Kalit so‘zlar: kiberleksikografiya, elektron lug‘at, korpus, korpus lingvistikasi, internet,
internet lug‘at, axborot texnologiyalari, virtual.
Respublikamiz hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan katta o‘zgarishlar, rivojlangan juda
ko‘p mamlakatlar bilan aloqalarning tobora kuchayib borayotganligi qisqa vaqt mobaynida o‘zbek tili,
xususan, uning leksikasi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, leksikografiya sohasida
erishilgan muayyan yutuqlar, davr talablaridan kelib chiqqan holda, lug‘atchilikning yangi nazariy
muammolariga ham e’tibor qaratishni talab etadi. Ular sirasida kiberleksikografiya va kiber-
lug‘atchilik muammosi alohida o‘rin tutadi.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmida rivojlangan xorijiy mamlakatlarda kibernetika fani shiddat
bilan rivojlanib, uning natijalari ishlab chiqarishga keng tatbiq etila boshladi. Ishlab chiqarish
jarayonida sinovdan o‘tgan zamonaviy texnologiyalar, ularning yanada takomillashtirilishi,
kibernetika sohasida yangidan yangi tadqiqotlarning vujudga kelishi uchun zamin yaratdi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi jamiyat a’zolaridan texnika va texnologiyani puxta
o‘zlashtirishni, elektron lug‘atlar yaratish va ularni samarali qo‘llash, tadqiqotlar olib borish, axborotni
qayta ishlash, ulardan to‘liq foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi.
Axborotni qayta ishlash jarayoniga avtomatik usullarni tatbiq qilish leksikologiya,
leksikografiya sohasida ham kompyuter imkoniyatlari maxsus optimal texnologiyalar asosida
ishlashni, lug‘atchilikka zamonaviy informatsion leksikografik dasturlarni faol qo‘llashni ehtiyojga
aylantiradi.
Leksikografiya sohasining kompyuterlashishi shuni ko‘rsatadiki, faqat elektron lug‘atlar
leksemaning butun mohiyatini tezkorlik bilan o‘quvchiga yetkazish imkoniyatini beradi. Jamiyatni
axborot texnologiyalarining qamrab olishi leksikografiyada zamonaviy – kiberleksikografiya
yo‘nalishining paydo bo‘lishiga turtki berdi. Ma’lumotlarni qayta ishlash tartibini avtomatlashtirish,
yangi faol leksikografik sistemalarni yaratish, buning natijasi sifatida an’anaviy lug‘atlardan avto-
matlashgan (elektron) lug‘atlar yaratishga o‘tish jarayonini tezlashtirishga olib keladi. Shu boisdan
ham, lug‘at tuzishda axborot texnologiyalardan keng foydalanilishga, ularni internetda joylashtirib,
keyingi o‘rinda alohida sohalar bo‘yicha kitob shaklida foydalanish uchun dasturlash avj oldi.
Zamonaviy leksikografiyaning ilg‘or sohasi kompyuterlashgan kiberleksikografiyadir. Bu
internet lug‘atlarini tuzish va matn bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Kiberlug‘atlar qidiruv tizimi
asosida axborotlarni tez va sifatli olishga xizmat qiladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida kibernetika
“kibernetika [yun. kibernetike (techne) – boshqarish, darg‘alik (mahorati)] 1 boshqaruv jarayonlari
hamda mashinalar, tirik organizmlar va jamiyatda axborot ma’lumot uzatishning umumiy qonuni-
yatlari haqidagi fan. Texnikaviy kibernetika. Iqtisodiy kibernetika. Tibbiyot kibernetikasi. Kiber-
netikaning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari tashkil etadi. 2 Informatikada: axborot –
ma’lumot olish, saqlash va uni qayta ishlashning umumiy qonunlari haqidagi fan” [1, 363] sifatida
izohlangan bo‘lib, bugungi kunda u “virtual lug‘atlar, ular bilan ishlash hamda yaratish
texnologiyalari” mazmunida ommalashmoqda. Bunda sohani Internet tizimi doirasida idrok etish
lozim.
Kiberleksikografiya (cyberlexicography) internet elektron lug‘atlarni – umumiy va maxsus
turdagi akademik, ensiklopedik va lingvistik (general-purpose i special-purpose dictionaries,
Free
Internet Encyclopedia) lug‘atlarni yaratishning nazariy asoslarini o‘zida ifodalaydi. Bugungi kunda
“Yahoo!” loyihasi doirasida 50 turdagi qariyb 500 ta sayt mavjud bo‘lib, ularda lug‘atlar xazinasi to‘la
va umumiy tarzda joylashtirilgan, ular alohida bilimlar sohasi bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar sifatida
tartiblashtirilgan.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |