Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
Dunyoqarash kundalik, transsendental qarashlardan keng, u tajriba, ilmiy sinov va ijtimoiy ong 
sinovidan o‘tgan g‘oyalar tizimidir. Hayot tajribasidan, ilmiy kuzatishlar va sinovlardan o‘tmagan 
g‘oya, fikr, tushuncha individual, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan, ichki ziddiyatlarga to‘la, borliq 
va jamiyat taraqqiyotiga muvofiq kelmagan yondashishlar mahsulidir. Ijtimoiy ong mazkur yonda-
shishlar ta’siridan mutlaq xoli bo‘la olmaydi, lekin u o‘zining substansional asosidan, ya’ni ijtimoiy-
ma’naviy taraqqiyot manfaatlari bilan uyg‘unlashuvi prinsipidan ham voz kecha olmaydi.
Dunyoqarash mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumga, sotsial boshqarishga, global o‘zgarishlarga 
munosabat tarzida keladi. Ijtimoiy-tarixiy jarayonlar, shaxsning tarixdagi o‘rni va davlat, jamiyat 
hayotiga ta’siri masalalari ham dunyoqarash masalalariga borib taqaladi. Kishining yon-atrofga, davlat 
va jamiyat hayotiga ma’lum bir nazariy konsepsiyalar nuqtayi nazaridan yondashishi uning 
dunyoqarashini ifoda etadi. Demak, dunyoqarash ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot qonuniyatlariga qancha 
yaqin bo‘lsa, u kishini jamiyat, sotsium bilan yaqin yashashini ta’minlaydi, agar aksi bo‘lsa, shaxs va 
jamiyat o‘rtasida ziddiyatlar kelib chiqaveradi. O‘zbekistonda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati 
dunyoqarashning obyektiv, ilmiy izlanishlarga qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa ijtimoiy ongning 
sotsiokreativ ahamiyatini oshiradi.
Fuqarolik jamiyati ilm-fan, texnika, ratsional izlanishlarni qo‘llab-quvvatlab, har bir jamiyat 
a’zosi ongida ilmiy, tanqidiy dunyoqarashning shakllanishini istaydi. Chunki ilmiy-tanqidiy 
dunyoqarash jamiyatning strategik maqsadiga borishini kuzatib boradi, erishilgan yutuqlar va yo‘l 
qo‘yilgan kamchiliklarni ratsional baholaydi. Shunday yondashuv bo‘lmagan jamiyatda avtokratizm, 
dogmatizm va shaxsga sig‘inish yuzaga keladi, bu hol fuqarolik jamiyatining mohiyatiga ziddir. 
Shuning uchun fuqarolik jamiyati dunyoqarashni shakllantirishda ilmiy va pedagogik institutlar 
imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intiladi. Bu borada u ilmiy salohiyatni oshirishni, ijtimoiy-
tarbiyaviy komplekslarga yangi pedtexnologik usullarni joriy etishni nazarda tutadi. 
Milliy mentalitetga ega bo‘lish ongda kechadigan jarayonlar, insonning ma’lum bir ijtimoiy-
ma’naviy muhitda shakllanishiga borib taqaladigan omillar natijasi, talabidir. Ong, shu jumladan 
ijtimoiy ong ham, etnomuhit ta’siri mahsuli hisoblanadi.
Milliy mentalitet bilan ijtimoiy ongning sotsiokreativ xususiyatlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik 
mavjud. Etnopsixologik va etnosotsial tadqiqotlar ko‘rsatadiki, kishi o‘zi o‘sgan makonda muhitda 
jamoa a’zolari bilan oson til topadi, xatti-harakatlarida erkin bo‘ladi. Mazkur holat uning milliy 
xarakterini ko‘rsatadi. Agar kishi o‘zga makonga, muhitga tushsa, o‘zining ilgarigi ijtimoiy rolini ham, 
ijtimoiy ongidagi stereotip qarashlarni ham o‘zgartirishga, yangi makon, muhit talablariga 
moslashtirishga majbur bo‘ladi. Demak, inson ma’lum bir etnik muhitda ijtimoiy-ma’naviy xislatlarini 
yoki etnopsixologik tilda aytganda, “shaxsiy bazaviy tizimi”ni shakllantiradi.[10] Ushbu ijtimoiy-
ma’naviy va shaxsiy xususiyatlar milliy mentalitetga oid, aynan ular insonni qaysi davrada bo‘lishidan 
qat’iy nazar, etnomadaniy belgilarni namoyon etadi. 
Ijtimoiy ong bilan milliy mentalitet aynan hodisalar emas. Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ong 
milliy ongdan kengroqdir. U milliy belgilarni o‘ziga qabul qilib, ularni ijtimoiylashtiradi, ya’ni 
internatsionallashtiradi. Milliy ong esa ma’lum bir millatga taalluqli, uning yon-atrofga, borliqqa, 
o‘ziga munosabatlarini ifoda etadi. Ijtimoiy ong mazkur belgilarni o‘z sintezidan o‘tkazib, milliy 
ongni o‘zining atributiga, qismiga aylantiradi.
Fuqarolik jamiyati polietnik ijtimoiy makon hisoblanadi, unda turli millat vakillari istiqomat 
qiladi, millatlararo munosabatlarda teng huquqlilik, o‘zaro hamkorlik, ittifoq bo‘lib yashash tartibi 
qaror topadi.
Respublika “Ijtimoiy fikr” markazi o‘tkazgan sotsiologik so‘rovnomalar natijalari ko‘rsatadiki, 
“Siz kelgusida millatlararo munosabatlarda barqarorlik saqlanib qoladi deb hisoblaysizmi?” degan 
savolga respondentlarning 2006-yili 47,5 va 2013-yili 66,3 foyizi “Ha, saqlanadi” deb javob bergan. 
Qolgan respondentlarning 2006-yilda 52,5 va 2013-yilda 33,7 foizi “U yoki bu chora-tadbirlar 
ko‘rilishi zarur,” deb hisoblaydi.[11] Hatto respublikamizdagi etnosiyosat millatlararo totuvlikni 
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, milliy madaniyatlarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratilgan bo‘lsa-da, ma’lum bir etnik guruhlarda, ularning ayrim vakillarida totuvlik va barqa-
rorlikdan qoniqmaslik mavjud. Bu hol xalqaro hayotda ro‘y berayotgan nizolar, to‘qnashuvlar, xalqaro 
ekstremizm, terrorizm xavflari, ommaviy axborot vositalarida tajovuzkorona mavzudagi film va 
teleko‘rsatuvlar ta’siri bo‘lishi mumkin. Demak, ijtimoiy ong nafaqat ichki, shuningdek tashqi, 
xalqaro omillar ta’sirida shakllanish va transformatsiyaga uchrash xususiyatiga ega. Ijtimoiy ongning 
sotsiokreativ xususiyati milliy mentalitetdagi pozitiv ahamiyatga ega, demokratik rivojlanishga 
yordam beradigan jihatlarni qo‘llab-quvvatlaganida va mafkuraviy, g‘oyaviy immunitetni shakl-
59 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish