Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


ILMIY AXBOROTLARI 2020/5  Key words



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
Bog'liq
5-сон

 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Key words:
economist, innovation, influence factors, pedagogical skills, pedagogical 
competence, pedagogical technologies, information and communication technologies, 
modular system 
Keyingi 
yillarda 
mamlakatimizda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning 
ustuvor 
yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy taʼlim tizimini 
yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi oliy taʼlim 
muassasalarining tashkil etilishi, xususan, 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab, bo‘lg‘usi 
iqtisodchi mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 
Samarqand filiali
1
, Аndijon viloyatida Аndijon iqtisodiyot va qurilish institutlarining tashkil 
etilishi
2
,kadrlar tayyorlashning zamonaviy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda 
sirtqi va kechki bo‘limlarining ochilishi, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarining 
oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bu zamonaviy bilimga 
ega bo‘lgan mutaxasis kadrlarga bog‘liqdir
3
. Bu borada oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati 
va samaradorligini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, 
ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini 
taʼminlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Bu borada 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev "Hammamiz yaxshi tushunamizki, 
oldimizda turgan keng ko‘lamli vazifalarni bajarish uchun kadrlar bilan ishlashning butun 
tizimini takomillashtirishga doir bir qator ishlarni, albatta, amalga oshirishimiz kerak. Hozirgi 
vaqtda davlat va hokimiyat idoralarida ko‘p hollarda kadrlar salohiyatidan foydalanish, 
ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yo‘lga qo‘yilmagani sezilmoqda. 
Eng yomoni, bu holat ishimizga xalaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam 
nomiga ishlab o‘tiribdi. Boshqa idorani qarasangiz, ish ko‘p, vazifa ko‘p, lekin ishlaydigan 
odam, kadr yetishmaydi. Bunday noto‘g‘ri ish taqsimotiga mutlaqo chek qo‘yishning vaqti 
yetdi. Har bir davlat xizmatchisi o‘zining burchi va majburiyatini aniq-ravshan bilishi, sodda 
qilib aytganda, o‘z aravasini o‘zi tortishi lozim”, – deb taʼkidlagan edi
4
, Oliy Majlis 
palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida. 
Shu bilan birga bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion faoliyatini 
takomillashtirishga taʼsir etib kelayotgan omillar mavjud, ular bevosita yetishib chiqayotgan 
iqtisodchi mutaxassislarning faoliyat natijalarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa, 
iqtisodchi mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga, 
respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy 
sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini taʼminlashda saqlanib 
qolmoqda. 
1
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 28 майдаги Тошкент давлат иқтисодиёт университетининг 
Самарқанд филиалини ташкил этиш тўғрисида”ги 438-сонли қарори. https://lex.uz/uz/ 
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 21-22 май кунлари Андижон вилоятига ташрифи давомида берилган 
топширҳамда вилоят фаоллари иштирокида ўтказилган йиғилиш баёни (№34).
3
И.Мамажанов. Подготовка преподавателей-экономистов в условиях современной рыночной экономики. Вестник 
Университета Российской академии образования № 3/2011. Ст. 89. 
4
Мирзиёев. Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисида сўзлаган нутқи.2016 
йил, 15 декабрь. https://kun.uz/ 
59


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
1. Oliy taʼlim muassalarining moddiy texnik bazasi. Iqtisodchi mutaxasislarni 
innovatsion faoliyatga tayyorlashda taʼlim muassasalarining moddiy texnika bazasi 
mustahkam bo‘lishi zarur. Bino-inshootlarning yetarliligi, ularda auditoriyalarning holati va 
sig‘imi. Shunday holatlar mavjudki, auditoriyalarning sig‘imi 24tani tashkil etsa, baʼzi 
hollarda, ularda 30 nafargacha tahsil olayotgan holatlar mavjud. Shuningdek
auditoriyalarning eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qurollanmaganligi, yaʼni 
baʼzi oliy taʼlim (ayniqsa, viloyat oliy taʼlim) muassasalarida auditoriyalar zamonaviy texnika 
va texnologiyalar bilan jihozlanmagan. Taʼlim muassasalaridagi laboratoriya xonalarning 
yetishmasligi. Viloyat oliy taʼlim muassasalarida issiqlik, elektr energiya manbalarining 
muntazam ishlamasligi (viloyatlarda) uchraydi. Yuqorida qisman sanab o‘tilgan omillar 
bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassislar, balki boshqa taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ham 
tayyorlanayotgan mutaxassislarning innovatsion faoliyatini tashkil etishga taʼsir etadi.
2. O‘quv-uslubiy taʼminot. Bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion faoliyatini 
takomillashtirishga taʼsir etib kelayotgan omillarning asosiysi deb hisoblash mumkin. Taʼlim 
yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan o‘quv rejalarning har yili o‘zgarib turishi natijasida, 
bir kurs o‘qiyotgan fanlar keyingi kelayotgan kurslarda o‘qitilmasligiga yoki baʼzi fanlarning 
mazmuni va mohiyati, kelajakda bo‘lg‘usi mutaxassilarning faoliyatiga qanchalik foydali 
ekanligi chuqur tahlil qilinmasligi oqibatida o‘quv rejalarda o‘z aksini topish hollari mavjud. 
Shuningdek, tayanch oliy taʼlim muassasalarida o‘quv rejalarni ishlab chiqishda turdosh oliy 
taʼlim muassasalarning mutaxassislarini ishtirok etmasligi yoki ular tomonidan berilayotgan 
takliflar inobatga olinmasligi holatlari uchraydi. Bu o‘z navbatida turdosh oliy taʼlim 
muassasalarining faoliyatiga salbiy taʼsir etadi.
Barcha oliy o‘quv yurtida taʼlim jarayoni o‘quv reja asosida quriladi va taʼlim 
dasturlarini amalga oshirish vositasi sifatida taʼlimning sifatiga kata taʼsir ko‘rsatadi. O‘quv 
rejasidagi fanlar mantiqiy izchillikni hisobga olgan holda tuzilishi, yaʼni har bir keyingi fan 
o‘zidan oldingi fanlarning o‘quv materialiga tayanishi kerak. 
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi taʼlimni rivojlantirish markazi 
tomonidan har bir oliy o‘quv yurtining o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos 
hisoblanadigan namunaviy o‘quv rejalari tasdiqlangan. Biroq namunaviy o‘quv rejalarida 
umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘rganishning izchilligida katta nomuvofiqliklarga yo‘l 
qo‘yiladi. 
Masalan, iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalarida iqtisodiyot 
nazariyasi barcha iqtisodiy fanlar uchun asosiy fan hisoblanadi, chunki u talabalarning 
iqtisodiy dunyoqarashini shakllantiradi, bu ular tomonidan ishlab chiqarish omillari, ishchi 
kuchi, ish haqi, ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar va h.k. haqidagi 
bilimlarning egallanishi uchun zarur. Ushbu bilimlar asosida talabalar barcha iqtisodiy 
mutaxassisliklar uchun umumkasbiy fan hisoblangan statistikani o‘rganadi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
statistika bo‘limida talabalar tarmoqlar va korxonalarning statistik ko‘rsatkichlarini 
o‘rganadi, bu korxona darajasida amaliy iqtisodiyotni o‘rganish uchun o‘tish bazasi 
hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini iqtisodiyot kursidan keyin o‘rganish lozim, chunki 
buxgalteriya hisobining predmeti bo‘lib korxonaning xo‘jalik faoliyati, shu jumladan 
korxonaning xo‘jalik vositalari va ularning manbalari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari 
hisoblanadi. 
60


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
O‘quv rejasi fanlarining zarur o‘quv-metodik taʼminotini aniqlash ham taʼlimning 
sifatiga taʼsir ko‘rsatadi. Tayyorlash mazmuni va sifatini ekspertiza qilish metodikasiga 
muvofiq asosiy taʼlim dasturini attestatsiya qilishda o‘quv-metodik taʼminotning darajasi 
quyidagilar bilan aniqlanadi: 
– o‘quv ish rejasining barcha fanlari bo‘yicha o‘quv axboroti manbalarining yetarliligi 
va o‘z vaqtidaligi; 
– asosiy o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning mavjudligi; 
– kutubxona fondida tavsiya etilayotgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlari nusxalari 
yetarli sonining mavjudligi (bir nafar talabaga fanlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalari nusxalarining soni); 
– professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik material (darsliklar 
va o‘quv qo‘llanmalar, talabalarning mustaqil ishi, kurs ishlari, amaliyotlarni o‘tkazish, 
bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyaga tayyorlash bo‘yicha metodik ishlanmalar va 
boshqalar)ning mavjudligi; 
– davriy nashrlar va ulardan foydalanish; 
– o‘quv ish rejasi fanlari barcha semestrlarining asosiy taʼlim dasturiy-axborot 
taʼminotini baholash (elektron darsliklar, maʼlumotlar bazalariga kirish va h.k.); 
– zamonaviy axborot vositalaridan, shu jumladan, xalqaro aloqa vositalaridan 
foydalanish. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi ruxsatnomasi bilan 
nashr qilinayotgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning aksariyati akademik xususiyatga ega 
va ko‘pincha ularda amaliy faoliyat uchun tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar mavjud emas. 
Iqtisodiy fanlar bo‘yicha darsliklarning ko‘plab mualliflari hajmning ketidan quvishadi. 
Masalan, turli taʼlim dasturlari bo‘yicha 50 soatdan 120 soatgacha auditoriya 
mashg‘ulotlarini (maʼruzalar va amaliyotlarni) qamrab olgan fan 400-500 sahifadan ortiq 
hajmdagi asosiy darsliklar bilan taʼminlanadi. 
Darsliklar hajmining oshishi ularning qiymatida aks etadi, bu mazkur darsliklarning 
talabalar tomonidan deyarli xarid qilinmasligiga olib keladi, shuningdek ular oliy o‘quv 
yurtlarining kutubxonalari uchun nihoyatda qimmatlik qiladi. Darsliklarning sifatiga 
keladigan bo‘lsak, taʼkidlash lozimki, ko‘pincha ularning mazmuni turli o‘quv fanlarining 
mavzulari bo‘yicha takrorlanadi. 
Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston iqtisodiy oliy taʼlim muassasalarida 
auditoriya o‘quv vaqtining ulushi Germaniya, Аngliya va АQShdagiga qaraganda ancha 
yuqori. Masalan, O‘zbekistonda har bir auditoriya ishiga talabalarning bir soat mustaqil ishi 
to‘g‘ri keladi, shu bilan birga chet el taʼlim amaliyotida nazariy tayyorgarlikning umumiy 
hajmida mustaqil ishning ulushi ikki-uch marta yuqori. Bir tomondan, auditoriya 
yuklamasining kamaytirilishi taʼlim dasturlarini innovatsion texnologiyalar asosida 
o‘zlashtiruvchi talabalar uchun qulay sharoit yaratadi, ikkinchi tomondan, mustaqil ishga 
motivatsiyaning bo‘lmasligi bo‘shagan vaqtdan maqsadsiz foydalanishga olib keladi. 
O‘qishning kunduzgi shakli talabalari mustaqil auditoriyadan tashqari ishi uchun ajratilgan 
vaqt monitoringi shuni ko‘rsatdiki, taʼlimning 4-bosqichida talabalar ishlab chiqarish 
sohalariga faol ishga joylashadi. Erta ishga joylashish nazariy taʼlimning sifatini pasaytiradi, 
lekin amaliy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lishga yordam beradi, bu oliy o‘quv yurtini 
tugatganlaridan keyin ularga talab mavjud bo‘lishini kafolatlaydi.
61


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
3. O‘quv rejalarga kiritilgan fanlarning fan dasturlarini sifat jihatdan pastligi. Fanlarning 
fan dasturini ishlab chiqishda meʼyor talablariga rioya qilinmasligi, xorijiy tajribalardan 
foydalanmasligi holatlari natijasida fan dasturlarining sifati pastligicha qolmoqda. 
Shuningdek, tayanch oliy taʼlim muassaslarida o‘quv-uslubiy kengashlar faoliyatini to‘liq 
ishlamasligi, kengashda fan dasturlarning muhokasiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar 
o‘tkazilmasligi, fan dasturlari bo‘yicha turdosh oliy taʼlim muassasalarining taklif va 
mulohazalari inobatga olinmasligi natijasida bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion 
faoliyatini takomillashtirishga taʼsir etib kelmoqda.
4. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanmaslik. O‘quv 
jarayonida nafaqat kasbiy bilimlarni olish, balki amaliy vazifalarni hal etishdagi zarur kasbiy 
qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini ham beruvchi faol o‘qitish usullarini 
qo‘llashga alohida eʼtibor qaratish zarur. Аynan faol o‘qitish usullari ijodiy tashabbus, 
mustaqillik, javobgarlik hissining rivojlanishiga, jamoada ishlay olish, o‘z loyihalarini himoya 
qilish va asoslash hamda kreativ qobiliyatlarining shakllanishiga xizmat qiladi. Аna shunday 
o‘qitish usullaridan biri amaliy o‘yinlar bo‘lib, ular yordamida quyidagilar amalga oshiriladi: 
– erishilgan natijalarni muhokama qilgan holda nazariy va amaliy muammolarni hal 
etish; 
– yechimlarni jamoaviy izlash («aqliy hujum»); 
– boshqaruv qarorlarini ekspertiza qilish. 
5. Bo‘lg‘usi iqtisodchi mutaxassisning innovatsion faoliyatini takomillashtirishga taʼsir 
etadigan 
omillardan 
yana 
biri, 
bu 
fan, 
taʼlim 
va 
ishlab 
chiqarishning 
integratsiyalashmaganligidir. Fan, taʼlim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi, 
iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashda soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish, 
ilmiy-tadqiqot natijalarini targ‘ib va joriy qilish tizimini tubdan takomillashtirish talab 
etilmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy modeli” keltirilgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz 
taʼlim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyada bo‘lishi iqtisodchi mutaxassislarni 
tayyorlashda asosiy vosita vazifasini bajarib kelmoqda. Ishlab chiqarish-iqtisodiyot sohasi 
uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga 
nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini 
moliya va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisi demakdir.
Ishlab chiqarish turli saviya va malakadagi mutaxassislarga bo‘lgan talab-ehtiyojni 
shakllantiradi, o‘z ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni 
o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan 
uzluksiz taʼlim tizimiga ko‘maklashadi, muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim 
mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek, turli tip va darajadagi 
o‘quv yurtlarini moliyalashda qatnashadi, taʼlim va ilm-fanning turli shakllardagi 
integratsiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, 
markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi. Bu jarayonlar bo‘lg‘usi iqtisodchi 
mutaxassisning innovatsion faoliyatini takomillashtirishda uzluksiz taʼlim, fan va ishlab 
chiqarishning integratsiyasini taʼminlaydi.

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish