ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son
Kompyuter lingvistikasiga qiziqish avvval 1956-1965-yillar oralig‘ida AQShda shakllangan
(Georgetown University Machine Translation Research and Language Project) [1] Elektron
ma’lumotlar asosida ko‘pgina Random House Dictionary (1966), American Heritage Dictionary
(1969), Webster’s eighth Dictionary (1973) va Collins COBUILD Dictionary (1979) kabi elektron
lug‘atlar yaratilgan. Hozircha shu asosda ko‘pchilik tillarda elektron lug‘atlar yaratish borasida bir
necha tadqiqotlar olib borilgan. N.A.Sivakova [2], V.M.Varinskaya, S.A.Stroykov [4],
S.V.Levonisova [5], S.S.Subbotenko [6], YE.V.Juchkova [7], P.I.Sergiyenko [8], I.N.Savchenkova [9,
25], G.G.Babalova [10] kabi bir qancha olimlar elektron lug‘at yaratish usullari ustida salmoqli
tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ayniqsa, kiberlug‘atlarning yorqin namunasi bo‘lgan korpuslarning
yaratilishi leksikografiya sohasini yangi cho‘qqilarga olib chiqdi. Ma’lumki, korpus yozma
matnlarning elektron shakldagi to‘plami bo‘lib, maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari orqali
to‘plangan lug‘atlar jamlanmasi kiritilishi asosida yaratiladi. Korpus kompyuter dasturi shaklida
tilning barcha jihatlarini yoritib bera oladi. Shuning uchun ham, korpus lingvistikasi tilning
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uni qayta baholashga olib keladi. Kiberleksikografik korpusning
asosiy manbasi – axborot-qidiruv tizimiga solingan lug‘atlar to‘plami bo‘lgan korpusdir. Korpus
(ingliz tilidan olingan, corpus so‘zining ko‘plik formasi corpora) o‘zgaruvchan hajmga ega hamda
turli maqsadlar uchun yig‘ilgan, to‘plangan so‘zlar ham turlicha bo‘lishi mumkin. Barcha to‘plamlar
ma’lum jihatdan biri-biriga o‘xshash bo‘lib, to‘plangan so‘zlar bitta tilga xos yoki shu tilga xos boshqa
variantlarda berilgan bo‘ladi. Ma’lum hajmga nisbatan ularning barchasi turlicha bo‘lishi, bunda
so‘zlar turli manbalardan yig‘ilgan va bir necha turdagi so‘zni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.
Korpuslar maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturi orqali amalga oshirilgan bo‘lib, zaruriy
ravishda so‘zlarni aks ettirishni o‘z zimmasiga oladi. Eng asosiysi, korpus dasturi berilgan maqsadli
so‘zni tadqiq etadi, korpusdagi misollar sonini aniqlaydi va bog‘liqlik chastotasini hisoblaydi,
maqsadli qismga xos misollarni namoyish etadi, bundan foydalanuvchi keyingi tadqiqotlarni davom
ettira olish imkoniga ega bo‘ladi.
1980-yillarning o‘rtalariga kelib korpus tadqiqotlari asosida tuzilgan birinchi o‘quv lug‘ati
leksikograf va grammatistlar uchun beqiyos manba vazifasini o‘tagan. Zamonaviy o‘quv lug‘ati
oldingilardan farqli o‘laroq, frazeologiyaga, asosan, birikmalarga ko‘proq e’tibor qaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |