UDK:
1:74
O‘LKAMIZDA AMALIY VA TASVIRIY SAN’AT EVOLYUSIYASI
F.A.Erkabayeva
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi
E-mail: feruza.erkabaeva.85@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada ildizi uzoq tarix qa’ridan boshlanadigan Vatanimizning amaliy
va tasviriy san’atining nihoyatda boy va rang-barangligi, san’at evolyutsiyasi, san’at durdonalari,
san’at tarixi, taraqqiyot bosqichlari, qadimgi san’at, o‘rta asrlar san’ati, sho‘rolar davri ijodi,
mustaqillik davri yutuqlari, tasviriy san’atning xalqaro ahamiyati, istiqbol, rassomlar va ijodkorlarning
ishlari yoritiladi. Keyingi vaqtlarda nafaqat xususiy, balki umumiy masalalarni tadqiq etishga ehtiyoj
kuchaymoqda. Shuni hisobga olib, amaliy va tasviriy san’atning umumiy evolutsion jarayoni
o‘rganiladi [1].
Kalit so‘zlar: amaliy san’at, tasviriy, tasviriy san’at, san’at evolutsiyasi, san’at durdonalari,
san’at tarixi, taraqqiyot bosqichlari.
O‘zbek san’atining ildizlari qadim davrlarga borib taqaladi. Neolit davrida amaliy san’atning ilk
namunalari vujudga kelgan. Bu buyumlar hayotiy ehtiyojlarni qoniqtirish bilan birgalikda, kulfatlardan
asrash va bezak kabi turli vazifalarni bajargan. Amaliy san’atning qadimgi turlaridan biri bo‘lmish
kulolchilik: qozon, xum, tovoq, piyola shakllari o‘sha davrlardayoq ancha rivojlanganligidan dalolat
beradi. Mil. av. 2 – 1 ming yilliklarda kulollik charxi paydo bo‘lib, birinchi naqshlar va uslublar
yaratilgan. Archa, taroqsimon, uchburchak, romb, to‘rsimon, nuqtali naqshlar, ilon izi, bo‘yoq doklari
kabi naqshlar bosma, chizma usullarda ifodalanilgan. Ibtidoiy jamoa davrida naqshlar ramziy ma’noga
ega bo‘lib, o‘ziga mazmunini qamrab olgan. Bu davrdan bizga zargarlik (jez, oltin, kumushdan
qilingan bilaguzuk, uzuk, munchoqlar) buyumlari ham yetib kelgan. Mil. av. 3-ming yillikda
taqinchoqlarda tosh va feruza, lojuvard, nefrit kabi qimmatbaho toshlar ham ishlatilgan. Ana shu
davrning zargarlik san’atida «hayvonsimon tasvirlash uslubi» ko‘p ishlatilgan.
Eng qadimgi tasviriy san’at namunalari Zarautsoy, Soymalitosh, Sarmishsoy qoyatosh rasmlari
hisoblanadi. Ular asosan hayvonlar tasviri va ov lavhalarini aks ettirgan bo‘lib, ularda insonning
tabiatga bo‘lgan munosabatlari ifodalagan.
Mil. av. VI-IV asrlar (axomaniylar davri) amaliy san’ati buyumlarini uch turga bo‘lish mumkin.
Birinchisi, bu axomaniylar usulida ishlangan buyumlar, ikkinchisi bu mahalliy xususiyatlarni o‘ziga
qamrab olgan buyumlar va uchinchisi, «hayvonsimon tasvirlash uslubi»ni bildiruvchi buyumlar.
Antik davri (mil. av. III asr – mil. III asr)da sanatga ellinistik, Rim va Hind badiiy an’analari
ta’sir etadi. Bu davr amaliy san’ati o‘ziga tasviriy sanat poetikasini ham qamrab olgan. Bu davrda
kulolchilik san’ati (kosa, piyola, ko‘za va boshqa idishlar), zargarlik, badiiy shishasozlik, suyak
53
Do'stlaringiz bilan baham: |