Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TECHNOLOGY FOR FORMING CIVIL CULTURE AT STUDENTS



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147
Bog'liq
5-сон

TECHNOLOGY FOR FORMING CIVIL CULTURE AT STUDENTS 
 
Nematov B. – teacher of Termez State University 
 
Annotation.
This article discusses the formation of a culture of citizenship among 
students. The article reflects the author’s views on individual preventive and educational 
activities with students studying in educational institutions and registered in the internal 
control of educational institutions at work on the implementation of socially accepted norms 
and rules of behavior. 
Key words:
legal knowledge, duties, understanding of obligations, patriotism, social 
activity, national pride, pride, internationalism, devotion, citizenship, national pride, 
enlightenment, national state language, student personality, spirituality, culture, crime 
prevention and crime. social need. 
O‘zbekiston taraqqiyotining bosh yo‘li jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolik 
davlatini qurishdan iboratdir. O‘zbekistonda demokratik jamiyatni qurish, eng avvalo, aholini 
o‘zbek xalqining ming yilliklar tarixi, maʼnaviy taraqqiyoti, buyuk madaniyati, maʼnaviy 
meros va boy anʼanalari bilan yaqindan tanishtirish, ular to‘g‘risida yetarli bilimga ega 
bo‘lishlari uchun sharoit yaratish zarur. Аna shunday sharoitlardan biri - bu taʼlim jarayonida 
o‘quvchilarni milliy tarix, madaniyat va turmush tarzi bilan yaqindan tanishtirib borish, o‘quv 
fanlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar mazmuniga milliy qadriyatlarni singdirish sanaladi. 
Fuqarolik madaniyatini shakllantirish muammosini tadqiq qilar ekanmiz, asosiy eʼtibor 
fuqarolik tarbiyasini samarali tashkil etish, bu jarayonni amalga oshiruvchi vazifalarni aniq 
88


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
belgilash, fuqarolik negizida aks etuvchi sifatlar va ularning mohiyatini yoritishga qaratildi. 
Mavjud adabiyotlarni o‘rganish va ularda ilgari surilgan g‘oyalar bilan tanishish fuqarolik, 
fuqarolik masʼuliyati, muayyan davlatga mansublik asosida fuqaro huquqlarini himoya qilish 
shartlari kabi masalalar ko‘plab faylasuf, huquqshunos, pedagog va psixolog olimlar 
tomonidan turli yo‘nalishda o‘rganilganligini ko‘rsatdi. 
Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov, M.Quronov, U.Tojixonov, А.Saidov, T.Mahmudov va 
B.S.Biblerlar o‘z ilmiy izlanishlarida fuqarolik, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati kabi 
masalalarni batafsil tahlil qilganlar, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatga ega 
bo‘lishlarini taʼminlovchi zarur shart-sharoitlarni yaratish yo‘l-yo‘riqlarini bayon etganlar. 
U.Tojixonov, А.Saidovlar tomonidan yozilgan 2 tomli «Huquqiy madaniyat nazariyasi» 
darsligida yoshlarda demokratik, fuqarolik jamiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi qonun-
qoidalariga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish shartlari to‘g‘risida so‘z 
yuritilib, huquqiy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlari sifatida: qonunga hurmat, o‘z 
fuqarolik huquqini bilish, huquqiy ong va axloq, jamiyat anʼanalari va urf-odatlariga ularni 
o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda amal qilish, fuqarolik faoliyatini tashkil etishning huquqiy 
asoslari keltirilgan. 
Olim K.Usmonov fuqarolik madaniyatini shakllantiruvchi vosita sifatida fuqarolarning 
o‘z-o‘zini boshqara olish qobiliyatiga egaliklarini eʼtirof etadi. Fuqarolarning fuqarolik 
madaniyatiga ega bo‘lishlari mustaqillik yillarida sharqona, milliy qadriyatlarga nisbatan 
chuqur hurmatda bo‘lish asosida demokratik jamiyatni mustahkamlashga xizmat qiluvchi 
muhim omillardan biri bo‘lishi zarurligiga urg‘u beradi. 
Olima Z.K.Qurboniyazova o‘z tadqiqotida fuqarolik masʼuliyati va maʼnaviyatini tahlil 
qilgan holda fuqarolik madaniyatining tarkibiy qismi masʼuliyatni ongli ravishda ekanligiga 
to‘xtalib, fuqarolik masʼuliyatining darajalarini quyidagicha belgilaydi: 
– shaxsiy masʼuliyat; 
– vatan oldidagi masʼuliyat; 
– oila oldidagi masʼuliyat; 
– jamoa oldidagi masʼuliyat; 
– insoniyat oldidagi masʼuliyatni his etish. 
K.F.Gabduraxmanova fuqaroda o‘z-o‘zini anglash hissini shakllantirish ijtimoiy 
pedagogikaning muhim muammolaridan biri ekanligini taʼkidlagan holda, fuqarolik 
madaniyatining eng asosiy tarkibiy qismi sifatida o‘z-o‘zini anglash hissiga egalik negizida 
quyidagilar aks etishini alohida uqtiradi: 
– yoshlarning demokratik, fuqarolik jamiyati mazmunini anglashlari, uning qonun-
qoidalariga sadoqatli bo‘lishlari; 
– atrof-muhit, ijtimoiy voqelik va ijodiy faoliyati orqali fuqaroning o‘z-o‘zini anglash 
pozitsiyasini o‘rganish; 
– o‘z fuqarolik huquqidan erkin foydalanish va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida tatbiq 
etish. 
Olima M.Usmonboyeva umumiy o‘rta taʼlim madaniyatining tarkibiy qismlaridan biri 
huquqiy madaniyat ekanligini asoslab, huquqiy taʼlim va huquqiy tarbiya huquqiy 
madaniyatni shakllantiruvchi yaxlit pedagogik jarayon ekanligiga eʼtiborni qaratadi. 
Muallifning fikricha, fuqarolarda huquqiy madaniyat quyidagi mexanizmdan tashkil topadi: 
– huquqiy munosabat; 
89


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
– ehtiyoj; 
– qiziqish; 
– maqsad; 
– rag‘bat;
– faoliyat.
Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda to‘plangan fuqarolik madaniyatini shakllantirishga 
oid tajribalar o‘rganildi. Аmerikalik tadqiqotchi F.Batening fikricha, fuqarolik madaniyati har 
bir insonning siyosiy-ijtimoiy jamiyatdagi o‘rnini anglashi va unda yashash qobiliyatini 
tarbiyalash zaruriyati negizida shakllanishi g‘oyasini ilgari suradi.
Fuqarolik madaniyati haqida huquqshunos, faylasuf va pedagog olimlarning 
qarashlarini tahlil qilish chog‘ida boy milliy meros namunalarida garchi «fuqarolik 
madaniyati» iborasi ishlatilmagan bo‘lsa ham «mo‘min», «faqir-u haqir», «kamina fuqaro» 
atamalari qo‘llanib kelganligiga guvoh bo‘lindi. Bu holat, ayniqsa, mumtoz adabiyotda va 
jonli so‘zlashuvda keng qo‘llanilgan bo‘lib, ular odatda barkamol, madaniyatli insonlarni 
taʼriflashda qo‘llanilgan. 
Madaniyat ko‘p qirrali ijtimoiy jarayondir. Shu sababli inson ruhiyati va faoliyatini 
o‘rganuvchi fanlar – falsafa, psixologiya, pedagogika, huquqshunoslik, sotsiologiya hamda 
oilashunoslik doirasida fuqarolik madaniyati tadqiq etilgan. Faylasuflar – E.Yusupov, 
F.Ismoilov, J.Tulenov, huquqshunoslar – U.Tojixonov, А.Saidov, pedagoglar – S.Nishonova, 
M.Usmonboyevalarning ilmiy izlanishlarida fuqarolik madaniyatining turli jihatlari talqin 
etilgan. 
Tadqiqotlarda «madaniyat» tushunchasi jamiyatni ishlab chiqarish, ijtimoiy-maʼnaviy 
hayotida xalqning maʼlum davrlarda qo‘lga kiritgan yutuqlari majmuasi, taʼlim-tarbiya, 
o‘qimishlilik, ziyolilik va maʼrifatparvarlik darajasi ekanligi ko‘rsatilgan. Jumladan, 
«madaniyat» so‘zi arabcha madaniylik so‘zidan olingan bo‘lib, unda taʼlim-tarbiya ko‘rgan 
shaxs nazarda tutiladi. Madaniyat so‘zi islom olamining muqaddas joyi – «Madina» shahri 
nomidan kelib chiqqan. 
Bizningcha, madaniyat – shaxs va jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy rivojlanishiga 
bevosita taʼsir ko‘rsatadigan faoliyat yig‘indisidir. 
Madaniyat – inson faoliyatining moddiy va maʼnaviy mahsulidir. 
«Fuqarolik madaniyati» esa o‘z mazmunida komil insonga xos bo‘lgan xulq-atvor 
meʼyorlarini ifodalaydi va uning jamiyat ishlab chiqarish va maʼnaviy hayotiga o‘z hissasini 
qo‘sha olishiga urg‘u beriladi. 
Shaxsda yuksak madaniyat sifatlarini shakllantirish muammosi pedagogika va 
psixologiya fanlarining asosiy maqsadidir. Shaxs madaniyatining ijtimoiy mohiyati va tizimi 
bir qator tadqiqotlarda ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Jumladan, huquqshunoslar – 
U.Tojiddinov va А.Saidovlar o‘z tadqiqotlarida fuqaroning huquqiy madaniyatini ilmiy 
jihatdan o‘rganib, fuqaroning huquqiy madaniyatiga bo‘lgan quyidagi uch xil yondashuvni 
belgilaganlar. 
1. Аntropologik yondashuv. Inson tomonidan yaratilgan neʼmatlarning yig‘indisi 
nuqtayi nazaridan yondashiladi. 
2. Sotsiologik yondashuv. Madaniyat – ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida 
yondashiladi. 
90


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
3. Falsafiy yondashuv. Madaniy hodisalar ijtimoiy rivojlanishga bog‘liq bo‘lmagan, sof 
holda mavjud degan qarashga asoslanuvchi yondashuv. 
Tadqiqotni olib borish jarayonida o‘rganilgan adabiyotlarning mazmunidan 
anglanadiki, fuqarolik madaniyatining o‘ziga xos tomoni – bu uning ijtimoiy hayotga xos 
universal xususiyatiga ega ekanligidir. Fuqaro shaxsining pedagogik-psixologik qiyofasi, 
madaniy, siyosiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, jismoniy, aqliy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy 
sifatlarini tarbiyalash mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan taʼlimiy islohotlarning asosiy 
yo‘nalishlari hisoblanadi, yaʼni fuqarolik madaniyatini tarbiyalash demokratik jamiyatni 
barpo etish sharoitidagi ustuvor vazifalardan biridir. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida fuqarolik maqomiga ega bo‘lish tamoyillari, 
uning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topgan. Biroq fuqarolik madaniyatini shakllantirish 
masalasi pedagogika fanida hali o‘z ifodasini topmagan. Zero, u taʼlim-tarbiyaning muhim 
bosqichidir. Shu bilan birga kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida fuqarolik madaniyatini 
shakllantirishning yaxlit tizimi hanuzgacha ishlab chiqilmagan. 
Kasb-hunar kollejida o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini samarali shakllantirish 
uchun yetarli pedagogik shart-sharoitlar mavjud. 
Fuqarolik madaniyatini shakllantirish aniq maqsadga qaratilgan yaxlit pedagogik 
jarayon bo‘lib, bu jarayonda quyidagi vazifalarni hal qilish muhim ahamiyatga ega. 
1) 
fuqarolik to‘g‘risidagi mavjud bilimlarni boyitish; 
2) 
o‘quvchilarning zimmalaridagi burchlarning to‘liq his etilishiga erishish
3) 
o‘quvchilarda burchlarni bajarishga masʼuliyatli yondashuvni shakllantirish.
Har bir inson muayyan davlat hududida yashaydi va uning bu davlatga daxldorligi 
«fuqarolik» tushunchasi yordamida ifodalanadi. Fuqarolik – o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy rivojlanishga ega bo‘lgan muayyan davlatga mansublikni anglatuvchi ijtimoiy-
huquqiy maqom sanaladi. Fuqarolik holati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan meʼyoriy hujjatlar 
asosida tartibga solinadi va fuqaroning haq-huquqlari, or-nomusi, shaʼni, obro‘si ularga 
muvofiq mamlakat ichkarisi hamda xalqaro maydonda himoya qilinadi. 
Fuqarolik shaxsning muayyan haq-huquqlargagina emas, shu bilan birga, maʼlum burch 
va majburiyatlarga ham egaligini ifodalaydi. Shunga ko‘ra, fuqarolik madaniyati negizida 
shaxsning o‘zi ega bo‘lgan haq-huquqlardan foydalana olishigina emas, balki zimmasidagi 
burch va majburiyatlarni ado etishi bilan ham belgilanadi. 
Demak, fuqarolik madaniyati shaxsning jamiyatning faol aʼzosi sifatida maʼlum haq-
huquqlarga ega bo‘lish bilan birga zimmasidagi burch va majburiyatlarni vijdonan ado 
etishning yuqori darajasidir.
O‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirish ularning yetukligi va taʼlim-tarbiya 
ko‘rganligini anglatuvchi pedagogik kategoriya hisoblanadi. Shuning uchun ham u ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot uchun, xususan, fuqarolik jamiyati uchun ahamiyatlidir. Chunonchi, 
fuqarolik madaniyati o‘quvchi shaxsidagi insoniy fazilatlarni, qadr-qimmatni, iymon-
eʼtiqodni oshiruvchi taʼlim-tarbiyaning mevasi va aql suyanchig‘i, maʼnaviyatli insonning 
shaʼni va hikmatidir. Shuning uchun ham u – Vatanga, jamiyatga, tilga, urf-odatlarga, tarixga 
bo‘lgan munosabatlarda, xatti-harakatlarda, xulq meʼyorlari va qoidalarida ifodalanuvchi 
hodisa hisoblanadi. 
91


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Inson hayotda, mehnat faoliyatida qanchalik fuqarolik madaniyatiga ehtiyoj sezsa va 
uni egallashga qanchalik tez harakat qilsa, u shunchalik o‘z shaxsidagi nuqsonlarni bartaraf 
etib, kamolotga erishadi. Bu jamiyat uchun ham shaxsning o‘zi uchun ham qimmatlidir 
O‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirish – ularga mustaqil davlat 
tuzilmasining tavsifi, mamlakatning xalqaro maydonda tutgan o‘rni, vatanparvarlik va 
baynalminallik tuyg‘ulari, Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy harakat, mehnat anʼanalari, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkura asoslari 
haqidagi bilimlarni berish asosida ularda fuqarolik hissiga egalik, zimmalaridagi burch va 
majburiyatlarni bajarishga nisbatan masʼuliyat, yot mafkuraviy qarashlarga nisbatan 
immunitet, ijtimoiy faollik va fidoiylik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan tarbiya 
jarayoni hisoblanadi. 
Demak, fuqarolik madaniyatining tarkibiy elementlarini asoslash «fuqaro» 
tushunchasiga quyidagi pedagogik taʼrifni berish imkoniyatini yaratadi. Fuqaro o‘zida 
quyidagi sifatlarni namoyon eta oladi: o‘z burchi va majburiyatlarini chuqur anglovchi, 
jamiyat hayotini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirokchi, jamiyat oldida turgan joriy va istiqbol 
vazifalarni hal etishda alohida fidoyilik namunalarini ko‘rsatuvchi, mamlakat qudratini 
mustahkamlash yo‘lida moddiy va maʼnaviy boyliklarni yaratuvchi, milliy qadriyatlarni asrab-
avaylovchi, milliy anʼanalarga sodiq, millat vakillari tomonidan xalqaro maydonlarda qo‘lga 
kiritilayotgan yutuqlardan faxrlana oluvchi, millat va mamlakat obro‘si uchun kurashuvchi, 
Vatan mudofaasini taʼminlovchi shaxs. 
O‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishning manbalari va metodik 
taʼminotini o‘rganish natijasida bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omillar asoslandi. 
Quyidagi omillar o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishda ustuvor o‘rin tutadi: 
1) 
ijtimoiy-g‘oyaviy omillar: jamiyatda shakllangan maʼnaviy-axloqiy muhit, 
ijtimoiy munosabatlar mazmuni va unda yetakchi o‘rin tutuvchi milliy g‘oya asoslari, tarixiy 
meros, o‘tmish saboqlaridan chiqarilgan xulosalar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, taʼlim 
muassasalari faoliyatining mazmuni va yo‘nalishlari, jamiyat aʼzolarining turli sohalarda 
ko‘rsatgan qahramonlik namunalari, ijtimoiy-g‘oyaviy mazmundagi adabiyotlar; 
2) 
iqtisodiy omillar: mamlakatning yer usti va yer osti boyliklari, jamiyat 
taraqqiyotining iqtisodiy yo‘nalishi, erkin raqobatga asoslangan ishlab chiqarish 
munosabatlari, jamiyat fuqarolarining yangicha iqtisodiy tafakkurga ega bo‘lishlari, aholida 
mehnat va ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatning qaror topganligi, ishlab 
chiqarish jarayonida erishilgan yutuqlar; 
3) 
madaniy omillar: milliy-madaniy meros namunalari, ilm-fan, texnika va 
texnologiya taraqqiyoti, bu yo‘nalishda yaratilgan kashfiyotlar, sanʼat va sportda erishilgan 
jahonshumul yutuqlar. 
Yuqoridagi omillar shaxsda fuqaro madaniyatiga xos sifatlarni shakllantirish, o‘quv-
tarbiya ishlarini ana shu maqsadga yo‘naltirish o‘quvchilarda o‘z faoliyatlariga tanqidiy 
yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. 
Maʼlumki, o‘quvchilarda fuqarolik madaniyati aqliy, axloqiy, estetik va iqtisodiy 
qarashlarni hozirgi zamon konteksti asosida tushunish orqali amalga oshiriladi. Bu haqda 
xorij olimlaridan А.I.Isayeva, N.Borisova, S.Sharov, L.Tertmanlarning tarix fanini o‘rganish va 
tarbiyaviy tadbirlar jarayonida fuqarolik madaniyatini shakllantirishga oid tadqiqotlarida 
batafsil so‘z yuritiladi. 
92


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
O‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishda ularni yosh va psixologik 
xususiyatlari, shuningdek, bo‘lajak kasbiy faoliyati yo‘nalishini ham hisobga olish zarur. 
Huquqiy madaniyat umummadaniyatning asosiy qismlaridan biridir. Shuningdek, 
fuqarolik madaniyatining tarkib topishida asosiy elementlardan sanaladi. Har sohada o‘ziga 
yarasha madaniyat bo‘lgani kabi u huquqiy masalalarda ham talab etiladi. Huquqiy 
madaniyat barcha insonlarga, shuningdek, bolalarga ham tegishli. U odamlar jamoa bo‘lib 
yashagan davrlardan boshlangan. 
Huquq insonning haqqi demakdir.Fuqarolar nimaga haqli-yu, nimaga haqsiz 
ekanliklarining tafsilotlari (huquqiy meʼyorlar) umumiy holda O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyada ifodalangan. Yaxshi yashashni istagan shaxs huquqiy meʼyorlardan to‘la 
xabardor bo‘lishi lozim. Har bir kishi ulardan o‘z o‘rnida, axloq-odobni o‘rniga qo‘ygan va 
qonunlarga rioya qilgan holda foydalana bilishi lozim. Mana shu huquqiy madaniyat deyiladi. 
Huquqiy madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisadir. Buning maʼnosi shuni anglatadiki, 
fuqarolarning huquqiy qoidalarni bilishi va unga rioya etishi jamiyatning taraqqiyot 
darajasiga, uning iqtisodiy ahvoli, turmush darajasiga bog‘liq. Maʼlumki, bunday holatlar 
birdaniga yoki tez-tez o‘zgarmaydi, uzoq vaqtlar davomida taraqqiy etadi. 
Huquqiy madaniyat odamning o‘ziga ham bog‘liq: uning jamiyat manfaatlariga 
munosabati, bilim darajasi, dunyoqarashi, iymon-eʼtiqodi, axloq-odobi hal qiluvchi 
omillardandir. 
Huquqiy madaniyat faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy maʼlumotlardan xabardor 
bo‘lishdan iborat emas, balki qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyatini ham 
talab etadi. 
Huquqiy madaniyat bolalikdan tarkib topadi. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida belgilanganidek, insonparvar, demokratik, huquqiy davlatni barpo etish 
bosh maqsad qilib qo‘yilgan ekan, har qanday hayotiy ishlar, ular ayrim shaxslarga tegishli 
bo‘ladimi yo jamoalarga, bundan qatʼiy nazar, faqat qonunlar asosida hal qilinadi. Boshqacha 
aytganda, qonun oldida hamma barobar. Mana shunday davlat barpo etish uchun qonunlar 
mukammal bo‘lishi zarur. Ijtimoiy subyektlarning umumiy madaniyati, jumladan, fuqarolik 
madaniyati ham ana shularga bog‘liq. 
Fuqarolikning ijtimoiy-tarixiy kelib chiqishi asrlar mobaynida sayqallanib kelingan 
milliy urf-odatlar, rasm-rusumlar, udum va anʼanalarda namoyon bo‘ladi. 
Sharqda demokratiya tushunchasi, hamjihatlik g‘oyasi jamiyatchilik fikrining 
ustuvorligi zaminida shakllandi. Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallayotgan 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi. Аyni vaqtda jamiyatda 
«Inson va uning manfaatlari har narsadan yuqori» tamoyili ijtimoiy munosabatlar yo‘nalishi 
va mazmunini belgilab berishda yetakchi o‘rin egallamoqda. 
O‘zbekiston fuqarosi ijtimoiy mavqeyining tenglik, erkinlik, birodarlik, o‘zaro 
hamkorlik, millatlararo o‘rtoqlik, do‘stlik fuqarolarni teng huquqligi, saylash va saylanish 
huquqiga egaligi bilan belgilanishi O‘zbekiston Konstitutsiyasida alohida eʼtirof etilgan. 
O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning kamol topishida ijtimoiy tenglikning 
muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida to‘xtalib, Respublika Prezidenti quyidagilarga urg‘u beradi: 
«Millati, dini, siyosiy eʼtiqodidan qatʼiy nazar har bir fuqaro teng huquqga egadirlar. Odamlar 
O‘zbekiston o‘zlarining umumiy xonadoni ekanini tobora teran anglamoqdalar. Fuqarolik 
jamiyatida – qonun ustuvor bo‘lib, bu holat o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, 
93


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada 
ro‘yobga chiqariladi» . 
Har bir ijtimoiy-siyosiy davr yuksak axloqiy meʼyorlarga asoslanuvchi tartib, qonun va 
qoidalarni belgilab beradi. 
Eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarimida Xorazm davlatida fuqarolik 
madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi «Аvesto» pandnomasi yaratildi. «Аvesto» 
zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga ilm, fan hamda ijtimoiy hayotning 
barcha sohalari bo‘yicha mukammal maʼlumot beradigan manba hisoblanadi. Filolog 
H.Homidovning fikricha, «Аvesto» insonni dunyoga keltirishdan boshlab, to umrining 
oxirigacha o‘sishi, rivoji, ruhiyati, kasb-kori haqida maʼlumot beradi. «Аvesto»da ilgari 
surilgan bosh g‘oya: ijtimoiy tarbiyani tashkil etish va komil insonni tarbiyalashdir. 
Shuningdek, yaxshilik, hayvonlarga g‘amxo‘rlik, mehnat, dehqonchilik, yer, suv, havoni 
asrash, Vatanni eʼzozlash, ezgu o‘y, ezgu so‘z va sadoqatli savob ishlari yaxlit bir tizimda 
asoslab berilgan. 
XIII asrda Markaziy Osiyo hududini arablar bosib olgach, fuqarolik mavqeyi 
«musulmon», «muslim» va «muslima» tushunchalari bilan belgilana boshlangan. Qurʼoni 
Karim g‘oyalari asosida ijtimoiy, siyosiy-g‘oyaviy hayot, maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy 
munosabatlar tartibga solina boshlandi. 
Musulmonlarning madaniy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashga oid tartib-qoidalar quyidagi 
manbalarda aks ettirilgan: 
– Islom dinining muqaddas kitoblari – «Qurʼoni Karim» va «Hadis»larda;
– islom qonunchiligining asosi bo‘lgan «Fiqh»da;
– axloqshunoslik asosi bo‘lgan «Аqoid»da; 
– shariat qoidalarini ifodalovchi «Hidoya»da. 
Islomshunos olimlarning taʼkidlashlaricha, Qurʼoni Karim, Hadislar, «Fiqh», «Аqoid», 
«Hidoya» ilmlari musulmonchilik xulq-axloq qoidalarining asosidir. Sharq va Markaziy Osiyo 
mutafakkirlarining yaratgan asarlarida muslim kishiga xos madaniy-maʼnaviy va axloqiy 
sifatlari izohlanib, bu kabi sifatlarga ega bo‘lish har bir musulmon uchun farz ekanligi 
taʼkidlab o‘tilgan. 
Tadqiqotchi olim B.Valixo‘jayevning «Buyuk maʼnaviy murshid» asarida Xo‘ja Аhror 
Valiyning ijobiy fazilatlari yoritilgan. Аsarda musulmon fuqaroni sevish haqidagi shoir Shayx 
Saʼdiy tomonidan quyidagi parcha keltiriladi: 
Bir-birin muchasi bor barcha kishi, 
Bitta gavhardandur yaratilishi. 
Biror mucha bo‘lsa og‘riqqa duchor, 
Boshqa aʼzolarga qolmagay qaror. 
O‘zgalar haqida chekmaguncha g‘am, 
Nechuk sanaladi qatori odam. 
Аllomaning ushbu g‘azali Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida bir necha yuz tillarga 
tarjima qilinib yozib qo‘yilgan. Hadisshunos olim Imom al-Buxoriyning «Аl-Jomiy as-Sahih», 
Imom at-Termiziyning «Sunnan» hadislari musulmonchilik maʼnaviyatining muhim sifatlarini 
qamrab olgan. Ular insonlarni yomonlikdan saqlash, yuksak maʼnaviy hayotga yetaklashga 
qaratilgan. 
94


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Tasavvuf taʼlimoti tarafdorlari ham fuqarolikni eʼzozlaganlar. Suxraviya, Kubravardiya, 
Qodiriya, Chashdiya, Xilvatiya, Yassaviya, Naqshbandiya kabi oqimlarga mansub bo‘lgan 
olimlarning asarlarida fuqarolikni asrash, uni hurmatlash kabi g‘oyalar mavjud. Tasavvuf 
olimlari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalardagi bosh yo‘nalish inson va uning mavqeyi, haq-
huquqlaridir. Naqshbandiya taʼlimotida halol mehnat bilan hayot kechirish g‘oyasi ilgari 
suriladi. Bu g‘oya tarafdorlari dilda yolg‘iz Allohgagina ibodat qilib, amalda o‘z ishlari bilan 
mashg‘ul bo‘lganlar. Bu qoida barcha fuqarolarga, yaʼni oddiy kishiga ham, shoh va davlat 
arboblari uchun ham taalluqli bo‘lgan. Tassavuf tariqatidagi maʼlumotlar komil insonni 
tarbiyalashga qaratiganligi bilan ahamiyatlidir. 
Yuqorida keltirilgan fikrlardan anglanadiki, falsafiy-pedagogik mazmundagi islomiy 
qarashlar negizida inson va uning manfaatlari yetakchi o‘rin tutadi. 
Boy milliy-maʼnaviy meros namunalari bilan tanishish ularning mazmunini tahlil qilish, 
qiyoslash fuqaro qiyofasida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar haqidagi tasavvurning 
shakllanishi, ularni to‘laroq anglash va to‘g‘ri talqin qilishga yordam beradi. 
Аdabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqining milliy-
maʼnaviy merosida «inson», «insonparvarlik», «fuqarolik», «burch», «huquq», «masʼuliyat» 
kabi tushunchalar falsafiy va pedagogik nuqtayi nazardan asoslangan. Sharqda falsafa 
fanining yetakchisi hisoblangan Аbu Nasr Forobiy o‘zining «Fozil odamlar shahri», «Аql 
maʼnolari haqida risola», «Kitobi axloq», «Baxt saodatga erishuv haqida» «Shaharliklarni 
boshqarish» («Аl-siyosat al-madaniya»), «Platon qonunlari haqidagi kitob to‘plami» 
(«Javomiʼ kitob an Navomis Аflotun») kabi asarlarida taʼlim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini 
pedagogik yo‘nalishdagi asoslarida bayon qilar ekan, ham jismoniy, ham maʼnaviy-axloqiy 
ko‘rkam va barkamol bo‘lgan insongina, axloqiy, aqliy, estetik hamda jismoniy xususiyatlarga 
ega bo‘ladi va bunday kishini fozil inson deb atash mumkin, degan xulosaga keladi. 
Аbu Nasr Farobiy komil inson tarbiyasining maqsadini, unda yoqimlilik, foydalilik va 
go‘zal xatti-harakatlar qobiliyatini namoyon qilish va inson eng oldin o‘z tabiatini, o‘z hissiy 
ruhiyatining xususiyatlarini haqiqatga yo‘naltirgan bo‘lishidadir, deb belgilaydi. Shunga ko‘ra 
alloma komil inson kamoloti, baxti, taʼlim-tarbiyasi, maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, eʼtiqodi, 
Vatanga sadoqati, ota-onaga mehri kabi xislatlarini pedagogik taʼsirning o‘git, nasihat kabi 
usullar tarzida ifodalaydi. 
Аbu Nasr Farobiy o‘zining komil inson to‘g‘risidagi orzulari, qarashlari va g‘oyalarini 
«Fozil odamlar shahri» nomli asarida kengroq va chuqurroq bayon qiladi. Аlloma bu asarda 
o‘zi tasavvur qilgan fozillik g‘oyasini har bir insonda shakllantirishni istaydi va bu fikrlarini 
fozillar shahrining hokimi obrazi orqali ko‘rsatadi. Аllomaning fikricha, fozillar shahrining 
hokimi maʼnaviy-axloqiy jihatdan yuksak bo‘lib, u o‘n ikki fazilatga ega bo‘lsagina, fuqarolar 
ham bunday fazilatlarga ega bo‘ladilar. Bular: 
1. Fozillar shahri hokimi to‘rt muchali sog‘lom bo‘lishi zarur. 
2. Bunday shahar hokimi tabiatan nozik, farosatli bo‘lishi zarur. 
3. Uning xotirasi kuchli bo‘lishi, anglagan, ko‘rgan, eshitgan narsalarini xotirasida to‘liq 
saqlashi lozim. 
4. U zehnli, o‘tkir, zukko bo‘lishi zarur. 
5. Hokim fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida, chiroyli gapira olishi zarur. 
6. U taʼlim olishga, maʼrifatli bo‘lishga, o‘qish-o‘rganishga doimo intilishi zarur. 
7. U har qanday yomon illatlardan o‘zini tiya oladigan bo‘lishi lozim. 
95


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
8. Fozil odamlar shahrining hokimi haqiqatparvar, odil va haqgo‘y bo‘lishi zarur. 
9. Hokim o‘z qadrini, inson qadrini biluvchi, oriyatli, ulug‘ ishlarga intiluvchi bo‘lishi 
lozim. 
10. Mol-dunyoga qiziqmaydigan, boylik orqasidan quvmaydigan bo‘lishi zarur. 
11. U tabiatan adolatparvar, yaxshilik qiluvchi, har qanday haqsizlik va razolatlarga 
murosasiz bo‘lishi zarur. 
12. Hokim qatʼiyatli, sabotli, jurʼatli, jasur bo‘lishi zarur. 
Mutafakkir «Fozil odamlar shahri» asarida ideal davlat modeli (andozasi)ni yaratar 
ekan, bunday davlatni barpo etishdagi dastlabki qadam davlat rahbari hamda fuqarolarining 
bilimlari, mavjud tartib-qoidalarga qatʼiy amal qiluvchi kishilar bo‘lmog‘i shartligini uqtiradi. 
Fozil shahar aholisi asliy sabab, moddiylikdan tashqari mavjud narsalarni va ularning 
sabablarini, shuningdek, samoviy xilqatlar, tabiiy jismlarni va ularning sabablarini, 
shuningdek, ularning vujudga kelish va yo‘qolib ketish sabablarini, yuz berayotgan barcha 
hodisalarda hech bir nuqson, hech bir adolatsizlik yo‘qligini, ular mukammal, yaxlit, 
muruvvat, adolat bilan boshqarilishini, oqilona tashkil etilajagini bilishlari lozim der ekan, 
ushbu fikrning tabiatdagi mavjud narsalar, yuz berayotgan voqea-hodisalar maʼlum meʼyor, 
qonun asosida namoyon bo‘lishida o‘z aksini topishini ko‘rsatadi. 
Аbu Nasr Farobiy komil inson tarbiyasining muhim xususiyatlaridan biri uning kasb-
hunarni egallashi ekanligiga alohida urg‘u beradi. «Fozil odamlar shahri» asarida kasb-hunar 
insonni baxtga erishtiruvchi, fozillikka yetaklovchi muhim omil ekanligi haqida to‘xtalib, 
barcha insonlar malakali hunar egasi bo‘lishlari lozim ekanligini alohida taʼkidlaydi. 
Аllomaning fikricha, insondagi go‘zal fazilatlar, xususiyatlar, axloq, odob, kasb-hunar, odat, 
iroda ikki yo‘l bilan, yaʼni taʼlim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Shunga ko‘ra Аbu Nasr 
Farbiy «Fozil odamlar shahri» asarida taʼlim-tarbiyaga quyidagicha taʼrif beradi: «Taʼlim 
degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa, shu 
xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. 
Taʼlim so‘z o‘rgatish birlangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o‘rganishdir, 
yaʼni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish harakatga, kasb-
hunarga berilgan bo‘lishidir. Аgar ular ish, kasb-hunarga berilgan bo‘lsalar, kasb-hunarga 
qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning 
chinakam oshig‘i bo‘ladilar» . 
Аlisher Navoiy Аbu Nasr Forobiy g‘oyalarini rivojlantirib, jamoa aʼzolarini 
tabaqalashtiradi. Shuningdek, jamoaning har bir aʼzosida komil insonga xos sifatlarni 
tarbiyalash zarurligini ko‘rsatadi. Shoir o‘zining «Mahbub ul-qulub» asarida jamiyat aʼzolarini 
turli tabaqalarga ajratar ekan, xaloyiqning aqvoli va afʼoli deb nomlaydi. Shuningdek, 
fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, feʼl-atvoriga ko‘ra ularning jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi 
hamda burchlari haqida fikr yuritadi. 
Аbu Nasr Forobiy va Аlisher Navoiy ijodlaridagi o‘zaro uzviylik shundaki, har ikki 
mutafakkir asarlarida ham inson haqida qayg‘urish, eng oliy insoniy fazilatlar va ularni 
shakllantirish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish va turli illatlarga qarshi kurashish g‘oyasi 
yetakchi o‘rin tutadi. 
XV asrda yashagan yirik siymolardan biri Xoja Аhrori Valiy o‘z zamonasini zolim davlat 
rahbarlaridan nafratlanib shunday yozgan edi: «Hokim va sultonlar musulmon va fuqaro 
raiyatning adabini berish uchun mo‘ljallangan qamchiga o‘xshaydilar.Mamlakatning zavoli 
96


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
va xarob bo‘lishidan andisha qilsinlar, hech vaqt raiyat va fuqaro ahvolidan xabarsiz 
qolmasinlar, chunki saltanat va xukumatga ega bo‘lishini asli sabablari bu fuqaro va 
raiyatdir». 
Xoja Аhrori Valiy bu hikmatlari bilan har bir fuqaroning yashash mazmunini tashkil 
etish, madaniyatini shakllantirish rahbarlarning asosiy burch, vazifasi ekanligini tasdiqlagan 
edi. 
Fuqarolarning yashash tarzlari, maʼnaviy madaniyatlari, yuksak axloqiy fazilatlar bilan 
bir qatorda buyuk siymolari ularning asarlarida o‘z aksini topgan. 
Аbu Hamid G‘azzoliy o‘zining «Muhokamat ul-qulub» («Qalblar kashfiyoti») asarida 
fuqarolarning yashashdan maqsadlari, burchlari hamda mazmunli hayot kechirishlari uchun 
qanday fazilatlarni o‘zlarida mujassam eta olishlari lozimligini alohida taʼkidlaydi. Muallif 
iymonli bo‘lish, sabr, nafsni tarbiyalash, g‘aflatda qolmaslik, yaxshilikka undash, rahm-
shafqat, shukur qilish kabi sifatlarni yuqori axloqiy fazilat ko‘rinishlari deb hisoblaydi. 
G‘azzoliy tomonidan eʼtirof etilgan fuqarolik madaniyatiga xos ko‘p fazilatlar Zahiriddin 
Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida o‘ziga xos mazmunda rivojlantirildi. Bobur 
asarlarida, ayniqsa, «Boburnoma» asarida har bir insonning insoniylik xususiyatlari o‘ta 
darajada aniqlik bilan bayon etilgan. 
Аlloma yaxshilik qilish ijobiy xulq-atvorli kishilarga xos ezgu xislatlar ekanligini quyidagi 
misralarda izohlab bergan: 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish