ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son
tilshunoslikda kiberleksikografiyaning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishga ustuvor tus
bermoqda.
Fan va texnika rivojlanib borgan sari o‘zbek tilshunosligi va uning tarmoqlari ham yangilanib,
takomillashib boraveradi. Kiberleksikografiya sohasining shakllanishida ilmiy-nazariy tadqiqotlar,
texnologik loyiha va standartlashtirilgan yagona tizimlar belgilovchi omil bo‘lib xizmat qilishi
shubhasiz. Texnik-texnologik yondashuvning kuchayishi, texnikada yangi tarmoqlarning vujudga
kelayotganligi kiberleksikologiyaning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.
Texnik-texnologik yondashuv qog‘oz shaklidagi lug‘atlardan voz kechib, elektron lug‘atlardan
foydalanish zaruratini kuchaytirmoqda. Elektron lug‘atlar foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lib,
iqtisodiy tejamkorlik bilan bir qatorda, undan istagan til hodisasini tez qidirib topish, tahrir qilish, turli
variantlaridan, tarjimalaridan foydalanish imkonini beradi.
Kiberleksikografiya sohasini rivojlantirish kiberlug‘atlarning o‘zbek tilidagi to‘liq va to‘laqonli
bazasini yaratish, avtomatik tahrirlash, o‘zbek tilidan boshqa tilga yoki aksincha tarjima qiluvchi
mukammal dasturlarni yaratishni taqozo qiladi.
Kiberleksikografiya kompyuter tarjimasi, tahriri, tahlili, elektron lug‘at va tezaurus, til
korpuslarini yaratishda ham ahamiyatli. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug‘atlar tuzish va undan
foydalanish madaniyatini shakllantirish til imkoniyatini egallashda samarador ekanligini ta’kidlash
joiz. Xullas, kiberlug‘atlar til imkoniyatini nisbatan to‘la va keng qamrovli namoyon qilish, egallashda
an’anaviy vositalardan keskin farq qiladi.
Dunyoda yuksak texnologiyalarning yuzaga kelishi, ijodiy tafakkurning o‘sishi, axborotlashuv,
globallashuv kabi taraqqiyot mamlakatimizda tildan foydalanuvchilarning dunyoqarashi, ong va
tafakkurini ham tubdan o‘zgartirdi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda
bo‘lgani kabi o‘zbek tilshunosligi fani rivoji uchun ham shart-sharoitlar yaratildi. Xususan,
mamlakatimizda fan va texnikaning jadallashuvi natijasida tilshunoslik bo‘yicha tadqiqotlarga yangi
turdagi texnika va texnologiyalarni, mashina va apparatlarni, elektron asbob-uskunalarni joriy etish
tezlasha boshladi.
O‘tgan davrda o‘zbek tilshunosligining leksikografiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar
ham samarali bo‘ldi. O‘zbek leksikografiyasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar va davr talabi
leksikologiyaning yangi zamonaviy yo‘nalishi hisoblanadigan kiberleksikografik tadqiqotlar asosida
zamonaviy virtual lug‘atlar yaratishni talab etmoqda. Axborot texnologiyalari asrida yuz berayotgan
fan-texnika taraqqiyoti kiberleksikografiya sohasini lug‘atshunoslik va lug‘atchilikning ilg‘or
yo‘nalishi sifatida shakllantirish zaruriyatini kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayniqsa, o‘zbek kompyuter
kiberleksikografiyasini yo‘lga qo‘yish bu boradagi ilk qadamlardan bo‘lishi shubhasiz. Zamonaviy
tilshunoslikning yutuqlari asosida bugungi kunda o‘zbek tili lug‘atlarini kompyuter texnologiyalari
asosida qurish va qayta ishlash, uning qo‘llanishini ma’lum bir sharoit, turli sharoit uchun
modellashtirish, ona tilimiz kompyuter modellarini lingvistika yoki boshqa sohalarda qo‘llash, texnika
tarjimasi kabilar bo‘yicha erishilayotgan sezilarli yutuqlar kiberleksikografiyasini yo‘lga qo‘yishga
olib kelmoqda. Xususan, o‘zbek leksikografiyasining bugungi holati uning til korpuslari yaratishga
o‘tilayotganligi bilan ahamiyatlidir.
Til korpusi qidiruv dasturiga asoslangan virtual lisoniy muhit bo‘lib, bir tilga oid matnlar
yig‘indisidir. Korpus cheksiz so‘z qo‘llanishlarini o‘z ichiga oladi. Tilning mukammal korpuslarida til
paydo bo‘lgandan buyon hozirgi kungacha yaratilgan barcha yozma, og‘zaki matnlar joylashtiriladi. U
doim yangilanib borish imkoniyatiga egaligi, keng qamrovliligi va foydalanishda qulayligi bilan
ahamiyatli.
Til korpusi an’anaviy lug‘atlardan keskin farq qilib, so‘zlarning qo‘llanish doirasi, tillarning
rivojlanish va o‘zgarish darajasini, hatto,
har bir so‘zning qo‘llanish chastotasi va xususiyatlarini ham
tez va mukammal aniqlab bera oladi. Korpusda tildagi har qanday so‘zning barcha xususiyatlari
haqida aniq va ishonchli ma’lumotlarni olish imkoniyati mavjud. Til korpusi Internet tizimida faoliyat
ko‘rsatganligi sababli tejamkorlik xususiyatiga ega. U doimiy yangilanib, takomillashtirilib
borilganligi tufayli har doim jamiyat talablariga mos bo‘lib, eskirish xususiyatidan xoli bo‘ladi.
Korpus lingvistikasi esa ana shu til korpuslarini yaratish asoslari bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |