TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
yaxshi biladigan mutaxassislar zarur. O‘z kasbining ustasi, mutaxassisligi bo‘yicha mukammal
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan, zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayoni ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qilaoladigansalohiyat(kompetent)li o‘qituvchilar ta’lim muassasalarining
nufuzidir. Bunday e’tirofga sazovor bo‘lgan pedagog o‘z kasbiy bilimlarini muntazam
yangilab, kasbiy mahoratini yanada oshirib borishi, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashdagi
bosh ijrochi sifatida zamon bilan hamnafas bo‘lishi, ta’lim ehtiyojlariga javob bera oladigan
bugungi globallashuv davrida zamonaviy sharoitlarga tezkor va samarali moslashib, zaruriy
bilimlarni jadal egallashlari lozim.
Jamiyatning axborotlashuvi sharoitida turli sohalar kabi ta’lim
tizimida ham axborot
muhiti shakllanib kengayib bormoqda. Ammo bugungi kunda umumta’lim muassasalari
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari hamda elektron ta’lim dasturlari bilan
ta’minlangan bo‘lsa-da, ulardan amaliyotda samarali foydalanilmayotganligi ham sir emas.
O‘tkazilgan so‘rovnoma, test, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid topshiriqlar
asosida aksariyat umumta’lim maktablariningtabiiy fan o‘qituvchilarida
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
kompetentliligi shakllanmaganligi
o‘rganildi. Olib borilgan tadqiqot ishlari va o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha adabiyotlar tahlili
asosida malaka oshirish
jarayonida kimyo fani o‘qituvchilari misolida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish bo‘yicha salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash zarurati o‘rganiladigan dolzarb
masalalardan degan xulosaga kelindi.
Kompetensiya va kompetentlilik terminlari ta’lim tizimida juda keng qo‘llanilmoqda.
Kompetensiya lotincha so‘z competentia – “huquq bo‘yicha mansublik” ma’nosida inson
puxta
biladigan, yaxshi bilimga va tajribaga ega masalalar doirasini anglatadi.
1
Kompetentlilik kategoriyasiga bir qancha olimlar tomonidan turlicha tavsiflar berilgan.
Masalan rus olimi A.N.Shukin “kompetentlilik – bu, shakllangan kompetensiyalar asosida
faoliyat yuritish qobiliyatini belgilovchi shaxsning xususiyatidir” deb tavsiflaydi.
2
O‘quv adabiyotida kompetentlik – bu shaxsning o‘z-o‘zini namoyon etishi, olamdagi o‘z
o‘rnini topishiga imkon yaratuvchi bilim va ko‘nikmalar, bilimdonlikning birlashuvi bo‘lib,
buning oqibatida ta’lim yuksak rag‘batlangan va asl ma’noda shaxsiy yo‘naltirilgan, shaxsiy
yashirin imkoniyatning o‘ta talab qilinishini, shaxsning atrofdagilar tomonidan tan olinishini
va uning o‘z qadrini anglab yetishini ta’minlovchi xususiyat kasb etish ma’nosida
izohlanilgan.
3
J.E.Usarovning tadqiqot ishida “kompetentlik – bu shakllangan kompetensiyalar
asosida shaxsning qandaydir faoliyatida o‘zini samarali ravishda ro‘yobga chiqara olishi” deb
izohlanilgan
4
.
Kompetentlilik termini ko‘proq inson(shaxs)larga nisbatan qo‘llaniladi. Ma’lum
mutaxassislik yo‘nalishida kompetentli bo‘lgan shaxs o‘z sohasi bo‘yicha erishgan bilim,
ko‘nikma va malakalari amaliyotga samarali to‘g‘ri qo‘llay olish qobiliyatiga,
shuningdek, o‘z
sohasi bo‘yicha turli g‘oyalarni ilgari sura oladi va ijobiy natijalarga erishadi.
1
Словарь иностранных слов. - 17-е изд., испр.
М.: Рус. яз., 1988.
608 с.
2
Щукин А.Н. Компетенция или компетентность. Русский язык за рубежом. – № 8. – 2008. – С. 14-20.
3
БолотовВ. А., Сериков В. В. Компетентностная модель: от идеи к образовательной программе. Педагогика. – 2003. – № 10. –С.
8-14.
4
UsarovJ.E.
Tayanchvafangaoidkompetensiyalarasosidata’limmazmuninitakomillashtirishvao‘quvchilarkompetentliginirivojlantirish.Pedagogika
fanlari doktori(DSc)ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati.
Тoshkent, ТDPU, 2019,
66 bet.
55
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – kompetentlilik deyilganda, keng ma’noda
shaxsning
turli
(o‘quv,
kasbiy,
shaxsiy)
vazifalarni
axborot-kommunikatsion
texnologiyalardan foydalangan holda hal qilish salohiyati tushuniladi. Tor ma’noda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari - kompetentlilik deyilganda, o‘qituvchining o‘z
pedagogik
faoliyatida o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun axborot-kommunikatsion
texnologiyalardan mustaqil foydalanish jarayonida namoyon bo‘luvchi shaxsiy sifat kabi
tushunish zarur.
Malaka oshirish jarayonida mutaxassislik o‘quv bloki va modullarida o‘qituvchining
malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojini aks ettirish uning ma’lum talablarga mos keluvchi kasbiy
faoliyati va shaxsiy sifatlari asosida amalga oshiriladi. Kimyo fani o‘qituvchilarini malakasini
oshirish jarayonida mutaxassislik blokida “Kimyo fanini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari”ni o‘rgatishning maqsadi malaka oshirish sharoitida umumiy o‘rta ta’lim
maktablari o‘qituvchilarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali
foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Modulning maqsadiga ko‘ra belgilangan
vazifalar asosida tinglovchi bilishi lozim bo‘lgan talablar, egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va
malakalar hamda tinlovchida shakllanishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar keltirilgan.
1
Malaka oshirish sharoitida tinglovchilarga o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llash moduli bo‘yicha 12 soat o‘quv yuklamasi bajariladi. Modul
dasturini asosida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar natijasiga ko‘ra, o‘qituvchilarda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari – kompetentlikni shakllantirish darajasining pastligiga
quyidagi:
Do'stlaringiz bilan baham: