Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FALSAFA 
2016-yil, 2-son 
Dunyoni, olamni bilishga qiziqish insonga xos xususiyat. Gnoseologik tajribalarni 
umumlashtirishi va yon-atrofni o‘zgartirishda ulardan foydalanishi tufayli inson ijtimoiy-tarixiy 
jarayonlarning subyekti hisoblanadi. Mazkur jarayonlar ong, ongga xos bo‘lgan bilish, bilim olishga 
intilish ifodasi. Professor N.A.Shermuhamedova yozganidek, “shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz 
ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‘z-o‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga 
ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. Biroq, bu jarayonda ongning o‘zi 
ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt 
va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, 
uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘zining muhokama va 
tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat”[1]. Xullas, “bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi 
empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm”[2] ham insonning bilishga, bilim olishga intilishining 
mahsullaridir. 
Odatda bilish kundalik tajriba yoki, B.Rassel iborasi bilan aytganda, “individual tajriba va ilmiy 
bilim”[3] dan iborat. N.A.Shermuhamedova esa zamonaviy gnoseologik tajribalarni umumlashtirib, 
bilishning 20 ga yaqin shakllari borligini sanab beradi [4]. Demak, inson ongining dunyoni, olamni 
bilishga, bilim olishga bo‘lgan intilishi rang-barang, cheksiz. To‘g‘ri, ular individual tajribaga 
asoslanadi, lekin ijtimoiy tajribadan o‘tgach, ijtimoiy-ma’naviy hayotga, jamiyat taraqqiyotiga hissa 
qo‘shadigan ilmiy bilimga aylanadi. Mazkur postulatni ijtimoiy borliqqa, jamiyatga tadbiq etgan 
zahoti kundalik tajriba, individual bilim bilan ijtimoiy tajriba, ilmiy bilim o‘rtasidagi yaqinlikni 
hisobga olish zaruriyatga aylanadi. Chunki “individual idrok barcha bilimlarimiz asosi hisoblanadi, 
uning yordamida biz ko‘p kuzatishlarimiz uchun umumiy bo‘lgan manbalarga tayanishdan boshqa 
metod yo‘qligini anglaymiz”[5]. Jamiyat ilm-fanga, ma’rifatga urg‘u berganida mazkur tajriba, ong va 
intilishlarni nazardan qochirmaydi. Tajriba har qanday individual va shaxs ongi, intilishlari ijtimoiy-
ma’naviy borliq uchun qimmatlidir. Biroq mazkur fenomenlar jamiyat, ijtimoiy manfaatlar ham 
borligini rad etmasligi, balki ular bilan murosaga kirishib, umumiy ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotga 
xizmat qilishi lozim. Shaxsning individual ongi va individual qiziqishi bilan jamiyatning umumiy, 
ijtimoiy-ma’naviy manfaatlari dialektik tarzda uyg‘unlashganidagina ular o‘zining gumanistik va 
umuminsoniy funksiyasini bajaradi. Ana shu taqdirda bilish, bilim olishga intilish ham sotsiokreativ 
ahamiyat kasb etadi. 
Bilish jarayonining, bilim olishning mutlaq individual manfaat, mutlaq egoistik voqelik ekanini 
isbotlovchi dalil yo‘q. Ba’zan nigilistik g‘oyalarni, qarashlarni misol qilib keltirishadi. Ha iml-fanda, 
hatto eng g‘ayrihayotiy, paradoksal ong mahsullarini ham asoslash mumkin [6]. Bizning fikrimizcha, 
kreativ izlanishlar – ijtimoiy ongdan joy olgan g‘oyalar, qarash va yondashishlar eng avvalo insonning 
o‘ziga qarshi qaratilmasligi, uni ma’naviy-axloqiy degradatsiyaga, tanazzulga olib kelmasligi kerak. 
Jamiyat shaxsga erkin izlanish va yaratish imkonini berganida undagi destruktiv kuchlarning avj 
olishini nazarda tutmaydi. Shuning uchun jamiyat inson oldiga ma’lum bir majburiyat, mas’uliyat ham 
qo‘yadi. Ijtimoiy ong jamiyat qonuniyatlarini bilishni talab etadi, individual ong ham ushbu 
talabalarga adekvat javob berishi, ya’ni ijtimoiy taraqqiyot talabalariga muvofiq shaxsni xatti – 
harakatga, faoliyatga yetaklashi lozim. Ijtimoiy ong “yuz million yillar davom etgan evolutsiyaning 
sintezlashishini o‘zlashtirgan fenomen”[7], lekin u mudom o‘zgarib, transformatsiyaga uchrab turish 
xususiyatiga ega. Shu sababli uni ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot tomonga yo‘naltirib turish zarurati 
mavjud. 
Ijtimoiy ongning sotsiokreativ xususiyatlari insondagi dunyoqarashlar, ularning qanday nazariy 
– falsafiy, ilmiy yo‘nalishga, mohiyatga ega ekanida yorqin namoyon bo‘ladi. Aslida ijtimoiy ong 
ushbu dunyoqarashlarning provard natijasi, mahsuli sifatida keladi, chunki ijtimoiy ong ma’lum bir 
bilimlar, yon-atrof, olam, jamiyat haqidagi qarashlarning in’ikosidir. 
“Dunyoqarash, - deb yozadi Z.Freyd, - borlig‘imizning barcha muammolarini yechishga 
qaratilgan bir intellektual tuzilmadir. Unda barcha narsalarni yechish, qiziqishimizga qaratilgan 
muammolarni hal yetish alohida o‘rin egallaydi. Dunyoqarashga ega kishi o‘zini hayotga zarur tarzda 
sezadi, nimaga intilishini, qiziqish va affektlarini qanday maqsadlarga muvofiq qo‘llashini biladi”[8]. 
Dunyoqarash ilmiy, eksperimental asosdagi bilimlarga muvofiq shakllanadi. Goho shunday 
bo‘ladiki, bunday bilimlarga tajriba, negiz yoki nazariya, qarash yetishmaydi, shaxs real borliqdan 
yiroq fikrlar izlaydi. Goho nafaqat ayrim shaxs, guruh balki, butun jamoa, xalq, millat transsendental 
g‘oyani o‘zining dunyoqarashiga aylantiradi [9]. Demak, biz dunyoqarashdagi o‘ziga xosliklarni, 
uning ijtimoiy yo‘naltirganlik belgilarini ajratib olishimiz darkor. 
58 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish