ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2016-yil, 2-son
XIX asr zargarlik san’ati usullarining xilma-xilligi, shakllarga boyligi bilan ajralib turadi. Bosh,
soch, peshona, chakka, bo‘yin, ko‘krak, qo‘ltiq, yelka, bel, quloq, bilak, burun taqinchoqlari shabaka,
qoplanma, qadama, zig‘arak, bosma, sovatak, chizma, kordakorlari, sirlash o‘yma qo‘yma ijro usullar
bilan ishlangan. XIX asr yog‘och o‘ymakorligida ro‘zg‘or buyumlari, uy jihozlari, musiqa asboblarini
bezashda ustalar o‘yma, bo‘yama va qadama usullaridan unumli foydalanishgan.
Amaliy san’atning turli sohalarida mahalliy maktablar saqlanib qolgan. Shu bilan birga biz
amaliy san’atda individual yondashishning kuchayib borishini ko‘rishimiz mumkin. O‘sha davrda
ishlagan usta-kandakorlardan S. Otaullayev, F. Ogallayev, I. Mukarramov; kulolchilikda rishtonlik
ustalardan usta To‘xta, usta Abdulla, kattaqo‘rg‘onlik usta Hidoyat va boshqalar shular jumlasidan. Agar
XIX asrning ikkinchi yarmi amaliy san’atida hayotni chuqur his etish, san’at turlarining, binobarin,
foydalaniladigan materiallarning ko‘pligi, yuksak mahorat ko‘zga tashlansa, XX asr boshidagi amaliy
san’atda soddalashtirishga intilish kuzatiladi.
XX asrdagi tafakkuriy o‘zgarishlar san’at sohasida ham o‘z aksini topdi va yangi taraqqiyot
yo‘llarini izlash davri bo‘ldi. XX asr boshida O‘zbekistonda yangi usuldagi dastgohli rangtasvir paydo
bo‘ladi. Uni hududga rus rassomlari, Badiiy akademiya talabalari V.Vereshchagin, N.Karazin, M.
Zommer, S.Yudin. L. Bure, I. Kazakov va boshqalar olib kirdi. Ularning asarlarida mahalliy mavzular,
xarakterli etnik tipajlar, tarixiy obidalarni aks ettirgan manzaralar o‘z ifodasini topdi.
Oktabr to‘ntarishidan so‘ng O‘zbek tasviriy san’ati uchun yangi bosqich boshlandi. Milliy
rassomlarni tayyorlash jarayonida Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda tuzilgan badiiy
maktablar, katta avlod vakillari L.Bure, N.Rozanov, I.Kazakov, A.Nikolaev, A.Volkov, P.Benkov,
3.Kovalevskaya qatnashdi. 20-yillar O‘zbekiston tasviriy san’atida realizm va avangard ijodiy
yo‘nalishlari rivojlandi.
30-yillarda tasviriy sanatda sotsialistik realizm uslubi hukmron bo‘ldi. Aksariyat o‘zbek
rassomlari avangard yo‘nalishidan sotsialistik realizm yo‘nalishiga o‘tdi. Asosiy san’at mavzularini
o‘zbek xalqining turmush tarzi, tarixiy g‘oyalar, ishchilar bayramlari va obrazlari tashkil etdi.
Dastgohiy rangtasvirdan tashqari kitob grafikasi, dastgohli grafika, haykaltaroshlik sohalari va teatr
rassomligi ham rivoj topdi.
30-yillarda badiiy san’at sohasi rivojlana boshlandi. Lekin yuqori saviyadagi amaliy san’at
asarlari badiiy hunarmandlik sohasiga oid bo‘lib qoldi. Amaliy san’atning ayrim turlari notekis
rivojlandi. To‘qimachilik, gilamchilik, do‘ppido‘zlik, kulollik taraqqiy etdi. Zardo‘zlik, mag‘zi paxtadan
qilingan buyumlarni bezash kabi sohalar yo‘qolib ketdi. Mahalliy maktablar yo‘nalishlari asosida
umummilliy xususiyatlar ortib bordi.
50-70-yillarda o‘zbek tasviriy san’ati sohasida Ch.Axmarov, O‘.Tansiqboyev, N.Karaxan,
R.Temurov, R.Ahmedov, M.Saidov, N.Qo‘ziboyev, T.Ogniesov, 3. Inog‘omov va boshqalar samarali
ijod qilib, ular maishiy va portret janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Haykaltaroshlikda
portret janri rivojlandi. E.Aliyev, X.Husniddinxodjayev, V.Lunev, V.Klevansev, A.Ahmedov,
M.Musaboyev, A.Rahmatullayev kabilar monumental haykaltaroshlikda izlanishlar olib borishdi. 70-
80-yillarda O‘zbekiston tasviriy san’ati yanada yuqori pog‘onalarga erishdi. Rassomlar (J.Umarbekov,
M.To‘xtayev, B.Jalolov, A.Mirzayev, V.Oxunov) ijodida milliylik bilan bir qatorda avangard
yo‘nalishlari (simvolizm, abstrakt san’at, ekspressionizm va boshqalar)ga qiziqish kuchayib bordi.
1978-yilda «Usto» birlashmasi tashkil qilinishi natijasida kandakorlik, chitga gul bosish, lakli
miniatura sohalari tiklandi. Shu bilan birga amaliy san’at sohasida 70-yillarda yangi, an’anaviy
bo‘lmagan bezak san’ati turlari: noan’anaviy kulolchilik, vitraj, badiiy shishasozlik, gobelen, chimni,
batik san’at turlari paydo bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida milliy merosga e’tibor kuchayib, O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan
yangi tizim vujudga keldi. Tasviriy san’at turli sohalarining rivojlanishida 1997-yilda O‘zbekiston
Badiiy akademiyasining tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur akademiya tarkibida
1997- yili Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilishi, bu sahaga
kadrlar tayyorlash masalasini keskin yaxshi yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, 1997-yil «Musavvir» ilmiy-
tekshirish markazi qoshida «Hunarmand» assotsiatsiyasi tashkil qilinib, respublikadagi turli
hunarmandchilikda ijod qilib kelayotgan ustalarni qamrab oldi [4]. Bu tashkilot an’anaviy
hunarmandchilikning yo‘q bo‘lib ketgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash jarayoni bilan
shug‘ullana boshladi. Natijada badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, an’anaviy
to‘qimachilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, do‘ppido‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik
turlari tiklandi va rivojlandi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |