Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
sohalarida amalga oshayotgan moddiylik va ma’naviylik o‘zaro ta’siri (munosabati)ning ko‘plab 
tomonlari hali o‘rganilmagan. Ularga, jumladan, ijtimoiy taraqqiyotda moddiylik va ma’naviylik 
omillari dialektikasi ham kiradi. 
Ijtimoiy taraqqiyotni bir qarashda odamlarning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish birlikda va 
o‘zaro munosabatda bo‘ladigan jamiyat ijtimoiy hayot va faoliyatning real asosi sifatida baholash 
mumkin. Ma’lumki, ijtimoiy ishlab chiqarishning uzviy, ichki jihatdan bog‘liq kichik tizimlarini 
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bunda agar moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy falsafa 
yoki iqtisodiyot nazariyasi tomonidan chuqur tahlil qilingan bo‘lsa, ma’naviy mahsulotlarni ishlab 
chiqarish borasida shakllanayotgan faoliyat va yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimi 
endilikda faylasuf va iqtisodchilarning diqqat markaziga ko‘chmoqda, ayni vaqtda bu nihoyatda 
murakkab va ba’zan oddiy tafakkur uchun juda «noqulay» obyekt bo‘lib qolmoqda. Bu esa ma’naviy 
ishlab chiqarishni iqtisodiy tahlil qilish mumkin yoki mumkin emasligi, ishlab chiqarish va «noishlab 
chiqarish» sohalari chegaralari, ma’naviy faoliyatni takror ishlab chiqarishga qo‘llaniladigan 
kategorial apparatlar va normativ baholar, pirovard natijada iqtisodiy nazariya fanining tadqiqot 
obyektini nima tashkil etishi mumkinligi haqidagi bahs-munozaralarni rag‘batlantirmoqda. Ushbu 
muammolarning hammasi, shubhasiz, falsafiy xususiyatga ega. Ular, bizningcha, ijtimoiy taraqqiyotda 
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish dialektikasini anglash orqali hal etilishi mumkin. Aynan shu 
muammo, nazarimizda, yaqin yillarda ijtimoiy taraqqiyotning
shunday asosiy jihatini tashkil etadiki, 
jamiyat hayotini yangicha anglash, o‘rganishga qaratilgan falsafiy va iqtisodiy yondashuvlarni 
birlashtiruvchi yangi ilmiy bilimlarini «biriktiruvchi» to‘qimasi aynan shu muammo atrofida 
shakllanadi. Ushbu muammoning hal etilishi falsafaning ham, iqtisodiyot nazariyasining ham 
mazmunan boyishi va metodologik samaradorligi ortishiga yordam beradi. Biroq tadqiqotchilarni bu 
yo‘lda kutayotgan qiyinchiliklarga ham ko‘z yumib bo‘lmaydi.
«Moddiylik», «ma’naviylik», «moddiy ishlab chiqarish», «ma’naviy ishlab chiqarish», «ijtimoiy 
borliq», «ijtimoiy ong» kategoriyalari yaxlit ta’limot bo‘lmish ijtimoiy falsafaning asosiy mazmunini 
tashkil etadi. Shu bilan birga, ularning har biri falsafaning ayrim qismlari doirasida mavjud kategorial 
aloqalar tizimiga kiradi, muayyan kategoriyalar qatorining vakili hisoblanadi va shu bois obyekt 
topshirig‘ining o‘ziga xos mantig‘ini aks ettiradi. Ko‘p qirrali kompleks muammolarni hal qilishda 
turli fanlarning kategoriyalarini birlashtirishga urinishlar har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmaydi, 
chunki ayni bir kategoriyalar turlicha talqin etilishiga duch kelinadi. Turli fanlar vakillari uchun o‘zlari 
ko‘nikkan talqinlar mavjud bo‘lib, boshqa talqinni qabul qilish ularga psixologik qiyinchilik 
tug‘diradi. Bu o‘rinda qandaydir vositachi til kerak bo‘lib, uni ishlab chiqishdan avval obyektni 
nazariy aks ettirishning turli darajalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni metodologik jihatdan puxta 
tekshirish (tadqiq etish) lozim bo‘ladi. Gap obyektni anglashning falsafiy va iqtisodiy usullari 
o‘rtasidagi chegarani yo‘q qilishda emas, balki ushbu obyekt o‘rganilayotgan umumiy darajalarni aniq 
belgilash hamda ularni bog‘lovchi bo‘g‘inni topishdadir. Bu vazifa gnoseologik-metodologik masala 
bo‘lib, uni falsafaning integrativ (birlashtirish) funksiyasidan to‘liq foydalangan holda hal qilish zarur. 
Falsafa fanlarning o‘zaro munosabati metodologiyasini ishlab chiqish, boshqa fanlar bilan birgalikda 
bilimning turli sohalari o‘rtasidagi «chok» va «o‘tishlar» tabiatini, yaxlitlikning ikkiga ajralish 
mexanizmlarini va undagi ziddiyatli jihatlarni bilish metodologiyasini topib, dialektik tadqiq etishga 
xizmat qilishi lozim. Bunda shuni yodda tutish lozimki, hech qanday mavhum, «universal», bilim 
sohalarining o‘ziga xos tabiatiga befarq tizim va modellar har bir fandagi muayyan vaziyatni aniq 
tahlil qilishning ham, ularning umumiy aloqalari aniq tabiatini tahlil qilishning ham o‘rnini bosa 
olmaydi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish omillarining o‘zaro munosabatini 
tahlil qilishda falsafa va iqtisodiyot nazariyasi o‘rtasida to‘plangan axborot tajribasini o‘zaro 
almashish zarurati ijtimoiy amaliyot ehtiyojlari bilan ham bog‘liqdir. Ijtimoiy taraqqiyotning 
tezlashuvi butun jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tizimini tubdan isloh qilish zaruratini ham yuzaga 
keltiradi. Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayot sohalari o‘rtasidagi aloqalar keskin 
murakkablashadi, buning ustiga, ularning rivojlanishida o‘zaro bog‘liqlikning kuchayishi ustunlik qila 
boshlaydi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizning iqtisodiy hayotini tubdan o‘zgartirish borasida qabul 
qilinayotgan qarorlarning amaliyligi ijtimoiy boshqaruvning samaradorligi bilan bevosita bog‘liqdir. 
Amaliyotning o‘zi shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy sohalarning birida yuz bergan o‘zgarish boshqa 
barcha sohalarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda va binobarin, boshqa tizimlardagi rivojlanishni tartibga 
solmay turib, ijtimoiy munosabatlarning biror tizimidagi islohotlarni rag‘batlantirishning iloji 
bo‘lmaydi.
63 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish