ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
Mustaqillik davri haykaltaroshligida tarixiy siymolar gavdalanishi jihatdan yangilanish ham bir
qator asarlarda ko‘zga tashlandi. A.Raxmatullayev, L.Ryabsev, I.Jabborov, R.Mirtojiyev, J.Kutimu-
rodov, K.Norxo‘rozov kabilar mahobatli san’atni, A.Hotamov, E.Esanov, S.Sharipov kabi rassomlar
dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat qilishdi.
Mustaqillik yillarida uslubiy jihatdan jiddiy evrilishlar sodir bo‘lmoqda. Rangtasvirchilardan
R.Ahmedov, N.Qo‘ziboyev, R.Choriyev, M.Nabiyev, A.Ikromjonov, B.Jalolov, S.Rahmetov,
A.Mirzayev, N.Shin. V.Oxunov, J.Umarbekov, S.Alibekov, A.Isayev. J.Usmonov, N. Shoabdu-
raximovlar realistik usul bilan birga yangi plastik izlanishlarda ertag-u dostonlar, xalq og‘zaki ijodiyoti,
turli xil rasm-rusm va marosimlar bilan bog‘liq belgilar hamda ramzlar yordamida yangi bosqichini
belgilab berdi.
Mahobatli san’at sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov, O. Habi-
bullin, «Sanoyi nafisa» guruhi, A. Buxorboyev, A. Axmedshin kabi rassomlarni aytishimiz mumkin.
Mustaqillik yillari ko‘plab tadbirlar, xalqaro ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlov, festivallar o‘tkaziladigan
bo‘ldi. 2001-yillar uyushtirila boshlagan Toshkent xalqaro badiiy ko‘rgazmasi «Biennale» ham katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkent «Biennale»si XXI asr Sharq va G‘arb san’ati uyg‘unligidagi yangi
g‘oyalarning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. O‘zbekistonlik mo‘yqalam ustalari xalqaro
anjumanlar, jumladan AQSh, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Misr, Shveytsariya, Germaniya, Rossiya,
Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Estoniya, Gruziya, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlarda
o‘z asarlari bilan qatnashishdi [5].
Mustaqillik yillaridagi ko‘rgazmalarda M. Nabiyev, A. Ikromjonov, R. Choriyev, R. Ahmedov,
N. Qo‘ziboyev, N. Shin, B. Boboyev, J. Umarbekov, B. Jalolov, V. Burmakin, L. Ibrohimov;
haykaltaroshlar A. Hotamov, T. Tojixo‘jayev, D. Ro‘ziboyev, M. Borodina; grafik rassomlar M.
Kagarov, A. Mamajonov, M. Sodiqovlar; yosh rassomlar D. Oxunboboyev, A. Ivanova, A. Nikolayev,
M. Aliyev, V. Nechayeva, X. Ziyoxonov, X. Inog‘omova, G. Alimatova, A. Nurshina, K. Boboyev
kabi ko‘plab taniqli san’atkorlar ijodi barchaga manzur bo‘lmoqda. Shuningdek, A. Nur, V. Oxunov, G.
Qodirov, G. Boymatov, R. Gagloyeva, J. Usmonov, A. Isayev, E. Is’oqovlarning yangi qiziqarli
asarlari tomoshabinda katta qiziqish uyg‘otmoqda [6]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov tasviriy san’atning milliy ma’naviyatdagi ahamiyati haqida to‘xtalib, quyidagilarni
ta’kidlaydi: “O‘zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlarni qo‘lga
kiritayotgani, bu sohaga ko‘plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uning ravnaqi va istiqbolidan
dalolat beradi”[7].
Xullas, Vatanimizda mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng ajdodlarimiz tomonidan ming
yilliklar ichida yaratilgan bebaho meros – an’anaviy badiiy madaniyat va, jumladan, tasviriy va amaliy
san’atni tiklash, saqlash va taraqqiy ettirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |