Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

Kalit so‘zlar: ijtimoiy taraqqiyot, moddiylik va ma’naviylik, moddiy ishlab chiqarish, ma’naviy 
ishlab chiqarish, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish dialektikasi, evristika, gnosologiya, 
metodologiya.
Hozirgi zamon falsafa ilmining munozarali masalalaridan biri – bu globallashuv sharoitidagi 
ijtimoiy taraqqiyot jarayonida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning o‘zaro nisbati muammosini 
hal etish tashkil etadi. Bu masalaga jiddiy yondashish o‘tgan XX asrning 80-yillarida boshlangan 
bo‘lib, uni hal etishda asosan sobiq sotsialistik tuzumning g‘oyaviy asosi bo‘lgan materialistik 
dialektika an’anasi ustunlik qilgan edi. Biroq, shunday bo‘lsada moddiy va ma’naviy ishlab chiqa-
rishni tahlil qilish borasida o‘ziga xos bo‘lgan turli xil qarashlar va yondashuvlar paydo bo‘lib, ular 
o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralar bo‘lib o‘tgan edi [1]. Bu masala SSSR parchalanib, uning o‘rniga 
bir qator mustaqil davlatlar paydo bo‘lgandan so‘ng yanada dolzarb muammoga aylandi. Chunki, tarix 
sahnasiga kelgan har bir mustaqil davlat o‘zining kelgusidagi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlash uchun 
milliy xususiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish ishlarini yo‘lga qo‘yishlari zarur 
bo‘lib qoldiki, bu ishni amalga oshirmasdan turib erishilgan mustaqillikni qo‘lda saqlab qolish amri 
mahol edi. 
O‘zbek xalqi mustaqillikka erishgach, uning falsafiy dunyoqarashi tobora eskirib borayotgan 
«materialistik qobiqdan» chiqib, yangicha milliy mazmun va shaklga ega bo‘la boshladi. Mamlakat 
mustaqilligini ta’minlashning zamini bo‘lmish moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish sohasida 
bosqichma-bosqich bir qator yirik islohotlar amalga oshirilishi natijasida «moddiy ishlab chiqarish» va 
«ma’naviy ishlab chiqarish» tushunchalari – fundamental falsafiy kategoriyalar darajasiga ko‘tarilib, 
tabiiy va ijtimoiy bilimlarning har qanday tarmog‘i uchun alohida dunyoqarash ahamiyatiga ega bo‘la 
boshladiki, uning tub mohiyatini anglash orqali yangi hodisa sifatida o‘rganish zarurati paydo bo‘ldi. 
Bunda hamma gap falsafaning asosiy masalasi aynan shu kategoriyalar orqali hal etishda emas, balki 
ijtimoiy taraqqiyotda moddiylik va ma’naviylik dialektikasining murakkab va serqirra ekanidan kelib 
chiqqan holda, mamlakatimizda yuz berayotgan moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarining 
tub mohiyatini anglash orqali, ularni uyg‘unlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish haqida borayotganligini 
nazardan qochirmaslik kerak. 
Falsafa ilmining asosiy masalasini hal etishning ba’zi bir kategorial va metodologik darajasiga 
o‘tar ekanmiz, ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu sohasida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning 
nisbati qandaydir doimiy kattalik bo‘la olmasligini aniq tushunib olishimiz lozim bo‘ladi. Albatta, 
bundan moddiylik – birlamchi, ma’naviylik esa – ikkilamchi degan xulosaga kelish ilmiy dialektika 
nuqtayi nazaridan unchalik to‘g‘ri emas. Biroq, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab 
chiqarishning o‘zaro munosabatida turli omillarning kompozitsiyasi, ularning o‘zaro ta’sirining 
yo‘nalishi, rivojlanish tamoyillari va funksiyalarning vazifasi har safar turlicha bo‘ladi. Shu bois 
masalani mavhum-falsafiy tarzda qo‘yishdan moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab chiqarish-
ning aniq dialektikasini o‘rganishga o‘tish ham aslo oddiy masala emas (buni, aytaylik, predmet-
buyumli va belgili madaniyat olami, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy sohalarida, ijtimoiy 
munosabatlarning turli tizimlari yoki voqelikni individual aks yettirish va faoliyatni ongli ravishda 
boshqarishda ko‘rish mumkin). Ushbu masalani, aftidan, moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab 
chiqarish dialektikasining amalga oshish shakllaridan birini tahlil qilish natijalarini uning boshqa 
shakllariga bevosita ko‘chirish orqali hal etib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, turli tadqiqotchilar 
tomonidan bildirilgan qator samarali g‘oyalar moddiylik va ma’naviylik munosabatlari tizimining 
amalda ko‘p qirrali ekanligini aniqlashga imkon beradi [2]. Ammo, hatto shu jihatdan qaraganda ham, 
ishlar endigina boshlandi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Demak, insoniyat faoliyatining turli 
62 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish