ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
iqtisodiyot nazariyasiga mo‘ljal oladigan tadqiqotlar yo‘nalishlarini nazarda tutyapmiz. Aytmoqchi, bu
mo‘ljal (yo‘nalish) har doim ham aniq ifodalangan emas, ba’zan esa ko‘rinmaydi, hatto yashirindir.
Shunisi e’tiborliki, ma’naviylik muammosiga murojaat etgan ko‘pchilik olimlar «ijtimoiy ong doimiy
individual onglar shaklida amalga oshadi» yoki «ijtimoiy ong individual onglar yig‘indisi emas, ammo
u ko‘plab individual onglar orqaligina mavjud bo‘ladi», degan umumiy qoidani qabul qiladilar. Ushbu
qoidaning qabul qilinishi o‘z-o‘zicha hali ongning individual va ijtimoiy shakllariga nisbatan
tadqiqotchilarning qarashlari yakdilligini kafolatlamaydi. Muayyan bir tadqiqotda individdagi fikriy
jarayonlar kechishining xususiyatlarini o‘rganishdan umumiy mafkuraviy shakllariga o‘tish oson
emas. Unisi ham, bunisi ham amalda mavjud, – bunga hech kim shubha qilmaydi. Ammo falsafiy
tahlilning tarixiy tajribasi ushbu reallikning tabiatini tushunish nihoyatda qiyin ekanligidan dalolat
beradi. Bu yo‘lda yuzaga keladigan prinsipial qiyinchiliklar haqida gapirmasa ham bo‘ladi,
ma’naviylik muammosini muhokama qilishning hozirgi holati o‘ziga xos metodologik
«yetishmovchilik» tufayli murakkablashgan. Aslida, obyektni (ongni) tahliliy ajratishning dastlabki
predmetli-ilmiy usuliga suyanadigan ko‘p hollarda ishlatiladigan metodologik strategiyalar yagona
mumkin bo‘lgan strategiya deb e’lon qilinadi. Bizningcha, «buyumlardagi ma’naviylik» yoki
«miyadagi ma’naviylik» degan yolg‘on dilemma yuzaga keladi. Masalaning bunday qo‘yilishi
muammoli izlovni rag‘batlantirmaydi, balki to‘xtatadi. Shu paytga qadar, loaqal, «miya»ga «tarafdor»
va «qarshi» dalillarning paydo bo‘lishi aynan bahs-munozara ustidan aqliy nazorat yo‘qolganligi va
bahslashuvchilarning hissiy zo‘riqishini bildiruvchi «yurak ovozining» ko‘tarilib ketganidan dalolat
berardi.
Bunda biz moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy ishlab chiqarish dialektikasining umumiy
muammolarini ham yangicha anglashga imkon beradigan ishlab chiqarishning moddiy va ma’naviy
omillari o‘zaro munosabatlarini tahlil qilish natijalarini ajratib ko‘rsatishga harakat qilamiz. Biroq,
agar metodologik tahlil darajasiga qat’iy amal qiladigan bo‘lsak, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish
kategoriyalarida asosan ijtimoiy hayot faoliyati sohasida moddiylik va ma’naviylikning bir-biriga
aylanish jarayonlarini tasavvur qilish mumkin. Ammo bu hol moddiylik va ma’naviylik dialektika-
sining shaxsiy (shaxsga xos) jihati bu bilan batamom psixologiyaga berilishini anglatmaydi. Falsafa bu
o‘rinda ancha mustahkam va istiqbolli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan (egallagan). Biz faqat mazkur
(tanlangan) kategoriyalar majbur etadigan va rioya etilishi, bizningcha, butun tadqiqotning
metodologik samaradorligini faqat oshiradigan cheklovlarnigina ko‘rsatib o‘tamiz.
Shartli ravishda aytganda, iqtisodiyot nazariyasi haqiqatan ham doimo takrorlanadigan,
«ko‘paytiriladigan» – takror ishlab chiqariladigan narsalar bilan ish ko‘radi; insonni emas, balki
odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi individual ruhiy faoliyat
hodisalaridan mavhumlashadi. Individual ong uning predmeti (bahs mavzui)ga kirmaydi. Biroq
hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi ishlab chiqarish tizimlarida mustahkamlangan ijtimoiy ong
hodisalaridan mavhumlasha oladimi? Bizningcha, yo‘q. Ana shuning uchun ham iqtisodiy (ayniqsa,
falsafiy-iqtisodiy) tadqiqotda ma’naviylik muammosining jihatlaridan birini, ya’ni ma’naviylik
noruhiy, ammo predmetlashgan ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy shakli sifatida mavjud bo‘lgan
nosubstansional reallik sifatida namoyon bo‘ladigan noruhiy jihat tashkil qiladi. Shu bilan birga, ishlab
chiqarishda ma’naviylikning amal qilish jarayoni haqiqiy moddiy ijtimoiy munosabatlarni va
binobarin, pirovardida insonning o‘zini o‘zgartiradigan haqiqiy moddiy kuchga aylanishiga
qaratilganligi bilan ajralib turadi.
O‘zbek xalqining ijtimoiy taraqqiyotida moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarining
roli va ahamiyatini belgilab berishning falsafiy metodologik asoslarini:
1. Islom Karimov tomonidan bildirilgan: «...inson o‘z timsolida ham moddiy, ham ma’naviy
xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, Yaratganning buyuk va sirli mo‘jizasidir.
Uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz
qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi. Qachonki ana shu ikki
muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma’nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va
jamiyat hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi» [3], degan fikrlari tashkil etadi.
2. Moddiy ishlab chiqarish deb bu individ, shaxs, inson va jamiyatning hayot kechirishi uchun
zarur bo‘lgan moddiy ne’matlar hisoblanmish oziq-ovqat, keyim-kechak, turar joy, texnikaviy
vositalarni yaratish, iste’mol qilish, ayirboshlash, taqsimlash kabi jarayonlarning bir butun yaxlit
tizimiga aytiladi. Bunda insonning yashashga bo‘lgan ishtiyoqi, o‘zi uchun qulay bo‘lgan moddiy
sharoitlarni yaratishga olib keladi. Yashashga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli yaratilgan moddiy
65
Do'stlaringiz bilan baham: |