Bu tizim bo'yicha komp`yuterda o'quvchilarning o'quv faoliyatini amalga oshirib, ta'lim mazmunini o'zlashtirishiga oid vazifalarni qayd etamiz.
3 Dasturiy ta'minotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy pedagogik vosita (UPV)», «o'quv pedagogik dasturi (O'PD)», «avtomatlashtirilgan o'qitish tizimi (AO'T)», «o'qitishning yangi axborot texnologiyasi (O'YAAT)» kabi atamalar bilan qayd etish, bir ob'ektga turlicha nom berish tadqiqotchilarning o'zaro fikr almashinuviga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Biz bundan keyin ta'lim jarayonida qo'llanadigan dastur vositalarini «pedagogik dastur vositalari (PDV)» atamasi bilan qayd etamiz.
«Bugungi komp`yuter dasturlarini yaratishning, — deb yozadi L.Nevueva va T.Sergeevalar, — xorijiy va mamlakatimizdagi (sobiq Ittifoq nazarda tutilmoqda — A.H.) amaliyotida istiqbolli yo'nalish — uskunaviy pedagogik vositalarni loyihalash ajralib chiqmoqda».
Uskunaviy pedagogik dasturlar (UPD) atamasi, ularning fikricha, mohiyati jiqatidan pedagogik jarayon xususiyatlariga APDga nisbatan ancha mos keladi.
B.Boltaev, A.Miraliev, M.Mahkamovlar dastur vositalarini o'quv pedagogik dasturlar (O'PD) deb ataydi: «… IHTA fanining har bir bobi uchun turli mashinalarga moslashgan o'qitishning pedagogik dasturlarini qo'llashni amalga oshirish kerak. Buning uchun maktablarga o'quv dasturlarini yetkazib berish, joylarda o'quv dasturlarini jamlash va har bir maktabga yetkazish komp`yuter texnikasini darsda qo'llash samaradorligini oshirishga, o'quvchilarning EHM haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga olib keladi».
Dars jarayonida foydalaniladigan dasturlarni turlicha atash tajribasi hali ham davom etmoqda.Rossiyada chiqariladigan «Informatika i obrazovanie» jurnalining birgina 1990 yil 6-sonida bunday atamalarning uch varianti — nomlanishi berilgan. Jurnalning 15-betida «universal avtomatlashtirilgan o'qitish tizimi», 8-betida «komp`yuterli dars dasturlari», 79-betida «komp`yuterli o'quv dasturlari» atamalari uchraydi.
A.Bahromov o'z maqolasida «axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash, yangi (yoki boshqa
ko'rinishdagi) axborotlarni yaratish bilan shug'ullanuvchi texnologiyalarni komp`yuterlar asosida joriy etish»ning yangi axborot texnologiyalari (YAAT), ularning o'qitish bilan bog'liq bir qismini «o'qitishning yangi axborot texnologiyalari» (O'YAAT) deb atagan. «Hozirgi kundagi va yaqin kelajakdagi ta'lim tizimini takomillashtirishda komp`yuterlashtirishning eng yuqori
darajasi — O'YAATning yangilarini yaratish va ularni ta'lim jarayoniga olib kirishdan iborat samaradorligini oshirishda, shuningdek, mamlakatimiz ta'limini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishda aynan O'YAATning ahamiyati katta ekanligini yana bir bor ta'kidlaymiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |