Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
lantirganidadir. Bu o‘rinda ijtimoiy ongning milliy g‘oyadan maqsad va vazifalar olishi muhim 
ahamiyatga ega.
Ong ko‘zga ko‘rinmaydigan narsa, uni ushlash mumkin emas, o‘lchash qiyin, tutib biror 
ob’ektga qiyoslash mushkul. Ammo uning natijalarini ko‘rmaslik mumkin emas. Ijtimoiy ongning ana 
shunday natijalari ijtimoiy boyliklar va qadriyatlarda, etnomadaniy funksiyasida aks etadi. Kreativlik, 
pirovard natijada, birorta yangilikda yaratilgan narsada ifodasini topgan fikr yoki g‘oyadadir. 
Ijtimoiy ongning ijtimoiy boyliklar, qadriyatlar va etnomadaniyatda obyektivlashishi uni 
ijtimoiy-ma’naviy hayot, jamiyat uchun ahamiyatli qiladi. Aslida inson faoliyatini yaxlit voqelik 
sifatida tasavvur qilmay subyektiv hodisani baholab, ahamiyatini to‘g‘ri topib bo‘lmaydi. Qisqa qilib 
aytganda, ijtimoiy ongning sotsiokreativ xususiyati inson faoliyatining yaxlit voqelik sifatida namoyon 
etuvchi ijtimoiy boyliklar, qadriyatlar va etnomadaniyatlardadir.
Ijtimoiy boyliklarga inson faoliyati mahsuli bo‘lgan, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot uchun zarur 
artefaktlar kiradi. Mazkur boyliklar inson ongli faoliyatining mahsullari sifatida jamiyatda biror 
qimmatga, mohiyatga va funksiyaga ega bo‘ladi. Hatto eng g‘ayrihayotiy tug‘ilgan syurrealistik, 
giperrealistik yoki abstrakt asarlar ham ma’lum bir guruhlar, kishilar estetik didiga muvofiq keladi. 
Masalan, syurrealizmning yirik namoyondasi, ispan musavviri S.Dalining rangtasvirlarini olaylik. 
Ularda pajmurda gavdalar, qinidan chiqayozgan ko‘zlar, tuynusikmon qorin, bahaybat bashara va 
haybatli qo‘llar, tushga kiradigan qo‘rqinchli qush-hayvonlar g‘aroyib tarzda aralashib keladi. Uning, 
o‘z iborasi bilan aytganda, “paranoidli tanqidiy tahlil metodi”[12] realizm va ratsionalizmga o‘rgangan 
aqlni, ongni hayratga soladi. Ushbu g‘ayrishuuriy, g‘ayrihayotiy tasvir tez ora O‘zbekistonlik 
musavvirlar ongini ham chulg‘ab oldi. B.Jalolov, J.Umarbekov, M.Kagarov, M.Fozilov, A.Nur kabi 
ko‘plab ijodkorlar syurrealizmdan ilhom olib asarlar yaratgan. Bugun badiiy tasviriy ijod sohasida 
ko‘zga ko‘ringan birorta ham musavvir yoki haykaltarosh yo‘qki, syurrealizm, abstraksionizm, 
kubizm yoki modernizm oqimlari ta’sirida izlanmayotgan. Bir paytlari K.Malevichning “Qora 
kvadrat” asari va uning tabiatni, go‘zal ayolni, perspektiva, gorizont, naturani, akademik stilni rad 
etgani[13] qoralangan. Haqiqatdan ham, “Qora kvadrat”da qora kvadratdan boshqa narsa yo‘q. Uni 
aqlu idrokli, qobiliyatli musavvir ko‘rgazmaga qo‘yishiga ishongin kelmaydi. “Venera Milosskaya 
(go‘zallik ma’budasi-S.N.) tanazzulning yorqin namunasi”, “Mikelanjelo Davidi – badbasharalik”, deb 
buyuk Titsian, Uyg‘onish davri daholarini inkor etish K.Malevich da’vatidir.[14] Hayratli tomoni 
shundaki, ushbu nigilizm, g‘ayrihayotiylik izlashga intilish yana qayta tiklanmoqda, ijtimoiy boylik 
sifatida e’zozlanmoqda. Demak, butun rad etilgan ong, izlanish, tafakkur mahsuli ertaga e’zozlanishi 
va, aksincha, bugun e’zozlanayotgan, qadrlanayotgan narsa vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiyatini, 
dolzarbligi va muhimligini yo‘qotishi mumkin. Biroq ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot, sivilizatsiya tarixi 
ko‘rsatadiki, umuminsoniy ahamiyatga ega, insondagi yaratuvchanlikni ro‘yobga chiqarishga 
qaratilgan boyliklar, ong, tafakkur, izlanish mahsullari boqiydir. Ijtimoiy ongdagi pozitiv, sotsio-
kreativ kuch ham shundadir.
Ongning yashirin xususiyati, ilmiy, ratsional izlanishlarga tutqich bermasligi, ko‘zga ko‘rinmas 
tarzda o‘zgarib, transformatsiyaga uchrab goho o‘zini o‘zi rad etib, mutlaq boshqa pozitsiyaga o‘tishi 
unga, ya’ni ongga irratsionallik, transsendentlik, intuitivlik, g‘ayrihayotiylik baxsh etadi. Ongni aqlu 
idrok, ratsional metodlar bilan tadqiq etish hech qachon kutilgan natijaga olib kelmagan, bunday 
izlanishlar irratsionalni, transsendentni tan olish bilan yakunlangan.
Ongdagi irratsionallik obyektni real borliqdan, tajribadan tashqaridan qidirishga undagan. 
Bunday obyekt ko‘pincha xudodir.
Z.Freyd din kishilarning tabiat oldidagi ojizligidan, o‘z aql-u idrokidan unumli foydalana 
olmaganidan kelib chiqqan, degan g‘oyani ilgari surgan. Natijada inson qo‘rquv hosil qilgan kuchga 
kontraffektlarni qarshi qo‘yish o‘rniga, o‘zidagi aql-u idrokni, ratsionalni so‘ndirgan, shu tariqa inson 
eta olmaydigan irratsional, transsendental kuch paydo bo‘lgan [15]. Hozirgi paytda mazkur fikrni 
takrorlashga hojat yo‘q, dindagi ma’naviy-ruhiy kuch, inson ongiga ta’sir qilish borasida to‘plangan 
tajribalar unga sotsiokreativ voqelik sifatida qarashga undaydi. Ijtimoiy ong din tajribasiga va uning 
sotsiokreativ metodlariga murojaat etar ekan, dinni yaratuvchanlikni qo‘lab-quvvatlovchi kuchga 
aylantiradi. Demak, ong va dindagi sotsiokreativ xususiyatlar insonni oliy kuch borligiga, undagi 
yuksak idealga ishonishni uyg‘otganidadir [16]. 
Ijtimoiy ong o‘zgaruvchanligi, transformatsiyaga moyilligi va tashqi tazyiqlarga beriluvchanligi 
tufayli dindagi mutaassiblikni yoqtirmasligi haqiqat. Ijtimoiy ongga yangilik, o‘zgarish, evrilish orqali 
innovatsion izlanishlarga o‘chlik xos. Dindagi qadriyatlarni, urf-odatlarni o‘zgartirish uchun asrlar 
kerak, ijtimoiy ong esa bunday yondashishga turg‘unlik deb qarashi kuzatiladi. SHuning uchun 
60 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish